Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
KON INSHOOTLARIGA YER OSTI SUVLARINING
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
20.3. KON INSHOOTLARIGA YER OSTI SUVLARINING
OQIB KELISHINI ANIQLASH USULLARI Kon maydonlariga yer osti suvlarining oqib kelish manbalarini aniqlamasdan, mavjud yer osti suvlari harakati rejimini fasllar, yillar mobaynida o‘zgarish sabablarini, oqib kirishi mumkin bo‘lgan suv miqdorini, ularning statik va dinamik zaxiralari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lmay turib, kon inshootlarini qurish, qazilma boyliklarni qazib olish ishlarini boshlash, kerak bo‘lgan chora va tadbirlarni belgilash aslo mumkin emas. Aks holda kutilmagan talafotlarga duch kelish mum- kin. Shuning uchun yuqorida ko‘rsatilgan masalalarni yechish maqsadida kon maydonida keng ko‘lamdagi gidrogeologik va injener-geologik tadqiqot ishlari olib boriladi 1 . 1 Injener-geologik va gidrogeologik tadqiqot ishlari u yoki bu xalq xo‘jaligi obyektlarini (shaharlar, gidrotexnik inshootlari, yo‘llar qurish va h.k.) qurish uchun ma’lum bosqichlarda (texnik-iqtisodiy ma’ruza, texnik loyiha va ish chizmasi) olib boriladi. Har bir bosqichda bajariladigan tekshirish ishlarining turlari (qidiruv-razvedka ishlari, tajriba, tadqiqot, dala, statsionar, laboratoriya, kameral ishlar), rejalashtirilayotgan, loyihalash- tirilayotgan, qurilishi kerak bo‘lgan obyektlarning ulkanligi, xalq xo‘jaligi uchun ahamiyatini hisobga olgan holda aniqlanadi. 2 7 0 Ular quyidagilardan iborat: 1. Kon maydoni geologik sharoitini o‘rganish. Bunda asosiy e’tibor jinslarning genetik turlariga, litologo-petrografik tuzilishiga, qalinligiga, yotish holatiga qaratiladi. 2. Tog‘ jinslari qatlamlaridagi mavjud regional, regional-chuqur yoriqlari, fleksura-zonalari, ularning yo‘nalish, yoriqlari jins bo‘laklari bilan to‘lganlik darajalari sinchiklab o‘rganiladi. 3. Tog‘ jinslarining nurash jaryoniga qanchalik uchraganlik, litoge- netik yoriqlar mavjudligiga e’tibor berilib, xaritada belgilanib chiqiladi. 4. Kon maydonidan oqib o‘tuvchi yoki unga yaqin bo‘lgan daryolar va boshqa yer usti suv manbalari, ularning kon maydoniga ta’siri, oy- lik, yillik sarfi aniqlanib chiqiladi. 5. Kon maydonining gidrogeologik sharoiti nihoyatda sinchiklab o‘rganiladi. Yer osti suvlari mavjud bo‘lgan suvli gorizontlar, ularning suv bilan ta’minlanishi, yer osti suvlarining turlari: grunt, yoriq, karst suvlariga e’tibor qaratilib, oylik, yillik rejimini aniqlash maqsadida maxsus kuzatish postlari tashkil etiladi. 6. Suvni kon maydonidan chiqarib tashlash inshootlarini (gorizon- tal va vertikal drenajlar 1 , suvni nasos orqali yer sathiga chiqarish uchun yig‘ish joylari va h.k.) qurish va ularni ishlashi ustidan nazorat o‘rnatish ishlari. 7. O‘tkazilgan tadqiqot, statsionar kuzatish ishlari (monitoring) natijalarini tahlil qilish asosida kon maydoni uchun eng ratsional bo‘lgan chora va tadbirlar, eng maqbul bo‘lgan maydonlarni tanlab olish amalga oshiriladi va bundan keyingi bajariladigan hamma ishlar ana shu usullar asosida olib boriladi. Kon maydonidagi shaxta quduqlariga yer osti suvlari suvli qatlam- larining yotish holatlariga qarab tubidan, yon devorlaridan yoki ham tubidan va yon devorlari orqali bir vaqtda oqib kelishi mumkin (20.1- a, b, d rasm). Suv quduqning tag qismidan oqib kirgan holati uchun (20.1-a rasm) suv sarfining miqdori quyidagi formula orqali aniqlanadi (Ergashev, 1990): f 2 (1 1,181 ) 2 4 K S r r R g T H Q , bu yerda: Q — suv sarfi, m 3 /sut; K f — suvli qatlamning filtratsiya koeffitsiyenti, m/sut; Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling