Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Paleontologiya fani.
neotektonika fani, hozirgi zamonda yuz berayotgan o‘zgarish-
larni esa hozirgi zamon tektonika fani o‘rganadi. (Bu sohaga kerakli mutaxassislar O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Toshkent Davlat texnika universiteti geologiya va kon-geologiyasi fakultetlarida tayyor- lanadi). Paleontologiya fani. Ma’lumki, Yer o‘zining uzoq (4,5—5 milliard) tarixiy taraqqiyot davrini boshdan o‘tkazgan. Ana shu uzoq tarixiy taraqqiyot uni hozirgi biz ko‘rayotgan holatga keltirgan. Bu vaqt davomida yerning ichki va tashqi qismida katta geologik, geokimyoviy o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Yerning quruqlik qismi bir necha marta qayta- qayta dengiz bilan qoplangan va yana quruqlikka aylangan. Shu bilan birga iqlim, hayvonot, o‘simliklar dunyosi eralar, davrlar mobaynida o‘zgarib, rivojlanib, bir ko‘rinishdan ikkinchi ko‘rinishga, bir turdan ikkinchi turga, soddalikdan murakkablikka tomon almashilib borgan. Ularning qoldiqlari: gavdalari, suyaklari, daraxt tanalari, urug‘lari, po‘stloqlari, shu hayvon va o‘simlik yashagan davrga mansub tog‘ jins qatlamlari ichida ko‘milib, qolib ketgan va hozirgacha ba’zan toshga aylangan holda saqlanib qolgan. Paleontologiya fani Yer tarixiy taraqqiyotining u yoki bu davrida yashagan va tog‘ qatlamlari orasida ko‘milib, qolib ketgan, toshga aylangan xuddi ana shunday o‘simlik va hayvonot qoldiqlarini o‘rga- nadi, ularni sinflarga, guruhlarga ajratadi, yoshini aniqlaydi, tog‘ jinslari paydo bo‘lgan davr bilan taqqoslaydi, xulosalar chiqaradi. 1 0 Masalan, bir xil hayvon va o‘simlik qoldiqlari bir vaqtda paydo bo‘lgan tog‘ jinslari ichida uchrab, keyingi davr tog‘ jinslari ichida uchramasa yoki butunlay yo‘q bo‘lib ketsa, demak, o‘sha o‘simlik yoki hayvon o‘sha tog‘ jinsi paydo bo‘lmagan davrda yoki undan avvalroq o‘sha hudud atrofida yashagan, keyingi davrda esa yo‘q bo‘lib ketgan, degan fikrga kelinadi. Agarda ana shunday hayvon va o‘simlik qoldig‘i Yer sharining boshqa bir yeridan topilsa, ular solishtirilib, o‘sha joylarda bir xil tabiiy sharoit hukm surgan degan xulosaga kelinadi. Paleontologiya fani paleozoologiya (o‘tmishda yashagan hayvonlar qoldiqlarini o‘rganadi) va paleobotanika (o‘tmishda o‘sgan o‘simliklar qoldiqlarini o‘rganadi) bo‘limlarga ajraladi. Paleontologlarning chiqargan xulosalari fan uchun, geologiyaning boshqa sohalari uchun juda zarur va qimmatlidir. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling