Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
partiyalar birlashtirilib «Gidrogeologiya» trestiga aylantirildi. Bu vaqtda
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
partiyalar birlashtirilib «Gidrogeologiya» trestiga aylantirildi. Bu vaqtda Mirzacho‘l (hozirgi Sirdaryo viloyatining asosiy hududi) yerlarining gidrogeologik, meliorativ holatini (N. A. Kenesarin, M. M. Krilov, N. N. Xojiboyev, A. F. Slyadnev, D. M. Kas, N. M. Reshetkina va boshqalar) hamda injener-geologik sharoitini o‘rganish (G‘. O. Mav- lonov, P. M. Karpov, V. G‘. G‘ofurov va b.) ishlari rivojlantirildi. 1955—1960-yillar O‘zbekistonda gidrogeologiya, injenerlik geologi- yasi fanlarining yanada rivojlanish davri bo‘ldi. Bu sohadagi tadqiqot ishlari butun O‘zbekistonning yangi sug‘oriladigan yerlarida boshlab yuborildi. O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi Toshkent milliy universiteti) va O‘rta Osiyo politexnika (hozirgi Toshkent texnika uni- versiteti) institutini gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi sohasi bo‘yi- cha mutaxassislarning katta guruhi tamomlab chiqadi (A. N. Sulton- xo‘jayev, N. N. Xojiboyev, A. I. Islomov, S. Sh. Mirzayev, S. M. Qosimov, E. V. Qodirov, A. M. Xudoyberganov, M. Sh. Shermatov, K. P. Po‘latov, 3 2 A. Nurmatov, M. G‘. Xo‘jayev, va b.). Shuning uchun ham 1960-yili X. M. Abdullayev va G‘. O. Mavlonovlar tashabbusi bilan O‘zRFAning hozirgi Geologiya va geofizika institutidagi gidrogeologiya va injener- lik geologiyasi bo‘limi asosida «Gidrogeologiya va injenerlik geologiya- si» (GIDROINGEO) instituti tashkil etildi. Institut bo‘lim va laborato- riyalariga G‘. O. Mavlonov boshliq yetakchi olimlar — N. A. Kenesarin, N. N. Xojiboyev, A. N. Sultonxo‘jayev, A. S .Xasanov, A. I. Islomov, S. M. Mirzayev va boshqa qator olimlar boshchilik qildi. 1966-yilgi Toshkent zilzilasidan keyin Toshkentda O‘zFA qoshida «Seysmologiya» instituti tashkil qilindi. Unga direktor etib akademik G‘. O. Mavlonov tayinlandi. Institutning asosiy ilmiy yo‘nalishi yer qimirlash vaqtini oldindan aytib berish, bashorat qilish usullarini yaratishdan iborat bo‘lib, uning ikkinchi yo‘nalishi respublika hududini umumiy seysmik rayonlashtirish, ya’ni respublika hududining qayerida qanday kuch bilan zilzila sodir bo‘lishini oldindan aniqlash va mayda masshtabdagi (1:10 000 000; 1:500 000 000) xaritalarda ko‘rsatish, uning uchinchi yo‘nalishi shahar, tuman suv, gaz omborlarini, xalq xo‘jaligi- ning boshqa yirik qurilish obyektlari maydonlarini yirik masshtablarda (1:5 000; 1:10 000; 1:25 000) seysmik mikrorayonlashtirish deb belgi- landi. Ana shu uchinchi yo‘nalishning asosini qurilish obyektlari may- donlarining injener-geologik sharoiti komponentlarini o‘rganish va olingan tadqiqot ishlari natijalari, jumladan, qurilish obyekti maydoni- ning geologik, geomorfologik tuzilishini, tog‘ jinslari tarkibi, xossa va xususiyatlarini, yer osti suvlari, ularning rejimini, tarqalish, yotish holat- larini, mavjud geodinamik va texnogen jarayonlarini, ularning sodir bo‘lish, rivojlanish sabablarini o‘rganish va xaritalash ishlari tashkil etadi. Injener geologik muhitning bu komponentlarini insonlarning xo‘jalik va injenerlik (texnogen) faoliyatlari ta’siri natijasida u yoki bu darajada o‘zgarishi va yomonlashishi sodir bo‘lgan yer qimirlashlarning tabiiy kuchini yer sathida 1—2 ballga oshirib yuborishi ma’lum. Shuning uchun ham seysmologiya instituti tashkil bo‘lishining birinchi kunlaridanoq yuqoridagi masalalarni hal qilish maqsadida uning asosiy strukturaviy tizilmalari jumlasiga «Lyossshunoslik», «Regional injenerlik geologiya- si», «Shaharlar injenerlik geologiyasi», «Gidrogeoseysmologiya» labo- ratoriyalari kiritildi. 1967-yili Farg‘ona shahrida Farg‘ona politexnika instituti tashkil etildi. Institutning qurilish-geologiya fakultetida yer bilimiga oid kafedralar, jumladan, geologiya fanlari kafedrasi, zamin va poydevorlar (1971) kafedralari ochildi. Bu kafedralarda ham injenerlik geologiyasi, gidrogeologiya fanlaridan maxsus kurslar o‘qitila boshlandi. Shuningdek, 1963-yili O‘zbekiston Davlat loyihalash va qurilish qo‘mitasi qoshida «UZGIITI» (O‘zbekiston Davlat injener-texnik tadqiqotlar instituti) hamda 1975-yilda Toshkent shahar ijroiya komiteti 3 3 qoshida «TashGIITI» (Toshkent Davlat injener-texnik tadqiqotlar instituti) tashkil etildi. Bu institutlarning ham asosiy vazifasi xalq xo‘jaligi imorat va inshootlari qurilishi kerak bo‘l- gan maydonlarning injener-geo- logik va gidrogeologik holatini har tomonlama o‘rganish, olin- gan ma’lumotlarni tahlil etish, hisobotlar tuzish, kerakli chora va tadbirlar belgilashdan iborat bo‘ldi. Shunday qilib, 1970—1975- yillarga kelib, respublikamizda Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi fanlari bo‘yicha na- zariy va amaliy tadqiqotlar olib boruvchi, yuqori malakali muta- xassis kadrlar tayyorlovchi bir nechta yirik dargohlar hamda loyihalash, qidiruv ishlari olib boruvchi qator institutlar, ekspe- ditsiyalar jamoasi vujudga keldi. Bulardan O‘zbekiston Milliy universitetining geologiya-qidiruv fakulteti va A.R. Beruniy nomidagi Toshkent texnika universitetining tog‘ hamda geologiya-qidiruv (hozirgi tog‘-geologiya) fakultetlari hamda O‘zbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar Davlat qo‘mitasiga qarashli Gidrogeologiya va Injenerlik geologiyasi instituti, O‘zbekiston Fanlar akademiyasiga qarashli Seysmologiya ilmiy-tekshirish institutlari nafaqat O‘zbekistongagina yuqori malakali gidrogeolog va injener-geolog, seysmologiya sohalari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlab bermay, balki O‘rta Osiyo, Qozog‘iston va boshqa qator dav- latlar (Gruziya, Rossiya, Ukraina va b.) uchun ham mutaxassislar tayyorlab berdi. Bu ulkan dargohlarda ilm olgan ko‘pchilik kishilar (X. M. Abdullayev, G‘. O. Mavlonov, N. A. Kenesarin va b.) hozir geo- logiya fanining u yoki bu sohalari bo‘yicha maktablar yaratgan, yuzlab olimlarning ustozi, akademik, fan doktori, fan va texnika arboblaridir. Ularni butun dunyo taniydi. Jumladan, O‘zbekistonda va Markaziy Osiyo respublikalarida gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi fanlarining rivojlanishida, tashkil topishida va kerakli yuqori malakali mutaxassis- larni tayyorlashda G‘. O. Mavlonovning hissasi nihoyatda kattadir (2.8- rasm). U 1935-yili o‘rta Osiyo industrial institutini (hozirgi Toshkent 2.8-rasm. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling