Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


 SHAXTA VA KARYERLARNI SUV BOSISHDAN SAQLASH


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

20.4. SHAXTA VA KARYERLARNI SUV BOSISHDAN SAQLASH
UCHUN KO‘RILADIGAN CHORA VA TADBIRLAR
Qattiq qazilma boyliklarni qazib olish ularning turlariga, yotish hola-
tiga, tarqalish chuqurligiga, zaxiralarining ko‘p-ozligiga hamda qazilma
boyliklar tarqalgan maydonning geologik, geologo-tektonik, gidrogeo-
logik, geomorfologik holatiga, tog‘ jinslarining fizik, fizik-mexanik, suvli
xossa va xususiyatlariga qarab, yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, ochiq
— karyerlar yoki yopiq — shaxtalar qurish usulida amalga oshiriladi.
Hozirgi vaqtda karyerlarni yer yuzasiga nisbatan bo‘lgan chuqurligi 400—
500 m dan ham oshib ketganligi ma’lum. Karyerlarni yer yuzasiga
nisbatan chuqurligi oshib borishi bilan ularni suv bosishi asosan ikki
sababga ko‘ra yuz berishi mumkin. 
Birinchi sabab — karyerga yerning
ustki qismidan atmosfera yog‘in suvlari hamda yer usti suv manbalari-
dan (daryo, suv ombori, kanallar va b.) suvni oqib kirishi. 
Ikkinchi
sabab — karyerni qazish jarayonida yer osti suv gorizontlarining birin-
ketin ochilishi va ma’lum sarfga ega bo‘lgan suv oqimini karyer
maydoniga oqib kirishi. Karyer maydonini atmosfera yog‘inlari va yer
usti suv manbalaridan vujudga kelishi mumkin bo‘lgan suv oqimidan
saqlash uchun ko‘riladigan chora va tadbirlar quyidagilardan iborat:
1. Karyerdan tashqarida 25—30 metr masofada ma’lum yo‘nalishda
ariqlar qazilib, atmosfera yog‘ini natijasida hosil bo‘lgan suv oqimini
karyerdan tashqariga oqizib yuborish.
2. Karyer maydoni yaqinidan oqib o‘tadigan daryo suvi rejimi ustidan
doimo nazorat o‘rnatish. Daryo suvi toshib, karyerga kirmaslik chora-
larini ko‘rish. Kerak bo‘lsa, daryo suv oqimi yo‘nalishini o‘zgartirish.
3. Daryo bilan karyer oralig‘idagi tog‘ jinslarining filtratsiya koeffitsi-
yenti aniqlash. Tog‘ jins qatlamlarida karst bo‘shliqlari, tektonik yoriqlar-


2 7 5
ni mavjud yoki mavjud emasligini o‘rganish. Agar mavjud bo‘lsa, karyer
bilan daryo suv oqimi oralig‘ida ma’lum yo‘nalishdagi va miqdordagi
burg‘i quduqlari qazish va ana shu quduqlar orqali maxsus kimyoviy
aralashmalarni ma’lum bosim ostida yoriqlarga yuborish, suv o‘tkazmas
parda hosil qilish, shu bilan daryo suvini karyerga sizib o‘tish holatlariga
barham berish.
Ikkinchi sabab bo‘yicha, ya’ni yer osti suvlari ta’siridan karyer
maydonini suv bosishdan saqlash va olib borilayotgan qazish ishlarini
tezlashtirish uchun bajariladigan ishlar:
1. Yer osti suv gorizontlarini, ularni qalinligini, sonini, harakat
yo‘nalishini aniqlash. Oylik, ko‘p yillik rejimini o‘rganish.
2. Agar karyerga oqib kelayotgan suv oqimining miqdori soatiga 200—
300m
3
dan ko‘p bo‘lsa, karyerdan tashqarida, yer osti suv qatlamlari
qalinligiga to‘g‘ri keluvchi burg‘i quduqlari qazib tushish va ular orqali
soatiga 50—170 m
3
suvni so‘rib chiqaradigan maxsus nasoslar o‘rnatish
yordamida yer osti suvlarini yer sathiga so‘rib chiqarish, hosil bo‘lgan
suv oqimini karyerdan tashqariga, quvurlar yoki ariqlar orqali oqizib
yuborish.
3. Karyerda u yoki bu sabablarga ko‘ra yig‘ilgan suvni doimiy ravishda
nasoslar orqali, karyerdan tashqariga chiqazib turish ishlarini tashkil etish.
Qazilma boyliklarni yopiq yoki yer osti usulida, ya’ni shaxtalar
yordamida qazib olish karyerlar orqali qazib olishga nisbatan nihoyat-
da og‘ir va qiyin jarayon hisoblanadi. Shaxtalarni suv bosish holati ham
asosan, yuqorida ko‘rsatilgan ikki sababga ko‘ra yuz berishi mumkin.
Shuning uchun bajariladigan ishlar va ko‘riladigan chora va tadbirlar
ham bir-biriga juda o‘xshash. Shaxtalarni suv bosishdan saqlash, qazish
ishlarini tezlashtirish uchun kon maydonining
gidrogeologik, geologik sharoitini hisobga olgan
holda qo‘shimcha quyidagi chora va tadbirlar
amalga oshiriladi:
1. Qazilayotgan shaxtalarga parallel, ma’lum
qiyalikdagi qo‘shimcha suv chiqarish, shtolnya-
lar qurish va yer osti suv oqimini shaxta mayo-
nidan yer yuzasiga chiqarib yuborish.
2. Shaxta devoriga yaqin bo‘lgan yer osti suv
gorizontlariga diametri 1,5—2 dyuymli, ko‘z-
larining kattaligi 2—5 mm bo‘lgan qoziqsimon
temir filtrlar o‘rnatish (20.5-rasm). Filtrlarning
bir-birlaridan oraliq masofasi 10—25 m dan
50—70 m gacha borishi mumkin. Suv filtr qu-
duqlardan nasoslar orqali so‘rib olinib, shaxta
maydonidan suv chiqarib tashlash qurilmalari
orqali yer betiga chiqarib tashlanadi (20.6, 20.7-
rasm).
20.5-rasm. Qoziqismon
filtrlarning ko‘rinishi.


2 7 6
20.6-rasm. Yer osti suvini chiqarib tashlash qurilmasining ko‘rinishi
1 — suv oqizish zovurlari; 2 — suvni so‘rib chiqarish uchun o‘rnatilgan filtr quduqlar.
20.7-rasm. Shaxtalarni suvsizlantirish maqsadida
ularga filtr va burg‘i quduqlarini o‘rnatish
sxemasi
a — filtrlar: 1, 3 — qoziqsimon; 2havo bosimi
yordamida jins qatlamidagi suvni qoziqsimon filtrga
o‘tishini tezlashtirish uchun o‘rnatilgan burg‘i qudu-
g‘i; 4 — salnik; 5 — filtr atrofiga solingan shag‘al-
toshlar sepmasi; 6 — burg‘i qudug‘iga havo beruvchi
naycha.
b — Yer sathidan shaxtagacha bo‘lgan oraliqdagi suvli
qatlamlardagi suvni yig‘ish va yer sathiga nasoslar orqali
chiqarish uchun qazilgan burg‘i qudug‘i va filtr: 1
— suvli qatlamlar; 6 — suvni filtrga tozalanib o‘tishini
ta’minlash uchun solingan shag‘al sepmasi; 7
shaxtaga oqib kelayotgan suvni yig‘uvchi qurilma; 
yig‘ilgan suvni yer yuzasiga nasoslar orqali chiqarib
tashlovchi bukuluvchan quvur.
a
b


2 7 7
3. Ba’zi holatlarda qazilayotgan shaxta devorlariga burg‘i qurilma-
lari orqali harorati 35°C bo‘lgan xlorli kalsiy eritmasi yuborilib, sizib
o‘tayotgan suv oqimini yaxlatish yo‘li bilan ham shaxtalarni qazib o‘tish
jarayoni amalga oshiriladi. Shuningdek, shaxtalarga, karyerlarga tog‘
jinslari g‘ovaklari, yoriqlari orqali suvni sizib kirishidan saqlash maqsa-
dida ularning kimyoviy yo‘llar bilan suv o‘tkazuvchanligini kamaytirish,
sementlash, bitumlash va boshqa usullar ham qo‘lllaniladi.

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling