Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
GEOLOGIYASI FANLARINING XALQ XO‘JALIGINI
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
GEOLOGIYASI FANLARINING XALQ XO‘JALIGINI
RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI Odamlarning injenerlik va xo‘jalik faoliyatlari oqibatida tabiiy muhit komponentlari: yer sathining tuzilishi, tog‘ jinslari, yer osti va yer usti suvlari, tuproq va bu muhitda yashovchi organik mavjudotlar (o‘simlik va hayvonot dunyosi) nihoyatda sezilarli darajada o‘zgarib bormoqda 1 . U yoki bu ko‘rinishdagi texnogen jarayonlar va hodisalar (zaxlash, botqoqlanish, sho‘rlanish, cho‘kish, surilish, qulash va h.k.) vujudga kelmoqda va rivojlanmoqda. Ma’lumki, planetamiz aholisi tezlik bilan o‘smoqda (2.10-rasm). Agar yer yuzida yashovchi aholining soni 1800-yilda 1 mlrd kishi bo‘lgan bo‘lsa, 1900-yilda 1,65 mlrd, 2000-yilda 6 mlrdga yaqin kishiga yetgan. Jum- ladan, respublikamizda 1957-yili 8,7 mln aholi yashagan bo‘lsa, 1997- yilda 23 mln kishiga 2 , 2002-yilda esa 25 mln kishiga yetgan. Shu bilan birga aholi zich yashaydigan shaharlar soni ham oshib bormoqda. Agarda respublikamizda 1959-yilda 103 shahar mavjud bo‘lgan bo‘lsa, ularning soni 1996-yilga kelib 120 taga yetgan. M. Yangiboyevning (1997) ma’lu- motiga ko‘ra faqat Qashqadaryo viloyatidagina shaharlar soni bu vaqt mobaynida 6 tadan 17 taga, aholi soni esa 67 mingdan 483 mingga yetgan. Aholi sonining oshishi bilan, shaharlarning maydoni, imoratlarning qavatliligi, turli-tuman injenerlik inshootlar, ularning ishlash rejimi ham o‘zgargan. Sug‘orish va boshqa kommunikatsiya sistemalaridan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida yer osti suvlarining sathi yildan yilga ko‘tarilib bormoqda. N. G‘. Mavlonov va I. B. Petruxinalarning yozishicha 3 (2000), hozirgi kunda Toshkent shahrining 50 % hududi zaxlash jarayoniga uchragan. Bu yerlarda yer osti grunt suvlarining sathi yer yuzasidan 1 E. V. Qodirov, M. Sh. Shermatov va boshqalar. Tabiiy muhitni muhofazalashning geoekologik asoslari. — Toshkent, «O‘zbekiston», 1999, 158-b. 2 M. Yangiboyev. Tabiiy va iqtisodiy resurslardan foydalanishda ekologik masalalar. O‘zbekiston geografiya jamiyati axboroti, 18-tom, 2-qism, 1997, 74—77-b. 3 Ìàâëÿíîâ Í.Ã., Ïåòðóõèíà È.À. Ãåîýêîëîãè÷åñêèå ïðîáëåìû ã. Òàøêåíòà. Ïðîáëåìû èíæåíåðíîé ãåîëîãèè è îöåíêè ñåéñìè÷åñêîé îïàñíîñòè. Ìàòåðèàëû êîíôåðåíöèè ïîñâÿùåííîé 90-ëåòèþ àêàäåìèêà Ã.À. Ìàâëÿíîâà. — Òàøêåíò. ÃÃÏ «Óçáåêãèäðîãåîëîãèÿ», 2000, ñ. 106—118. 3 7 2 .1 0 - ra sm . P la n e ta m iz a h o li si n in g o ‘s is h d a ra ja si n i k o ‘r sa - tu v c h i c h iz m a (A Q S H il m iy g e o g ra fi y a ja m iy a ti v a m il li y g e o g ra fi y a j u rn a li m a ’l u m o ti d a n ( 1 9 8 8 ) so d d a la sh ti ri b o li n d i* ) 1 Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling