Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Â.Ì. Ëóêüÿí÷èêîâ. Òåõíîãåííîå çàãðÿçíåíèå ãðóíòîâûõ âîä íåôòåïðîäóêòà-
ìè. Àâòîðåôåðàò äèñ. íà ñîèñêàíèå ó÷. ñòåï. ê.ã.-ì.í. — Ì., 1986, 20 ñ.


4 1
yatlariga va sabablariga, xalq xo‘jaligi imorat va inshootlari qurilayot-
gan maydonning injener-geologik sharoitiga bog‘liq. Bularning ham-
masini gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi fanlari o‘rganadi. Shu-
ning uchun gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi fanlarini, ularning
usul va uslublarini yaxshi bilish, amaliyotga to‘g‘ri tatbiq etish, xalq
xo‘jaligi imorat va inshootlarini to‘g‘ri joylashtirishda va qurishda katta
ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.
Takrorlash va tekshirish uchun savollar
1. Tabiiy muhit komponentlari nimalardan iborat?
2. Tabiiy muhit komponentlarini biz nima uchun o‘rganamiz?
3. Tabiiy muhit komponentlarini gidrogeologik va injener-geologik nuqtayi
nazardan to‘g‘ri o‘rganmaslik va baholamaslik nimalarga olib keladi?
4. Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi fanlarining xalq xo‘jaligi imorat
va inshootlarini rejalashda, joylashtirishda va qurishdagi ahamiyati to‘g‘risida
gapirib bering.
2.4. GIDROGEOLOGIYA VA INJENERLIK GEOLOGIYASI
FANLARINING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI
Gidrogeologiya va Injenerlik geologiyasi fanlari o‘z tarixiy taraqqiyoti
davomida, maqsad va vazifalarini bajarish jarayonida eng avvalo geolo-
giya yo‘nalishidagi hamma fanlar bilan, hamda fizika, matematika,
statistika, mexanika, kimyo va boshqa tabiiy fanlar bilan yaqindan
munosabatda bo‘lib kelgan.
Injenerlik geologiyasi va gidrogeologiya fanlari o‘z maqsad va vazifalari
bilan xalq xo‘jaligi obyektlarini rejalash, loyihalash, qurish va qurib
bo‘lingan imorat va inshootlardan to‘g‘ri foydalanish, yangi yerlarni
o‘zlashtirish jarayonida vujudga kelgan va vujudga kelishi mumkin bo‘lgan
geoekologik masalalarni yechishda qatnashadi. Bu masalalarni hal qilish
davomida eng avvalo, geologiya, geomorfologiya, seysmologiya, klimato-
logiya va boshqa tabiiy fanlar tomonidan bajarilgan tadqiqot ishlari
natijalarini o‘rganadi, tahlil etadi va kerakli xulosalar chiqaradi. Chunki
biror bir shahar quriladigan yoki imorat, inshootlar bunyod etilishi lo-
zim bo‘lgan joyning tabiiy sharoiti (yog‘adigan yog‘inning turi, oylik,
ko‘p yillik miqdori, havo harorati, shamolning harakat yo‘nalishi, tezligi,
yer usti oqar suvlari va h.k.), geologik tuzilishi (tog‘ jinslarining genesizi,
litologik tarkibi, yotish holati, strukturaviy va teksturaviy xususiyatlari,
qalinligi, yoshi va h.k.), geomorfologik holati (yer sathlarning genesizi,
shakli, qiyaligi, qaysi tog‘ jinsi ustida vujudga kelganligi, mustahkamligi
va h.k.), seysmik darajasi (hududning necha balli zonaga joylashganligi,
tarixiy yer qimirlashlar miqdori, yuz bergan joyi, kuchi, yer qimirlash
kuchining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar va h.k.) to‘g‘risidagi ma’lu-


4 2
motlarga ega bo‘lmay turib xalq xo‘jaligining birorta obyektini qurish
maqsadida mukammal tadqiqot ishlarini boshlash aslo mumkin emas.
Gidrogeologik va injener geologik tadqiqot ishlarini o‘tkazish jara-
yonida yer osti suvlarining hamda tog‘ jinslarining tarkibini, suvda eruv-
chan, kam, yomon eruvchan tuzlarning miqdorini, turlarini, korrozion
xususiyatlarini aniqlashda, imorat va inshootlar joylashtirilishi kerak
bo‘lgan maydonining qurilishiga loyiq yoki noloyiqligini baholashda
kimyo fanining usul va uslublariga murojaat qilinadi va foydalaniladi.
Konlarni qidirib topish va tog‘ sanoati uchun kerakli bo‘lgan insho-
otlarni rejalash, joylashtirish, qurish jarayonida gidrogeologiya va injenerlik
geologiyasi fanlari o‘z uslublari, maxsus ishlab chiqarilgan uslubiy
qo‘llanmalari bilan 

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling