Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Takrorlash va tekshirish uchun savollar
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
Takrorlash va tekshirish uchun savollar
1. Gidrogeologiya fanining asosiy vazifalari nimalardan iborat? 2. Yer sferalaridagi suvlarning miqdori to‘g‘risida fikr yuriting. Yerning birinchi qobig‘idagi mavjud yer osti suvlarining miqdori qancha? 3. Gidrogeologiya fani tarmoqlari va ularning vazifalari to‘g‘risida ma’lumot bering. 4. Gidrogeologiyaning eng yangi tarmoqlaridan gidroekologiya tarmog‘ining uning boshqa tarmoqlaridan farqi nimada? 5. Injenerlik geologiyasi fanining o‘rganish obyekti to‘g‘risida tushuncha bering. 6. Injenerlik geologiyasi fanining asosiy vazifalari nimalardan iborat? 7. Geologik jarayon va hodisalarni injener-geologik (texnogen) jarayon va hodisalardan farqi nimada? 8. Injenerlik geologiyasi fanining asosiy tarmoqlari qaysilar? Ularning vazifalari nimalardan iborat? 9. Gruntlar deganda nimani tushunasiz? 10. «Ekologiya» va «Geoekologiya» so‘zlarining ma’nosi to‘g‘risida tushuncha bering. 11. Yerning «Geosfera» qavati deganda nimani tushunasiz? 2.2. GIDROGEOLOGIYA VA INJENERLIK GEOLOGIYASI FANLARINING VUJUDGA KELISH VA RIVOJLANISH TARIXI «Gidrogeologiya» va «Injenerlik geologiyasi» fanlarining vujudga kelishi va rivojlanish tarixi o‘zining uzoq o‘tmishiga borib taqaladi. Bu fanlarning vujudga kelishi va rivojlanishi birinchidan, mamlakatimizda olib borilgan sug‘orish, qurilish-bunyodkorlik ishlari bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan, dunyo sivilizatsiyasi, ya’ni jamiyatning iqtisodiy-madaniy taraqqiyoti darajalari bilan, ayniqsa Markaziy Osiyo, Xitoy, Hindiston, Suriya, Eron davlatlari hududlarida yer osti suvlaridan foydalanish, u yoki bu turdagi inshootlarni qurish ishlarini olib borish tarixi bilan cham- barchas bog‘liqdir. Ma’lumki, bundan 3 000—5 000 yillar avval ham mamlakatimiz hududidagi o‘sha davrlarda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan Old Sharq davlatlari o‘rtasida munosabatlar mavjud bo‘lgan. Sug‘orish shoxobchalarini, kanallarni, maxsus sopol quvurlar yordamida yer osti suv uzatish qurilmalarini, qal’alarni, ibodatxonalarni, qasrlarni bunyod etishda o‘zaro tajriba almashilgan. Eramizgacha VI asrlarda mamlakati- miz hududida bir qancha yirik shaharlarning bo‘lganligi to‘g‘risida tarixiy ma’lumotlarda ko‘rsatilgan. Buxoro, Samarqand, Xiva, Toshkent shaharlarining bunyod etilganligi va bunyod etilish davri ham ana shu zamonlarga borib taqalishi bejiz emas. Bu davrlarda Qizilqum, Qoraqum sahrolarida maxsus qurilmaga ega bo‘lgan minglab yer osti suvi uchun 2 4 qazilgan quduqlar mavjd bo‘lgan. Hatto ajdodlarimiz tabiiy suv hosil qilish, undan foydalanish yo‘llarini ham bilishgan. Maxsus «Suv yig‘ish» qurilmalari (2.3-rasm) hamda «karezlar» 1 bunyod etishgan. VIII—XI asrlar mamlakatimiz hududida yirik ilm-fan daholarining dunyoga kelish va faoliyat ko‘rsatish davri bo‘ldi. Bular Muhammad Ibn Muso al-Xo- razmiy (780—847), Abu Rayhon Beruniy (973—1048), Abu Ali ibn Sino (980—1037), Ahmad Farg‘oniy (IX asr), Al-Forobiylar (873—950) edi. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling