3 5
qo‘shganlar. Bu borada N. A. Kenesarinning (2.9-rasm) «O‘rta Osiyo
sug‘oriladigan rayonlari grunt suvlari rejimining hosil bo‘lishi» mono-
grafiyasini, M. M. Krilovning «O‘zbekistonning sug‘oriladigan rayonlari
sharoitida grunt suvlarining dinamik balansi va ularni o‘rganish usullari»,
N. N. Xojiboyevning «Gidrogeologik-meliorativ rayonlashtirish» (1968),
«Sug‘oriladigan hududlar grunt suvlari balansini o‘rganish», A. N. Sul-
tonxo‘jayevning «Farg‘ona artezian basseyni» (1972), «O‘rta Osiyo ar-
tezian basseynlarning metallogeniyasi» (1992), A. S .Xasanovning «Mir-
zacho‘l yer osti suvlarining gidrokimyo» asarlarini ko‘rsatish mumkin.
Bugungi kunda mustaqil Vatanimizda gidrogeologiya va injenerlik
geologiyasi fanlarining yanada rivojlanishi, ravnaq topishi uchun hamma
imkoniyatlar mavjud. Chunki mamlakatimizda yuqori malakali muta-
xassislar tayyorlaydigan, fanning hozirgi zamon texnologiyasi, usul va
uslublari bilan qurollangan oliy va o‘rta maxsus bilim yurtlari, ilmiy,
loyihalash
institutlari,
maxsus gidrogeologik,
injener-geologik ekspe-
ditsiyalari
1
faoliyat ko‘rsatmoqda. Respublikamizda bu sohalarni boshqa-
ruvchi yetuk olimlar va mutaxassislar jamoasi mavjud.
Takrorlash va tekshirish uchun savollar
1. Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi
fanlarining rivojlanishi,
vujudga
kelishi va tarixiy manbalari to‘g‘rsisida tushuncha bering.
2. Issiq, suvsiz hududlarda ajdodlarimiz tomonidan chuchuk suv oqimini vujud-
ga keltirish maqsadida ixtiro etilgan maxsus qurilma to‘g‘risida o‘z fikringizni
ayting.
3. Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sinolarning tog‘
jinslari,
minerallar
va tog‘larning paydo bo‘lish to‘g‘risidagi fikrlari nimalarga asoslangan?
Do'stlaringiz bilan baham: