Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


YER OSTI SUVLARINING ZAXIRASI


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

19.5.3. YER OSTI SUVLARINING ZAXIRASI
Yer osti suvlarining xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari uchun
nihoyatda zarurligini hisobga olib, u yoki bu hududlardagi mavjud
bo‘lgan yer osti suv konlari va ularning zaxiralari hisoblab chiqiladi.
Bu shaharlarni, sanoat markazlarini ichimlik va texnik suvlari bilan
qay darajada ta’minlash mumkinligini, ekin maydonlari uchun zarur
bo‘lgan yer osti suv miqdorini oldindan bilish va rejalash ishlarini amalga
oshirishda katta amaliy ahamiyatga ega.
N. A. Axmedov va A. A. Mavlonovlar ma’lumotlariga ko‘ra (2003-y)
hozirgi kunda respublikamizda 99 ta yer osti suv konlari ochilgan bo‘lib,
ulardan 77 tasi toza ichimlik suvi hisoblanadi. Bu konlardagi umumiy
prognozli suv zaxirasi 66 mln m
3
/sut. Undan 41,6 mln m
3
/sut suvning
minerallashishi 1—5 g/l; 24,4 mln m
3
/sut suvning minerallashishi esa
1 g/l gacha. Umumiy prognoz qilingan suv zaxirasi viloyatlar bo‘yicha
quyidagicha: Farg‘ona vodiysida — 34,5%, Toshkent viloyatida — 25,7%,
Samarqand viloyatida — 18%, Surxondaryo viloyatida — 9%, Qashqa-


2 6 3
daryo viloyatida — 5,5%. Qolgan viloyatlarga — 7% yer osti suv zaxi-
rasi to‘g‘ri keladi, xolos.
Amaliyotda yer osti suvlarining zaxiralari uch guruhga bo‘linadi:
1. Tabiiy; 2. Ekspluatatsion; 3.Sun’iy suv zaxirasi.
Yer osti suvlarining tabiiy zaxirasi (Q
t
) deganda tog‘ jins qatlamlari
g‘ovak va yoriqlaridagi, ma’lum tabiiy sharoitda harakat qiluvchi, tabiiy
bo‘lmagan omillar ta’sirida o‘zgarmaydigan suv zaxirasi tushuniladi.
Yer osti suvlarining ekspluatatsion zaxirasi (Q
e
) deganda texnik-iqti-
sodiy jihatdan ratsional hisoblangan usullar yordamida suv chiqarish
inshootlari orqali iste’molchilar talablarini sifat va miqdor jihatdan butun
iste’mol qilish jarayonida qondiradigan suv miqdori tushiniladi.
Yer osti suvlarining sun’iy zaxirasi (Q
s
) maxsus inshootlarga (ma’-
lum miqdordagi yer osti suvlari mavjud bo‘lgan va yana katta miqdor-
dagi suvni yig‘ish mumkin bo‘lgan shag‘altosh, qumlardan iborat bo‘lgan
qatlamlarga) burg‘i quduqlari orqali va boshqa yo‘llar bilan yer usti
suvlari oqimini to‘sib singdirish va yer osti suvlari zaxirasini sun’iy
holatda oziqlantirish (oshirish) orqali vujudga keltiriladi.
Yer osti suvlarining tabiiy zaxirasi statik va dinamik zaxiralarga bo‘li-
nadi. Statik zaxira deganda, suvli qatlamlardagi mavjud bo‘lgan gravi-
tatsion suv hajmi tushunilib, u quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Q
st
=m•V,
bu yerda:
m — suvli qatlamning suv chiqarishi (suv beruvchanligi);
V — suvli qatlamning hajmi.
Dinamik zaxira deganda esa, ma’lum vaqt mobaynida suvli qatlam-
ning ko‘ndalang kesim yuzasidan oqib o‘tgan suv sarfi yoki suvli qatlamga
har yili u yoki bu yo‘llar bilan kelib qo‘shiladigan suv miqdori tushuni-
ladi. Amaliyotda yer osti suvlarining dinamik zaxirasini, uni vujudga
keltiruvchi omillarni hisobga oladigan qator aniqlash usullari joriy
etilgan. Quyida ulardan ba’zilari keltiriladi (M. E. Altovskiy, A. P. Ko-
roteev, 1962).
1. Atmosfera yog‘inlarini infiltratsiya qilinishini hisobga olish yo‘li
bilan:
Q
d
=10aNF,
bu yerda Q
d
— har yili atmosfera yog‘inlarini infiltratsiya qilinishi
hisobiga to‘ldirilayotgan yer osti suv zaxirasi, m
3
/yil; a — infiltratsiya
koeffitsiyenti (atmosfera yog‘inlarini shimilishga sarf bo‘lgan qismi,%);
N — atmosfera yog‘inlarining yillik miqdori, mm; F — yer osti
suvlarining oziqlanish (to‘yinish) oblasti,km
2
.
2. Yer osti suv oqimi modulini hisobga olish yo‘li bilan:
Q
d
=VF ,


2 6 4
bu yerda Q
d
— yer osti suvlarining dinamik zaxirasi, l/s;
V — yer osti suv oqimi moduli, 
2
s.km
l
;
F — yer osti suv oqimi yig‘iladigan maydon, km
2
.
3. Uchta quduqdagi yer osti suv sathlari o‘zgarishini kuzatish nati-
jalari bo‘yicha:
q
d
Wl ,
bu yerda q
d
— ma’lum en birligiga to‘g‘ri keluvchi yer osti suv oqimi-
ning dinamik zaxirasi, 
s.km
l
;
W — infiltratsiya yo‘li bilan grunt suvining oziqlanish miqdori bo‘lib,
grunt suvi harakat yo‘nalishi bo‘yicha o‘rnatilgan uchta quduqlarda olib
borilgan kuzatish natijalari asosida G. N. Kamenskiyning quyidagi
formulasini qo‘llab aniqlanadi (19.15-rasm):
2
2
2
2
1
1
2
2
1
1
2
h
h
h
h
K
l
l
l
l
W











,
bu yerda K — suvli qatlam filtratsiya koeffitsiyenti;
h — o‘rta quduqdagi grunt suvining sath chuqurligi, m;
h
2
va h
1
— grunt suvi oqimining yuqori va quyi qismiga joylashgan
quduqlardagi suv sathlarining chuqurligi, m;
l
1
va l
2
— o‘rta va qo‘shni quduqlarning oraliq masofalari, m.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, yer osti suvlarining tabiiy zaxirasi
(Q
t
) uchun quyidagi formula hosil qilinadi:
Q
t
Q
s t
Q
d
.
Ekspluatatsion zaxirasini (Q
e
) esa yer osti suvlarini sun’iy (Q
s
) zaxira-
sini hisobga olgan holda quyidagi formula orqali aniqlash mumkin:
Q
e
=K
1
Q
t
K
2
Q
s
.
19.15-rasm. Grunt suvlari miqdorini infiltratsiya yo‘li bilan oziqlanishini
aniqlash sxemasi.


2 6 5
Bu yerda: K
1
va K
2
— suv yig‘uvchi inshootlarni ishlatishda suv zaxira-
laridan foydalanish darajasini xarakterlaydigan koeffitsiyentlar (Ergashev,
1990).
Shuningdek, N. A. Plotnikov tomonidan yer osti suvlari zaxiralarini
boshqarib turish formulasi ham taklif etilgan bo‘lib, u quyidagi ko‘ri-
nishga ega:
Q
b
= m•W
p
.
Bu yerda: Q
b
— yer osti suvlarining boshqarib turiladigan zaxirasi;
m — suvli qatlamning suv beruvchanligi;
W
p
— yer osti suvlari zaxiralarining yuqori va pastki holatlari
orasidagi farqni xarakterlovchi suvli qatlam hajmi.

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling