Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


 YER OSTI SUVLARINI KIMYOVIY


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

21.2. YER OSTI SUVLARINI KIMYOVIY
TAHLIL QILISH
Yer osti suvlarining kimyoviy tarkibini aniqlash dala va statsionar-
laboratoriya sharoitlarida amalga oshiriladi. Buning uchun maxsus usullar
va uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqilgan (A. A. Reznikov, E. P. Mulikova,
1962 va b.).
Dala sharoitida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yer osti suvlarini nitrit (
2
NO

), nitrat
(
3
NO

), ammoniy (
4
NH

), gidrokarbonat (
3
HCO

), xlor (Cl
-
), sulfat
(
2
4
SO

), kalsiy (Ca
2
+
), magniy (Mg
2
+
), natriy (Na
+
), kaliy (K
+
) ionlari,
temir oksidlari (Fe
2
+
, Fe
3
+
), vodorod sulpfid (H
2
S), vodorod ionlarining
konsentratsiyasi (pH), erkin karbonat kislotasi, qattiqligi, qattiq qoldiq
va boshqalar aniqlanadi.
Qattiq qoldiq deganda, yer osti suvlari namunasini chinni kosacha-
da olov ostida bug‘latilgandan keyingi qolgan mineral moddalarning
umumiy miqdori tushunilib, mg/l yoki g/l da ifodalanadi. Qolgan qattiq
qoldiqni 
+105—110°C da yana qizdirilsa, uning tarkibidagi ba’zi bir
organik birikmalar butunlay kuyib yo‘q bo‘lib ketish jarayoni sodir bo‘ladi
va qattiq qoldiq qandaydir milligrammga yoki protsentga kamayadi. Ana
shundan keyingi qolgan qattiq qoldiq qismi quruq qoldiq deb ataladi.
Ifloslanmagan va kam ifloslangan suvlarda qattiq qoldiq bilan quruq
qoldiq miqdori orasidagi farq 3—5 % dan oshmaydi. Bu farq yer osti
suvlari tahlili natijalari ro‘yxatida «qizdirish natijasidagi yo‘qotish» deb
ko‘rsatiladi.
Tahlil uchun olinadigan suv namunalari buloqlardan chuqur bo‘lma-
gan shurflardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, chuqur burg‘i quduqlaridan maxsus
suv namunalarini olish asboblari yordamida (21.1-rasm) olinib, yax-
shilab yuvib tozalangan shisha yoki plastmassa idishlarga solinib, sur-
guch yoki parafinlab berkitiladi. Namuna olingan idishga yer osti suvi
tarkibini o‘rganuvchi tashkilot nomi, olingan suv manbayi (buloq, shurf,
burg‘i qudug‘i va b.), olingan joyi, chuqurligi, vaqti, tahlil qilish turi,
namuna oluvchi mutaxassisining ism, familiyasi maxsus tayyorlangan
yorliqqa yozilib, yopishtirilib qo‘yiladi. Namuna miqdori tahlil turlariga
qarab turlicha bo‘lishi mumkin (21.1-jadval).
To‘liq qisqartirilgan va tahlil qilish jarayonida yer osti suvlarining
fizik xususiyatlari, pH, Cl
-

2
4
SO


3
NO


3
HCO


2
2
CO

,Na
+
, K
+
, Ca
2
+
,
Mg
2
+
, Fe
2
+
, Au
3
+

4
NH


3
NO

erkin CO
2
, SiO
3
, oksidlanishi, quruq
qoldiq miqdori, umumiy qattiqligi va boshqa xususiyatlari statsionar
laboratoriyalarda aniqlanadi. To‘liq tahlilni qisqartirilgan tahlildan farqi
shundan iboratki, birinchidan to‘liq tahlil jarayonida eng yuqori aniqlik-
dagi usullar qo‘llaniladi, ikkinchidan, ayrim namunalargina o‘rganiladi,
uchinchidan, dala sharoitida olingan tahlil natijalari tekshirib ko‘riladi
va to‘ldiriladi.


2 8 1
Dala sharoitida suvlarni tahlil qilish maxsus dala laboratoriyalarida
sodda usullar yordamida amalga oshiriladi. Bunda tahlil katta miqdordagi
namunalar ustida olib borilib, aniqlik darajalari bilan statsionar laborato-
riya natijalaridan farq qilishi ham mumkin. Shuningdek, Ca
2
+
va Mg
2
+
dan biri, Na
+ K umumiy miqdori aniqlanishi mumkin.
21.1-jadval

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling