Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Mineral suvlar gidrogeologiyasi


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Mineral suvlar gidrogeologiyasi — ma’lum kimyoviy va fizik tarkibi
bilan shifobaxsh xussiyotga ega bo‘lgan yer osti suvlarining paydo bo‘lish,
tarqalish, o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganadi. Shifobaxsh yer osti suvlari
zaxiralarini aniqlaydi va ulardan xalq xo‘jaligida foydalanish yo‘llarini
ishlab chiqadi;
Gidrogeoekologiya — yer osti suvlarining sifati, tozaligi masalalari
bilan, uni har xil kimyoviy, organik omillar ta’siri ostida o‘zgarishdan
muhofazalash yo‘l-yo‘riqlari bilan shug‘ullanadi, kerakli chora-tadbirlar
ishlab chiqadi.
Injenerlik geologiyasi
1
 fani. Bu fan yer qobig‘i qatlamlari — litosfera-
ning eng yuqorigi odamzod yashaydigan va faoliyat ko‘rsatadigan qismini
qurilish nuqtayi nazaridan, ya’ni u yoki bu imorat va inshoot quriladigan
hududning injener-geologik sharoitni (geologik, yer usti sath tuzilishi,
mavjud yer osti suvlari, ularning tarkibi, xossa va xususiyatlari, tog‘
jinslari tarkibi, xossa va xususiyatlari, geologik va texnogen jarayon va
hodisalarni
2
) vujudga kelish, rivojlanish, o‘zgarish qonuniyatlarini
o‘rganadi, kerakli ilmiy va amaliy xulosalar chiqaradi.
Bu fanning asosiy vazifasi ana shu yer qobig‘i qatlamlarida uzoq
geologik davrlar mobaynida yuz bergan va hozirgi vaqtda yuz berayot-
gan tabiiy geologik va tabiiy bo‘lmagan injener-geologik (texnogen)
jarayon va hodisalarni o‘rganishdir. Bu jarayon va hodisalarni bundan
keyingi davrlarda, ya’ni shu hududda u yoki bu inshoot qurilib bitkazil-
gandan, ishga tushirilgandan keyin yuz beradigan hodisalarning qay
darajada sodir bo‘lishini oldindan aytib berishdan, kerakli chora-tadbirlar
belgilashdan iborat.

«Injenerlik geologiyasi» so‘zi birinchi marotaba N. Ries va T. Watsenlar tomonidan
1915-yili ularni shu nomli asarida qo‘llanilganligi taxmin qilinadi (P. N. Panyukov, 1978).

Geologik jarayon va hodisalarga tektonik zilzila, nurash, surilish, cho‘kish, qulash,
g‘orlarning paydo bo‘lishi, sel hodisalari hamda shamol va dengiz to‘lqinlari natijasida
vujudga keladigan jarayon va hodisalar kiradi. Bu jarayon va hodisalardan ko‘pchiligi
kishilarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtiroki bilan, ularning xo‘jalik va injenerlik faoliyatlar
bilan vujudga kelishi, o‘zgarishi ham mumkin. Bunday holatlarda ularni injener geologik
yoki texnogen jarayon va hodisalar deb yuritiladi.
2—M.Sh. Shermatov


1 8
Har qanday inshoot, ya’ni sanoat, kishilar yashaydigan binolardan
tortib temir yo‘l, avtomobil trassalari, gidrotexnik inshootlar — to‘g‘on-
lar, suv omborlari, ko‘priklar, aerodromlar qurilishi kerak bo‘lgan joy
oldindan o‘rganiladi. Geologik, geomorfologik tuzilishi, gidrogeologik,
tektonik sharoiti to‘g‘risida mavjud ma’lumotlar to‘planadi va har
tomonlama tahlil qilinadi. Shundan keyingina u yoki bu maydonda u
yoki bu tipdagi inshoot qurish mumkin, degan taxminiy ko‘rsatma
beriladi. So‘ngra ana shu taxminga mo‘ljallangan joyda keng ko‘lamdagi
injener-geologik tekshirish ishlari boshlab yuboriladi. Avvalgi taxmin
qilingan xulosalar tekshiriladi va ana shu taxminiy xulosalar tekshirish
natijalari bilan tasdiqlangan joyda imorat va inshoot qurish mumkin
yoki mumkin emasligi to‘g‘risida yagona haqiqiy ko‘rsatma beriladi.
Agar qurilish ishlari boshlab yuborilsa, ana shu hududda doimiy (statsio-
nar) kuzatish, tekshirish ishlari olib borilaveradi. Chunki har qanday
inshoot qad ko‘targan joyning avvalgi tabiiy holati shu inshoot qad
ko‘tarishi jarayonida va qurilib bo‘lgandan keyin u yoki bu darajada
o‘zgaradi. Ko‘pincha yer osti suvi sathining ko‘tarilishiga, cho‘kish
hodisasining sodir bo‘lishiga va rivojlanishiga, tog‘ jins qatlamlarining
o‘pirilishiga,yorilishiga, surilishiga, qulashiga yoki suv omborlari qurila-
yotgan bo‘lsa, yer osti bo‘shliqlari, jins kovaklari bo‘ylab sizib singib
ketishi kabi hodisalar yuz berishi mumkin. Tarixda bunday hodisalar
bo‘lganligi to‘g‘risida juda ko‘p ma’lumotlar mavjud. Masalan, Amerika-
dagi Xele-Bar, Ispaniyadagi Mariya-Kristana, Monte-Xake kabi yirik
to‘g‘onlar ishdan chiqqan yoki butunlay vayron bo‘lib ketgan.
Shunday qilib, injenerlik geologiyasi fanining o‘rganish obyekti niho-
yatda keng. Tekshirish ishlarini olib borishda geologiya, tektonika, gidro-
geologiya, geofizika, geomorfologiya, kimyo, fizika va matematika
fanlarining usul va uslublaridan keng foydalanadi.
Injenerlik geologiyasi fani o‘zining yechadigan masalalariga va
vazifalariga qarab quyidagi yo‘nalishdagi tarmoqlarga bo‘linadi (2.2-
rasm): regional injenerlik geologiyasi, injenerlik geodinamikasi, grunt-
shunoslik, shaharlar injenerlik geologiyasi, qazilma konlar injenerlik
geologiyasi, lyossshunoslik, injenerlik seysmogeologiyasi, injenerlik
geoekologiyasi va b.

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling