Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
X.M.Abdullayev
(1912—1962). 3 1 1940-yil 9 yanvarda qator ilmiy-tekshirish institutlarini, sektor, bo‘limlarni birlashtirgan holda Ittifoq Fanlar akademiyasining O‘zbe- kiston filiali, keyinchalik (1943) O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tashkil topdi. Bu esa O‘zbekistonda boshqa fanlar qatori geologiya fanining yanada rivojlanishiga, ilmli mutaxassislar sonining yanada oshishiga, yangidan-yangi yer osti konlarining ochilishiga sababchi bo‘ldi. 1941—1945-yillar ikkinchi jahon urushi davri bo‘ldi. Bu davr O‘zbe- kiston geologlari zimmasiga ham respublikamizning tabiiy resurslarini o‘rganish, kerakli xomashyoni tezlik bilan qidirib topish va yetkazib berishdek mas’uliyatli vazifa yuklagan edi. Bu vazifalar o‘z vaqtida, a’lo darajada bajarildi. Shunday qilib, 30—40-yillar O‘zbekistonda gidrogeologiya va injenerlik sohasining ham birmuncha rivojlanish davri bo‘ldi. Bu vaqtda Markaziy Osiyoda gidrogeologiya va injenerlik fanlari bo‘yicha milliy kadrlarning dastlabki bo‘g‘inlari (G‘. O. Mavlonov, N. A. Kenesarin va b.) yetishib chiqdi. Yer osti suvlarini o‘rganish bo‘yicha maxsus ishlab chiqarish tashkilotlari (Uzpodzemvod) tuzildi. Yangi gidroelektro- stansiyalar, gidrotexnik inshootlarni qurish maqsadida gidrogeologik, injener-geologik ishlar boshlab yuborildi. Ammo jahon urushining boshlanishi O‘zbekistonda injener-geolo- gik, gidrogeologik ishlar rivojiga birmuncha ta’sir etdi. Tadqiqot ishlari faqat ayrim regionlardagina (Toshkent oldi, Farg‘ona, Mirzacho‘l va b.) olib borildi. Urushdan keyingi yillarda asosiy e’tibor respublikaning lyoss jinslarining tarkibi, xossa va xususiyatlarini o‘rganishga (G‘.O. Mav- lonov), yangi yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga, yer osti suvlari rejimini o‘rganishga (N. A. Kenesarin, M. M. Krilov), chuqur qatlam ma’danli suvlarini davolash maqsadlarida ishlatish (B. A. Beder) masala- lariga qaratildi. 1950-yillarga kelib o‘sha davrdagi mavjud gidrogeologik stansiyalar, Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling