Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Abu Rayhon Beruniy (Xorazmning qadimgi poytaxti Kot shahrida
tug‘ilib, G‘aznada vafot etadi) buyuk ensiklopedist olim (2.4-rasm).
Uning yozib qoldirgan asarlari o‘sha davrda mavjud fanlarning hamma
sohalariga taalluqli bo‘lib, bularning ichida tabiiy fanlar, ayniqsa,
geologiyaga oid fikr-g‘oyalari, asarlari butun olamga mashhurdir.
2
Bu
borada uning «Hindiston», «Geodeziya», «Ma’danshunoslik» kabi qator
asarlarini ko‘rsatish mumkin.

Karez — ma’lum qiyalik bo‘ylab (0—50) yerning ostki qismida uzunligi bir necha
kilometrga cho‘zilgan yer osti suv oqimi sistemasi (tizimi) — kanali bo‘lib, prof.
A.S.Xasanov iborasi bilan aytadigan bo‘lsak, insonlar tomonidan bundan 2000-yillar
avval ixtiro etilgan eng muhim gidrotexnik qurilmalardir. Bu qurilma suvni yer osti
bo‘ylab uzoq masofalarga ifloslantirmay, bug‘latmay, sof, tabiiy haroratda yetkazilishini
ta’minlagan.

Bu yerda shuni ham aytib o‘tish kerakki, bu davrgacha ham so‘zsiz geologiyaga oid
yozma ishlar, fikrlar, g‘oyalar bo‘lgan, lekin O‘rta Osiyoga ketma-ket qilingan bosqin-
chilik, talonchilik, vayrongarchilik urushlari, ayniqsa grek-makedoniya hamda arab
istilolari natijasida fan va madaniyatga oid ma’lumotlar yo‘q qilib yuborilgan yoki ta-
raqqiy etishiga to‘sqinlik qilgan. Ma’lumki, O‘zbekistonning hamma yerida (tog‘ oldi
balandliklarida, pasttekisliklarida) uzoq o‘tmishdan qolgan, ya’ni kishilar ekin ekish,
sug‘orish ishlarini boshlagan davrdan qolgan, ariqlar, kanallar, hovuzlar yirik imoratlar-
ning qoldiqlari, izlari mavjud. So‘zsiz ular bu ishlarni boshlash va boshlagandan keyingi
davrlarda u yoki bu hududning tuproq qatlamlariga, ularning qurilishiga yaroqli-yaroqsiz
ekanligi to‘g‘risida fikrlar yuritganlar, xulosalar chiqarganlar.
2.3-rasm. Insonlar tomonidan 2000—
3000 yillar avval ixtiro qilingan tabiiy
bo‘lmagan suv oqimini vujudga keli-
shini ta’minlaydigan maxsus qurilma
sxemasi.
1. Issiq havo oqimiga to‘siq qilib joy-
lashtirilgan xarsangtoshlar uyumi;
2. Issiq havo oqimi yo‘nalishi;
3. Sovigan havo oqimi yo‘nalishi;
4. Issiq havo oqimining sovishi jarayo-
nida vujudga kelgan suv tomchilari
harakati;
5. Suv tomchilarni yig‘ilishi natijasida
vujudga kelgan suv oqimi.


2 5
Abu Rayhon Be runiy «Aholi
yashaydigan yerlar orasidagi maso-
falarning oxirgi chegarasini aniqlash»
degan asarida deydi: «... tosh va
shag‘allar hamda zarrachalar turli
kuch ta’siri bilan tog‘dan ajraladi:
keyin ular uzoq vaqt davomida suv
va shamol kuchi tufayli qirrasi sinib
silliqlashadi hamda donachalar —
qum va changlar paydo bo‘ladi.
Agarda bu shag‘allar daryo o‘zanida
to‘plansa, orasiga gil va qum kirib,
butun bir xamirga aylanadi. Vaqtning
o‘tishi bilan aralashgan narsalar suv
tagiga ko‘milib ketadi. ...Agar biz ana
shunday dumaloq toshlardan tashkil
topgan tog‘larni uchratsak, ular
albatta yuqorida yozganimizdek pay-
do bo‘lgan, desak bo‘ladi. Ular yer
ustida yoki qatlamlar orasida uch-
rashi mumkin. Bunday jarayon uzoq vaqt davom etadi va bizning
tasavvurimizdan tashqaridagi doimiy o‘zgaishlar bilan bevosita bog‘-
langan holda yuz beradi».
1
Ko‘rinib turibdiki, Abu Rayhon Beruniy daryo vodiylarida tog‘ jins
qatlamlarini, ularning yotish holatlarini, tarkibi, xossa va xususiyatlarini
tahlil qilgan va to‘g‘ri xulosa chiqargan. Shu bilan birga qum, gil
zarrachalarining uzoq geologik o‘tmish bilan tabiatdagi boshqa hodisa
va jarayonlar bilan bog‘liq holda paydo bo‘lishini tushuntirib bergan.
Yana: «...Dengiz o‘rni quruqlik, quruqlik o‘rni dengiz bilan alma-
shadi, ...dengiz izi yotqiziqlarini quduq va hovuzlar qazilgan vaqtdagi-
na qum ostidan topish mumkin. Shunga monand holat, ya’ni dengiz
yotqiziqlariga tegishli baliq suzgichlarini saqlagan toshlar Jurjon va
Xorazm o‘rtasidagi qumlar ostida ham uchrab turadi. Chunki bu yerda
ham o‘z vaqtida ko‘l bo‘lgan»
2
deyishi bilan yerning ichki va tashqi
qismida yuz beradigan hodisalar va bu hodisalar natijasida vujudga
keladigan ko‘tarilish va pasayish (cho‘kish) jarayonlariga e’tibor bergan.
Uning quduqlar, hovuzlar qaziganda yer qatlam jinslari tarkibining
o‘zgarishiga bergan e’tibori va fikri keyinchalik yer qatlamlarini burg‘u
quduqlari (skvajina) qazish yo‘li bilan o‘rganish mumkinligi haqidagi
nazariyaning paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lgan deyish mumkin. Abu
Rayhon Beruniy yer qatlamlarini o‘rganish bilan shu qatlamlarni tashkil

A. M. Belinskiy, Abu Rayhan Beruniy, LGU, 1949, 207-b.

Ñ.Ë. Âîëèí. Ê èñòîðèè äðåâíåãî Õîðåçìà, M., 1941, 191-b.
2.4-rasm

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling