Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
YER OSTI SUVLARINING BALANSI
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
19.5. YER OSTI SUVLARINING BALANSI,
REJIMI VA ZAXIRASI 19.5.1. YER OSTI SUVLARINING BALANSI Yer osti suvlarining balansi deganda, ma’lum vaqt davomida u yoki bu hududdagi yer osti suv qatlamlariga tabiiy va texnogen omillar ta’siri ostida ma’lum miqdordagi suvning oqib kirishi va sarflanish qonuniyatlari tushuniladi. Yer osti suv balansining kirish qismini vujudga keltiradigan eng asosiy omillar quyidagilardan iborat: 1. Yer osti suv balansi o‘rganilayotgan maydonga tushadigan atmos- fera yog‘inlarining suvli qatlamlarga singishi — A. 2. Suv bug‘larining kondensatsiyalanish, ya’ni quyuqlashishi nati- jasida hosil bo‘ladigan suvlarning suvli qatlamlarga qo‘shilishi — K. 3. Yer osti suv oqimi — P. Bu oqim o‘z navbatida quyidagilardan tashkil topadi: P 1 — yon tomondan oqib kirayotgan suv oqimi; P 2 — yer usti suv havzalaridan (daryo, ko‘l, suv omborlari, kanallar va b.) sizib o‘tayotgan suv oqimi; P 3 — pastki suv gorizontlaridan ko‘tarila- yotgan suv oqimi. Yer osti suvlari balansining sarflanish qismini tashkil qiluvchi omillar: 1. Yer osti suvlarining yer sathi tomon ko‘tarilishi jarayonda yuz beradigan hamda o‘simliklar barglari orqali bo‘ladigan bug‘lanish oqibatida sodir bo‘ladigan sarf — U. 2. Yer osti suv oqimini ma’lum yo‘nalishda harakat qilishi C jarayonida yer yuzasiga oqib chiqishi, yer usti suv manbalariga qo‘shi- layotgan suv sarfi — C 1. 3. Pastki chuqur suv gorizontlariga (qatlamlariga) sizib kirishi, oqib o‘tishi jarayonida sodir bo‘ladigan suv sarfi — C 2 . Yuqoridagilarni hisobga olib, umumiy yer osti (grunt) suv oqimi balansi tenglamasini quyidagicha yozish mumkin (Ergashev, 1990): D W = A + K + P 1 + P 2 + P 3 - U + C 1 + C 2 . Amaliyotda yer osti suvlari oqim balansini o‘rganish ma’lum balans maydonlarida olib boriladi. Bunday holatlarda tenglama quyidagicha ifodalanadi: m D h = A + K + P - U + C . Tenglamlarda: DW — vaqt (kun, oy, yillar) mobaynida yer osti suv- lari zaxirasining o‘zgarib borishi; Dh-t vaqt davomida suv sathining o‘rtacha o‘zgarishi; m — tog‘ jinslarining suv chiqarish koeffitsiyenti ( Dh manfiy qiymatga ega bo‘lganda) va suvga to‘yinish tanqisligi (Dh musbat qiymatga ega bo‘lganda). Yer osti suvlarining sathi ko‘tarilganda mDh ning qiymati musbat, pasayganda manfiy bo‘ladi. 17—M.Sh. Shermatov 2 5 8 M. M. Krilov (1947) O‘zbekistonning sug‘oriladigan maydonlarida- gi yer osti suvlarini har tomonlama o‘rganib, respublikamizning sug‘ori- ladigan yerlari uchun quyidagi balans tenglamasini taklif etgan: 1 2 n k b f f f Q Q W W H xf K U , bu yerda: m — gruntlarning suv berish qobiliyati; DH — yer osti grunt suvlari sathining o‘zgarishi, m; x f — havo yog‘inining bir qismini grunt suvlari sathiga borib qo‘shilishi, m; f n — ekin maydonlariga sug‘orish uchun berilgan suv bir qis- mining yer osti suv sathiga sizib o‘tishi, m 3 ; f k — yer usti suv manbalaridan ma’lum qism suvning yer osti grunt suvlariga sizib o‘tib qo‘shilishi, m 3 ; f b — yer osti suvlarining buloqlar holatida sarflanishi, m 3 ; W — sug‘orilayotgan massivning maydoni, m 2 ; Q 1 — maydonga oqib kelayotgan grunt suv oqimi, m 3 ; Q 2 — maydondan oqib chiqib ketayotgan grunt suv oqimi, m 3 ; K — grunt suvlarining kondensatsiya yo‘li bilan oziqlanishi, m; U — suvlarning bug‘lanishi (transpiratsiya va b.), m. Tenglamalardagi yer osti suvlari balansining «kirish» va «sarflanish» qismlari oylar, fasllar, yillar mobaynida, ba’zan to‘satdan vujudga keluvchi tabiiy (atmosfera yog‘inining ko‘p oz bo‘lishi, kuchli yer qimir- lashlar jarayonida yerning ostki va ustki qismlarida yoriqlar paydo bo‘lishi va b.) va tabiiy bo‘lmagan (insonlarning injener va xo‘jalik faoliyatlari) omillar ta’sirida doimo o‘zgarib turadi. Balansning «kirish» qismi oshib ketsa, zaxlash, sho‘rlanish, surilish jarayonlarining rivojlanishiga olib keladi. Aksincha, «sarflanish» qismining oshib ketishi yer osti suv sath- larining pasayib ketishiga, suv usti qatlamlarining deformatsiyalanishiga, natijada qator ikkilamchi jarayon va hodisalarning vujudga kelishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling