Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
Abu Ali ibn Sino
(980—1037) 2 7 o‘lchanmagan har qanday bilim chin bilim bo‘lolmaydi, demak, haqiqiy bilim emas», — deydi. Umuman, Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sinolar Markaziy Osiyo, jumladan hozirgi O‘zbekiston hududida yashab ijod etgan buyuk olimlar edi. Bulardan oldin ham, keyin ham, ya’ni Turkiston Rossiya tomoni- dan bosib olingunga qadar bularchalik o‘lkamizning geologiyasiga, tabiatiga oid ilmiy tahlil qilib yozilgan asarlar juda kam. Mavjud materiallarning hammasi deyarli geografik, tarixiy ma’lumotlar bo‘lgan desak bo‘ladi. Masalan, dastlabki ma’lumotlarni avval grek, rim geograf va tarixchilari Gerodot, Strabon, Ptolemey asarlarida uchratilsa, keyin- chalik Xitoy sayyohlari Chjan-Syan hamda 629—645-yillarda Markaziy Osiyoning ko‘p joylarini shu bilan birga, Toshkent, Samarqand, Amudaryo vodiylarini aylanib chiqqan Syuan-Szan asarlarida, IX asrga oid ma’lumotlar esa buyuk o‘zbek matematigi, astronomi, geografi Mu- hammad Ibn Muso al-Xorazmiy tomonidan yozib qoldirilgan. Bu borada uning «Yer tasviri» («Suratularz») nomli geografik asari katta ahamiyatga ega bo‘lib, o‘zidan keyingi davr olimlari uchun asosiy qo‘llanma bo‘lgan. X asrga oid ma’lumotlar arab tarixchisi va sayyohi Abul Hasan Ali Ma’sudiy, sayyoh va geograf Abu Isxoq Istaxoriy, yozuvchi va sayyoh Yoqub Ibn Abdulla (1178—1229) asarlarida uchraydi. Abu Rayhon Beruniydan keyin yer yuzasining sxematik xaritasi ba’- zi to‘ldirishlar bilan XI—XII asrlarda yashagan Mahmud Qoshg‘ariy tomonidan beriladi. U «Devonu lug‘atit turk» nomli asar yozib, unda geografiyaga oid qimmatli ma’lumotlar keltiradi. Keyingi davr, ya’ni XV—XVI asrlarga tegishli geografik ma’lumot- lar buyuk sayyoh va olim Zahiriddin Muhammad Boburga tegishlidir. U o‘zining buyuk «Boburnoma» asarida Farg‘ona, Zarafshon vodiylari to‘g‘risida hamda o‘sha vaqtlarda yuz bergan zilzilalar haqida ham qimmatli ma’lumotlar yozib qoldirgan. 1370—1507-yillar Markaziy Osiyoda va unga yondosh hududlarda Amir Temur va Temuriylar sulolasi hukmronlik qilgan yillar bo‘ldi. Bu yillar mobaynida ilm-fan, san’at, me’morchilik rivojlandi, sug‘orish shoxobchalari, yo‘llar qurildi. Nihoyatda yirik, muhtasham inshootlar bunyod etildi. Samarqand qo‘rg‘oni (1370), Shahrisabzdagi Oqsaroy (1380), Bibixonim masjidi (1399—1404), Buxorodagi Ulug‘bek madrasasi (1407), Samarqand rasadxonasi (1428—1429), Turkistondagi Ahmad Yassaviy maqbarasi shular jumlasidandir. Ulug‘bek rasadxonasi uch qavatli, diametri 46 m, balandligi 30 metrdan oshiq, ko‘rinishi doira shaklida bo‘lgan ulkan inshoot edi. Bu imorat va inshootlar joylashti- rilgan maydonlardagi suv yuritish shoxobchalarini olimlar tomonidan sinchiklab o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, ularni qurgan ustalar, me’morlar nihoyatda bilmidon, tajribali, uzoqni ko‘rib ish qiladigan kishilar bo‘lgan. Ular imoratlarning zamini bo‘lgan tog‘ jinslarining qalinligiga, tarkibiga, 2 8 xossa-xususiyatlariga, mavjud yer osti suvlarining sath holatiga katta e’tibor berishgan, qay holatda, qanday sabablarga ko‘ra o‘zgarishi mumkinligini oldindan bilishgan. Imorat-inshootlarning boqiyligini ta’minlash maqsadida kerakli chora va tadbirlar ko‘rishgan. Ana shu ustalarni o‘sha davrning injenerlari, injener-geologlari va gidrogeologlari deb atash mumkin. Markaziy Osiyo, jumladan, hozirgi O‘zbekistonning yer osti tuzili- shi, tabiiy sharoiti, qazilma boyliklari va paxtasi bilan doimiy ravishda Osiyo va Yevropa mamlakatlari qiziqqan. Shuning uchun ham 1500- yillardan boshlab chet el kishilari hozirgi O‘zbekiston hududiga tez-tez kelib turishgan. Ularning ba’zilari faqat sayyoh niqobi ostida kelsa, boshqa bir xillari davlat vakili niqobi ostida kelishgan. Bular qatoriga 1558—1560-yillarda Markaziy Osiyoning ko‘p joyla- riga, shu jumladan Xiva va Buxoroga sayyoh sifatida kelgan ingliz Anton Jenkinsonni, Xiva, Buxoro va Samarqandga Moskva podshosi vakili sifatida kelgan (1620) Ivan Xoxlov hamda 1669—1673-yillarda kelgan Boris Pazuxinlarni ko‘rsatish mumkin. O‘zbekiston yerlari bilan hatto Pyotr I ham qiziqib qolgan. Shuning uchun ham 1715-yili u Aleksandr Bekovich-Cherkasskiy hamda 1718-yili Benivinlar boshchiligidagi ekspeditsiyalarni yuborgan. Umuman, 1550—1845-yillar ichida ketma-ket yuborilgan ekspe- ditsiyalar, ularning tarkibiga kirgan tabiiy fanlarning u yoki bu sohalari bo‘yicha o‘ta bilimdon mutaxassislari tomonidan vatanimizning tabiiy sharoiti, geologik tuzilishi, yer osti va yer usti suvlari, ulardan o‘z maqsadlari uchun foydalanish yo‘llari har tomonlama o‘rganiladi. 1820- yili Rossiyadan Buxoroga kelgan Negri rahbarligidagi diplomatik vakillar tarkibiga kirgan E. A. Eversmanning, 1824—1825-yillar F. F. Berg ekspe- ditsiyasi tarkibiga kirgan E. I. Eyxvold, 1842-yili Xivaga kelgan Rossi- yaning diplomatik vakillari Baziner, Danilovskiylar tomonidan Qizil- qum, Mangqishloq yarim oroli va Ustyurt platosining geologiyasiga, yer osti suvlariga oid yozib qoldirgan ma’lumotlari, F.F. Bergning lyoss va lyossimon jinslar to‘g‘risidagi ishlari shular jumlasidandir. Uzoq yillar mobaynida yig‘ilgan ma’lumotlar 1877-yilda rus qo‘shinlari tomonidan Sirdaryoning quyi oqimining egallab olinishiga, 1852—1865-yillarda Qo‘qon xonligiga qarashli Qizil o‘rda, Olmaota, Turkiston, Chimkent, Toshkent shaharlarining, 1868-yili Buxoro amir- ligi, 1873-yili Xiva, 1876-yili Qo‘qon xonligi yerlarining Rossiyaga qo‘shib olinishiga asos bo‘ldi. Endi Rossiya imperiyasining asosiy maqsadi bosib olingan yerlardan ko‘proq paxta hosili olish, yer osti va yer usti boyliklaridan o‘z manfaati yo‘lida iloji boricha maksimal foydalanish edi. Buning uchun o‘lkaning tabiiy sharoitini, geologiyasini, yer sathi tuzilishini, paxta hosildorligiga ta’sir etuvi omillarni, ya’ni yer osti suvlari sathini, yerlarning sho‘rlanish, botqoqlanish darajalarini aniqlash, imorat va inshootlar, kanallar bunyod etish uchun tog‘ jins- 2 9 larini, ularning tarkibi, xossa va xusu- siyatlarini bilish kerak edi. Bu ishlarni amalga oshirish, ilm-fansiz, yetuk mutaxassislarsiz aslo mumkin emasli- gini ham ular bilishar edi. Shuning uchun maxsus ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etilib, bu ekspeditsiyalar tar- kibiga turli fan va soha mutaxassislari kiritilar, ularga aniq maqsad va tizim- da, dasturda ish olib borish yuklanar edi. Bu ekpeditsiyalarga P. P. Se- menov-Tyan-Shanskiy, A. P. Fed- chenko, N. S. Seversev, A. F. Min- derdorf, I. V. Mushketov, V. F. Osha- nin, V. A. Obruchev, L. S. Berglar boshchilik qildi. 1 O‘lkamizga, uning tabiiy sharoi- tiga, qazilma boyliklariga, paxtasiga bo‘lgan qiziqish ayniqsa sovetlar dik- taturasi hukmronlik qilgan yillar nihoyatda oshdi. Moskvadan keluvchi olimlar, mutaxassislar oqimi hamon davom etdi. Faqat 1919—1920- yillar mobaynida 86 kishidan iborat professor-o‘qituvchilarning katta guruhi mamlakatimizga yuborildi. Bularning ichida geologlardan N. F. Bezobrazova, V. R. Muxin, A. S. Uklonskiylar bor edi. Fanning yangi yo‘nalishlari vujudga kelishini, mahalliy yoshlardan mutaxassis kadrlar tayyorlanishi kerakligini hayotning o‘zi taqozo etdi. Dastlabki geologiya yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar o‘sha davrlar- dagi Turkiston Davlat universitetining (Hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) fizika-matematika fakulteti qoshida tayyorlandi. 1920-yili universitetda mineralogiya, kristallografiya, geokimyo, umumiy geologiya kafedralari, 1921-yili texnika fakulteti qoshida tog‘ bo‘limi, keyinchalik (1924) esa umumiy geologiya kafedrasidan O. K. Lange (2.6-rasm) boshchiligida gidrogeologiya kafedrasi ajralib chiqadi hamda tarixiy geologiya va paleontologiya 2 , petrografiya va qazilma boyliklar (1942) kafedralari tashkil qilinadi. 1930-yillarga kelib, universitetning ba’zi fakultetlarini kengaytirish hisobiga mustaqil oliy o‘quv yurtlari tashkil qilina boshladi. Masalan, universitetning tog‘ geologiyasi kafedrasi asosida O‘rta Osiyo geologiya qidiruv (SaGRI) instituti, keyinchalik bu institut Tog‘ institutiga, 1934- 1 M. SH. Shermatov. O‘zbekiston geologiyasi to‘g‘risida nimalarni bilasiz? Toshkent, «Fan», 1972, 64-b. 2 1945-yili paleontologiya sohasi alohida kafedraga aylantiriladi. Shu yili geofizika kafedrasi ham tashkil etiladi. 2.6-rasm. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling