Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Meliorativ injenerlik geologiyasi


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Meliorativ injenerlik geologiyasi Respublikamizning sug‘orilayotgan
va sug‘orishga tayyorlanayotgan maydonlarining injener-geologik sharoi-
tini, sug‘orish tarmoqlarini qurish va ana shu sug‘orish tarmoqlari orqali
suv tarqatish jarayonida o‘zgarish qonuniyatlari, yer osti suvlari sathlari-
ning ko‘tarilishi bilan bog‘liq holda vujudga kelgan zaxlash, botqoqlanish,
sho‘rlanish jarayon va hodisalarini o‘rganadi va bashorat qiladi, qishloq
xo‘jaligi ekinlari hosildorligiga bo‘lgan ta’sir darajalarini aniqlaydi.
Kerakli chora-tadbirlar ishlab chiqadi. Bu fan gidrogeologiya va injener-
lik geologiyasi oralig‘ida paydo bo‘lgan bo‘lib, gidrogeologiya fanining
«Meliorativ gidrogeologiya» tarmog‘i bilan chambarchas bog‘langan
holda ish olib boradi.
Injenerlik geomorfologiyasi. Bu fan injenerlik geologiyasi fani
tarmoqlarining eng yosh yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, yer sath tuzilishi-
ning imorat va inshootlar qurish uchun qanchalik qulay yoki noqulay-
ligi masalalari bilan shug‘ullanadi. Bunda asosiy e’tibor relyef element-
lariga (sath qiyaligi, quyosh nuri yo‘nalishiga nisbatan tutgan o‘rniga,
ya’ni kungay yoki teskayligiga, vaqtincha yoki doimiy oqar suvlari yo‘llari
bilan kesishganlik darajalariga, sath qaysi tog‘ jinsi ustida vujudga
kelganligi va h.k.) qaratiladi. Yer sath tuzilishi gorizontal (0—3°),
me’yorli (3—7°), qiya (7—17°), o‘rta qiya (17—27°), tik qiyalik (27°
dan yuqori) darajalariga qarab baholanadi. Natijalar orasida xalq xo‘jaligi
imorat va inshootlarni loyihalash, joylashtirish, rejalash, qurish ishlari
amalga oshiriladi.
Injenerlik geoekologiyasi. Injenerlik geoekologiyasi
1
Yerning geosfera
2
qavatini tashkil qiluvchi tabiiy muhit komponentlarini (litosfera, gidro-
sfera, biosfera) odamlarning injenerlik va xo‘jalik faoliyatlari oqibatida
o‘zgarish qonuniyatlarini va sabablarini o‘rgandi, tahlil etadi hamda
ana shu komponentlarning tabiiy holatini saqlab qolish maqsadida chora
va tadbirlar ishlab chiqadi va belgilaydi.

Ekologiya grekcha so‘z bo‘lib, ekos — yashash joyi, uy muhit, logiya — fan ma’nosini
anglatadi. Demak, ekologiya odamlar yashash muhiti to‘g‘risidagi fan. Geoekologiya —
Yerning jonli mavjudotlar yashaydigan, shu jumladan insonlarning injenerlik va xo‘jalik
faoliyat ko‘rsatadigan qismini o‘rganadi. Ekologiya atamasi birinchi marotaba 1869-yili
nemis zoologi E. Gekkelp tomonidan, «Geoekologiya» atamasi esa 1939-yili K. Trol
tomonidan ishlatilgan. «Ekologiya», «Geoekologiya», «Injenerlik geoekologiyasi» fanla-
ri o‘zlarining o‘rganish obyektlari va uslublari bo‘yicha bir-biriga nihoyatda yaqin fanlardir.

Geosfera deganda litosfera va gidrosferaning yuqorigi (3—5 km) va atmosferaning
pastki (yer sathidan 10—15 km) qismi va ana shu sferalardagi hayot kechiruvchi organik
mavjudotlar majmuasi tushuniladi.


2 3

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling