Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Takrorlash va tekshirish uchun savollar


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Takrorlash va tekshirish uchun savollar
1. Yer osti suvlari dinamikasi deganda siz nimani tushunasiz?
2. Yer osti suvlarining harakat turlari to‘g‘risida gapirib bering.
3. Darsi qonunini xarakterlovchi tenglamani yozib ko‘rsating va izohlab bering.
4. Yer osti suvlari harakat yo‘nalishi va tezligini aniqlashda qanday usullar
qo‘llaniladi?
5. Suv chiqarish inshootlari to‘g‘risida gapirib bering va chizib ko‘rsating.
6. Mukammal va mukammal bo‘lmagan quduqlar bir-birlaridan qanday
holatlari bo‘yicha farq qiladi?
7. Yer osti suvlari sarflarini aniqlash yo‘llari to‘g‘risida gapirib bering, suv
sarflarini aniqlash formulalarini yozib ko‘rsating.
8. Yer osti suvlarining balansi deganda nimani tushunasiz? Yer osti suvlari
balansini vujudga keltiruvchi asosiy omillar qaysilar?
9. Yer osti suvlari rejimi to‘g‘risida sizning tushunchangiz. Yer osti suvlari
rejimiga ta’sir etuvchi omillar to‘g‘risida gapirib bering.
10. Yer osti suvlarining zaxirasi qanday vujudga keladi? Ular qanday guruhlarga
bo‘linadi? Har bir guruh to‘g‘risida gapirib bering.
11. Yer osti suvlarining tabiiy va ekspluatatsion zaxiralarini aniqlash va bosh-
qarib turish formulalarini yozing. Ular to‘g‘risida sizning tushunchangiz.
20-BOB
FOYDALI QAZILMA KONLARINI SUV
BOSISH SHAROITLARI VA ULARNI SUV
BOSISHDAN SAQLASH
Ma’lumki, qazilma konlarini qidirib topish, kon inshootlarini (shax-
talar, karyerlar, burg‘i quduqlari va b.) barpo etish, ekspluatatsiya qilish
jarayonida yer osti suvlari qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Ba’zan
qurilayotgan va qazilayotgan shaxtalarni, karyerlarni to‘satdan paydo


2 6 6
bo‘lgan yer osti suv oqimi bosadi, jins bo‘laklari bilan qoplanishiga
sababchi bo‘ladi. Natijada kon inshootlarida ishlayotgan injener-texnik
xodimlarning ishlash sharoiti qiyinlashsa, ish unumdorligi pasayadi, katta
miqdordagi rejaga kiritilmagan mablag‘ sarflanishiga olib keladi. Shuning
uchun har qanday qazilma konlarini loyihalashda va qurishda eng avvalo
quyidagilarga e’tibor beriladi:
1. Kon maydonining gidrogeologik sharoitini mukammal o‘rganish,
yer osti suv gorizontlarini, chuqurligini, qalinligini aniqlash.
2. Kon inshootlarini qurish mumkinligini gidrogeologik nuqtayi
nazardan isbotlash.
3. Yer osti suv oqimidan saqlanish yo‘llarini ishlab chiqish.
4. Kerak bo‘lgan gorizontal va vertikal suv chiqarish-drenaj insho-
otlarini turi va hajmini aniqlash.
5. Yer osti suvlarining kimyoviy tarkibi, betonga nisbatan yemiruv-
chanlik, odamlarning salomatligiga ko‘rsatadigan ta’sir darajalarini
aniqlash.
6. Yer osti suvlari oqimi, rejimi vujudga kelishida yer usti suv
manbalarining (daryo, ko‘l, suv omborlari va b.) ta’sir etish yoki ta’sir
etmaslik darajalarini o‘rganish.
7. Olib borilgan tadqiqot ishlari asosida yer osti suvlari oqimidan
qutulishning ratsional usullarini ishlab chiqish va b.
Yuqoridagi sanab o‘tilgan ishlar gidrogeologiya fanining tarmoqla-
ridan biri bo‘lgan «Rudali konlar gidrogeologiyasi»ning eng asosiy
vazifalari bo‘lib hisoblanadi.
Qazilma kon qurilishlari ochiq va yopiq ko‘rinishida bo‘ladi. Ochiq
konlar asosan karyerlar holatida, yopiq konlar shaxtalar holatida quriladi.
Shuningdek, yer osti suv, neft va gaz konlarini ishlatish burg‘i quduqlari
va ular majmuasiga kiruvchi boshqa qo‘shimcha qurilmalar yordamida
amalga oshiriladi.

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling