Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaharlar injenerlik geologiyasi.
- Qazilma konlar injenerlik geologiyasi.
Gruntshunoslik fani. Yerning ustki qobig‘i qatlamlarida vujudga
keluvchi hamma jarayon va hodisalar, ana shu qatlamlarni tashkil etuvchi tog‘ jinslari — gruntlarga 1 bog‘liq holda sodir bo‘ladi, rivojlanadi va o‘zgaradi. Gruntlarning tarkibini, fizik va mexanik xossa va xususiyat- larini, ularning holati, vujudga kelish, o‘zgarish qonuniyatlari va masalalari bilan gruntshunoslik fani shug‘ullanadi. Shaharlar injenerlik geologiyasi. Shaharlar hududi o‘ziga xos tabiiy va texnogen omillarning mavjudligi bilan, bu omillarning bir-biriga bo‘lgan ta’sir darajasining nihoyatda yuqoriligi bilan xarakterlidir. Ma’lumki, hozirgi vaqtda shaharlar aholisi tez sur’atlar bilan o‘sib bor- moqda. Sanoat va aholi yashaydigan binolar, har xil yer usti va yer osti injenerlik inshootlari (suv berish, gaz, kanalizatsiya tarmoqlari, ko‘prik- lar, yer osti o‘tish yo‘llari, metropoliten va b.) barpo etilmoqda. Bu inshootlarning hammasi shahar maydonida tarqalgan u yoki bu tog‘ jinslarining ustida yoki qatlamlari oralig‘ida qad ko‘tarmoqda, joylash- tirilmoqda. Natijada yer osti suvlarining sathi ko‘tarilmoqda, tabiiy hara- kat yo‘nalishining buzilishiga, tog‘ jinslarining tabiiy holati, tarkibi, fizik va mexanik xususiyatlarining o‘zgarishiga, texnogen jarayon va hodisa- larni (zaxlash, cho‘kish, sho‘rlanish, yuvilish, surilish va h.k.) sodir bo‘lishiga sababchi bo‘lmoqda. Shuning uchun shaharlar injenerlik- geologiyasining asosiy maqsadi shahar hududida tarqalgan tog‘ jinslari- ning, yer osti suvlarining tabiiy holatini va odamlarning xo‘jalik va injenerlik faoliyati oqibatida o‘zgarganlik darajalarini va vujudga kelishi mumkin bo‘lgan texnogen jarayonlarning tarqalish va o‘zgarish qonu- niyatlarini o‘rganadi, bu jarayonlardan qutulish yo‘l-yo‘riqlarini ishlab chiqadi va kerakli chora-tadbirlar belgilaydi. Qazilma konlar injenerlik geologiyasi. Injenerlik geologiyasi fanining bu tarmog‘i qazilma konlar joylashgan va qazib olish hududining injener- geologik sharoitini, ya’ni ana shu hududning geologik tuzilishini, tog‘ jinslarini, ularning tarkibi, xossa va xususiyatlarini, gidrogeologik sharoitini, yer sath tuzilishini, tabiiy geologik va texnogen jarayonlarning tarqalish, joylashish holatlarini o‘rganadi, qazilma konlarini ishlatish 1 Gruntlar deganda yer qobig‘ining yuqorigi qatlamlarini tashkil etuvchi, qurilish materiali hamda imorat va inshootlarning zamini sifatida ishlatiladigan hamma tog‘ jinslari tushuniladi. 2 1 davrida ularning o‘zgarishini, yangidan vujudga kelish, rivojlanishini bashorat qiladi, chora- tadbirlar ishlab chiqadi va belgilaydi. Qazilma konlar joylashgan va qazib olish hududi ba’zan o‘zining injener-geologik sharoitining nihoyatda murakkabligi bilan ajralib turadi. Bu hududlarda aksariyat tub-qoya tog‘ jinslari tarqalgan bo‘lib, ba’zan serdarz, tektonik uzilma va yoriqlarga boy, ayrim-ayrim qismlarga (bloklarga) bo‘lib tashlangan, nurash jarayoniga uchragan, burmalangan bo‘ladi. Bu esa qulash, surilish, yuvilish kabi jarayonlarning vujudga kelishini tezlashtiradi va kon maydonida qurilishi lozim bo‘lgan insho- otlar (imoratlar, yo‘l, trassalar, shaxta, shtolnya va b.) uchun joy tanlash ishlarini qiyinlashtiradi. Shuning uchun bunday holatlarda maxsus yirik masshtabdagi injener-geologik tekshirish ishlari olib boriladi. Olingan natijalar har tomonlama tahlil etiladi va u yoki bu qurilish inshootlari uchun aniq joy tanlanib buyurtmachilarga topshiriladi. Bunda yana asosiy e’tibor qurilish maydonining yer sath tuzilishiga, yog‘adigan yog‘inning yil mobaynidagi miqdoriga, turiga, ular bilan bog‘liq bo‘lgan qor ko‘chkisi, suv toshqini, yuvilish jarayonlarining vujudga kelish ehtimoli, yer osti suvlarining harakat yo‘nalishining qay darajada o‘zgarishi mum- kinligi ham har tomonlama baholanadi. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling