Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

tog‘ ishlari faniga juda yaqindan yordam ko‘rsatadi.
Ma’lumki, yer sathidan pastga qarab harorat o‘zgarib borishi kuzatiladi. Bu
o‘zgarish tog‘ jinslari qatlamlarining litologik tuzilishiga, xossa va
xususiyatlariga, yer osti suvlarining mavjudligiga, kimyoviy tarkibiga, fizik
xususiyatlariga bog‘liq. Shuning uchun chuqur shaxtalarni, karyerlarni va
boshqa tog‘ inshootlarining yer yuzasiga nisbatan chuqurligini, yo‘nalishini
belgilashda, burg‘u quduqlarni burg‘ulash uchun kerak bo‘lgan texnik
uskunalarni to‘g‘ri tanlash va aniqlashda yuqoridagi omillarga e’tibor beriladi.
Geodinamik va texnogen jarayon va hodisalarning vujudga kelishi,
rivojlanishi va sodir bo‘lishi 
fizika va mexanika fanlarining qonunlari
asosida yuz beradi. Shuning uchun amaliyotda ana shu jarayon va
hodisalarning modellarini ishlab chiqish, amaliy tajribalar o‘tkazish
ishlari fizika va mexanika fanlari qonuniyatlarini qo‘llash yo‘li bilan
amalga oshiriladi.
Tog‘ jinslarining tarkibi, fizik-mexanik xossa-xususiyatlari, ularning ustki
qismida va qatlamlarida sodir bo‘ladigan geodinamik va texnogen jarayorlar
to‘g‘risidagi, hamda yer osti suvlarining sathi, ko‘p yillik o‘zgarish rejimi,
kimyoviy tarkibi, fizik xususiyatlariga va injener-geologik sharoitning boshqa
komponentlariga oid hamma ma’lumotlar matematik-statistik usullarni,
hozirgi zamon komputer tizimini qo‘llash yo‘li bilangina amalga oshirila-
di. Demak, gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi fanlari o‘z vazifalarini
boshqa hamma fanlar, hatto biologiya, zoologiya, tarix, filosofiya fanlari
ma’lumotlariga suyangan holatda olib boradi va bajaradi.
Takrorlash va tekshirish uchun savollar
1. Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi fanlari o‘z maqsad va vazifalarini
amalga oshirishda eng avvalo qaysi fanlar bilan yaqindan munosabatda
bo‘ladi?
2. Kimyo fanining gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi fani bilan aloqasi
to‘g‘risida so‘zlab bering.
3. Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi fani vazifalarining bajarilishi jarayo-
nida matematika fanining ahamiyati nimalardan iborat? Fizika va mexanika
fanlarining-chi?


4 3

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling