Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
19.8-rasm. Suv chiqarish inshootlari — grunt quduqlari va shurflarning umumiy
ko‘rinishi (M.V.Sedenko bo‘yicha). a — mukammal quduq va shurflar; b — tubidan va yon tomonlaridan suvni o‘tkazishi mumkin bo‘lgan mukammal bo‘lmagan quduqlar va shurflar; d — faqat tub tomonidan suvni o‘tkazishi mumkin bo‘lgan quduqlar va shurflar. 19.9-rasm. Filtrlar va ularni ko‘rinish holatlari: a — teshikli filtr; b — yoriqli filtr. 2 5 2 19.10-rasm. Mukammal (a) va mukammal bo‘lmagan (b) quduqlardagi depression voronkaning hosil bo‘lish holatlari (G.V.Bogomolovdan, ba'zi o‘zgartirishlar bilan). 1 — suvli qatlam; 2 — suv o‘tkazmaydigan jins qatlami; H — suvli qatlamdagi grunt suvining tabiiy qalinligi va sathi; h — quduqdagi suvni nasoslar yordamida so‘rib olish vaqtidagi balandligi; r — quduq radiusi; R — suvni quduqdan so‘rib olish jarayonidagi ta’sir qilish radiusi; y, y 1 , y 2 — depression voronka hosil bo‘lishi jarayonida suvli qatlam sathi kamayishini ko‘rsatuvchi kesmalar; t — mukammal bo‘lmagan quduqdagi suv sath balandligi; S — suv sathining kamayishi. darajasida yuz beradi va oxirgi pasayish yer osti suvining dastlabki tabiiy sathigacha borib yetadi. Yer osti suvlari sathlarining ana shu h, h 1 , h 2 qiymatlari darajasida pasayishi natijasida vujudga kelgan egri yuza depression voronka deb ataladi. (19.10-rasm). Yer osti suvini quduqdan nasoslarlar orqali chiqarilguncha bo‘lgan sathi — statik, suvni quduqdan chiqargandan keyingi paydo bo‘lgan sathni dinamik yoki quduqning ish sathi deb, quduqdan ma’lum vaqt birligida so‘rib chiqarilayotgan suv miqdorini esa quduqning suv sarfi yoki debiti deb yuritiladi. Amaliyotda yer osti suv sarfini bilish xalq xo‘jaligi obyektlarini suv bilan ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Buning uchun vertikal va gorizontal suv chiqa- rish inshootlariga oqib keladigan suv oqimi sarfini bilish lozim bo‘ladi. 2 5 3 Ma’lumki, mukammal bo‘lgan quduqlarga kelayotgan suv oqimi- ning sarfi to‘g‘ri chiziqli filtratsiya qonuniga binoan Q =F K f J teng ga. Agar depression voronkaning y, x nuqtalari o‘rnini (19.11-rasm) to‘g‘ri burchakli koordinatlar sistemasida olib, y nuqtadan ordinatlar o‘qi bo‘ylab silindr chizsak, bu silindrning kesim yuzi quduq tomonga yo‘nalgan va quduq o‘qidan x masofadagi grunt suvlari oqimining kesim yuzi F = 2 p xy bo‘ladi. Bu kesim yuzi orqali quduqqa oqib kelayotgan suv sarfi bosim gradiyenti dy dx J bo‘lganda f 2 dy dx Q xyK bo‘ladi. 19.11-rasm. Grunt quduqlardan suvni so‘rib olish jarayonida suv sarfini (debetini) aniqlash sxemasi (M.V.Sedenkodan). 2 5 4 Bu ifodada o‘zgaruvchilarni ajratib, uni I kesimdan II kesimgacha bo‘lgan oraliqda integrallansa (19.11-rasm), quyidagiga ega bo‘lamiz: 2 2 1 1 2 x y x y Q dx K x ydy , 2 1 2 2 2 1 2 ln x Q K x y y . Tenglama mukammal quduqlardan suvni so‘rib olish jarayonidagi egrilik depressiya tenglamasi bo‘lib, 1968-yil Dyupon tomonidan ama- liyotga kiritilgan (Sedenko, 1979). Tenglamada x 1 =r (quduqqa o‘rnatilgan filtr radiusi), x 2 =R (depressiya voronkasining radiusi), y 1 =h (suv o‘tkazmas qatlamdan yuqoridagi suv ustunining balandligi), y 2 =H (suv o‘tmas qatlamdan boshlab hisoblangan suvning balandligi) deb olinadigan bo‘lsa, mukammal quduqlarga oqib kelayotgan yer osti suv sarfini aniqlash formulasi hosil bo‘ladi: 2 2 ln ln H h R r Q K . Quduqdagi suv sathining S qiymatiga kamayishini (pasayishini) va H 2 - h 2 =(2H - S)S ekanligini hisobga olinadigan bo‘lsa, unda (2 ) ln ln H S S R r Q K bo‘ladi. Yuqoridagi formulani amaliyotda ishlatilishini yanada qulaylashti- rish maqsadida, undagi natural logarifmni o‘nli logarifmga keltirilib, p o‘rniga uning qiymati qo‘yilsa, formula quyidagi ko‘rinishga keladi: (2 ) ln ln 1,366 H S S R r Q . Formulada: Q — suv sarfi, m 3 /sut; H — suvli qatlam qalinligi, m; h — dinamik sath, m, taxminan 0,5—0,7H ga teng (Y. Ergashev, 1990); r — quduq radiusi, m; R — ta’sir radiusi, m; K — filtratsiya koeffitsiyenti, m/sut. Devorlaridan suv o‘tkazadigan, tubidan suv o‘tmaydigan mukam- mal bo‘lmagan inshootlar uchun yer osti suv sarfini aniqlashda quyida- gi formula qo‘llaniladi (Bogomolov, 1966): 2 2 ( ) 2 ln ln K H h t h t R r h h q , bu yerda: h — quduqdagi suvning aktiv zona chegarasining pastki qis- midan, ya’ni quduqning suv bilan ta’minlaydigan suvli gori- 2 5 5 zontning pastki qismidan boshlab hisoblangan dinamik sath balandligi, m; t — quduqdagi suv ustunining balandligi,m; q — quduqning suv sarfi, m 3 /sutka. Amaliyotda quduqlarning solishtirma yoki qiyosiy suv sarfi degan iboralar ishlatiladi. Quduqlarning solishtirma suv sarfi deganda quduqdagi suv sathining suvni nasos orqali so‘rib olish jarayonida har bir metrga pasayishidagi sarfi (q) tushuniladi va quyidagi formulalar yordamida aniqlanadi: 1. Bosimsiz suvlar uchun: (2 ) ln ln K H S R r q m 3 /sutka. 2. Bosimli suvlar uchun: 2 ln ln K m R r q m 3 /sutka. Yuqoridagi formulalarda keltirilgan depression voronkaning ta’sir radiusi (R) I. P. Kuskinning quyidagi R = 1,95Q HK formulasi yordamida yoki V. S. Ilin (1935) formulasi bilan aniqlanadi: 0 0 (2 ) 3 S H S HJ R . Bosimli suvlar uchun u quyidagi formulani taklif etgan: S J R . Bu formulalarda S, S 0 — quduqdagi suv sathlarining pasayishi (S =H-h), m; H — yer osti suv ustunining balandligi, m; K — fil- tratsiya koeffitsiyenti m/sutk; J — gidravlik nishablik. Quduq solishtirma suv sarfi miqdori (q)ning o‘zgarishga qarab, ta’sir radiusi R qiymatini taqriban aniqlasa ham bo‘ladi (19.4-jadval). 19.4-jadval Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling