Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


CHO‘KISH HODISASIGA QARSHI KURASH


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

7.4.5. CHO‘KISH HODISASIGA QARSHI KURASH
CHORA VA TADBIRLARI
Cho‘kuvchan lyoss jinslari tarqalgan hududlarda qurilishi kerak
bo‘lgan imorat va inshootlarning xiliga e’tibor bergan holda, qurilish
boshlanguncha bo‘lgan davr ichida quyidagi choralarning u yoki bu
turi qo‘llaniladi.
1. Cho‘kuvchan jins qatlamlarida kotlovanlar qazilib, ularga suv
to‘ldirilib, ana shu jinslarni o‘z og‘irliklari ostida cho‘ktirilib, cho‘kuv-
chanligi kamaytiriladi, yo‘qotiladi.
2. Cho‘kuvchi jins tarqalgan uchastkalarda ma’lum balandlikdan katta
og‘irlikdagi yukni, maxsus mashinalar yordamida qayta-qayta zarba bilan
urish, zichlash (trambovkalash) yo‘li bilan cho‘kuvchi jinslarning
g‘ovakligi kamaytirilib, zichligi, hajm og‘irligi oshiriladi.
3. Lyoss jinslarining cho‘kuvchanligini termik yo‘l bilan kamayti-
rish, ya’ni parma quduqlari yordamida cho‘kuvchi jins qatlamlariga
ma’lum bosim ostida issiqligi 400—800

ga yetadigan issiq havoni
yuborish yoki parma qudug‘i ichida har xil yonilg‘ilarni 0,15—0,5 atm
bosim ostida yoqilib (Litvinov usuli), issiq havoning jins g‘ovaklari bo‘y-
lab tarqalishini ta’minlash. Birinchi va ikkinchi hollarda ham jins tarkibi-
dagi suvlarning bug‘lanib, uning tarkibi, fizik-mexanik xossalarining
o‘zgarishi yuz beradi. Cho‘kuvchan jins o‘z cho‘kuvchanlik xususiyatini
yo‘qotadi.
4. Shisha suyuqligiga 2,5 protsentli NaCl eritmasini quyib (V.V.As-
kolonov usuli) cho‘kuvchan jins g‘ovaklariga siqib kirgazish usuli. Bu
usulning foydali tomoni shundaki, suyuq shisha qo‘shilgan NaCl eritmasi


1 2 4
jins tarkibidagi MgSO
4
, CaSO
4
tuzlarning eruvchanligini oshiradi va
tez cho‘kmaga tushishiga sabab bo‘ladi. Natijada jinsni tashkil qilib
turgan mineral zarrachalarning zichlashish jarayoni vujudga keladi;
ikkinchidan bo‘sh g‘ovaklar hosil bo‘lgan kremniy kislotasi quyqumi
bilan to‘ladi. Bu quyqum 30 sutkadan keyin mineral zarrachalarning
bir-birilari bilan mustahkam birikishiga, shu bilan jinsni cho‘kmaydigan,
ko‘pchimaydigan, suvda yemirilmaydigan holga kelishiga sabab bo‘ladi.
5. Cho‘kuvchi jins g‘ovaklarini parafin-mazut-bitum aralashmasi bilan
to‘ldirish usuli (K. I. Dobrovolskiy usuli). Parafin-mazut-bitum aralash-
masi, bir qism 3 markali bitumga 2—3 qism mazut va 3—5 protsent
parafin qo‘shib tayyorlanadi. Bu aralashmani ma’lum asboblar yordamida
jins g‘ovaklariga yuboriladi.
6. Agar cho‘kuvchi jinsning qatlamlari ostida kam g‘ovakli (P=30—
35 %) zichligi katta (
r = 2—2,10 va bundan oshiq) cho‘kmaydigan tog‘
jinslari (shox, gil, qumtosh va b.) yotgan bo‘lsa, lyoss jinsi qatlamlari
osha, ana shu zich jinslar ustiga yetadigan yirik qoziqlar (svay) shaxmat
shaklida o‘rnatiladi. Imoratlar shu qoziqlar ustida paydo etilgan mikro-
maydon ustiga quriladi. Bunda imoratning og‘irligi lyoss qatlamlariga
emas, cho‘kmaydigan jinslarga tushadi.

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling