Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


CHO‘KISH HODISASINING OQIBATLARI


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

7.4.3. CHO‘KISH HODISASINING OQIBATLARI
Cho‘kish hodisasi xalq xo‘jaligida juda katta qiynchiliklarni vujudga
keltiradi. Kanallarning buzilib ishdan chiqishiga, uylarning, inshoot-
larning vayron bo‘lishiga, ekin maydonlarining o‘nqir-cho‘nqirliklarga,
baland-pastliklarga aylanishiga, to‘g‘onlarning, kanalizatsiya, suv eltuvchi
quvurlarning buzilishiga sababchi bo‘ladi.
1928-yilda Germaniyaning Altenburg shahrida 3 qavatli g‘ishtdan
qurilgan imorat vodoprovod trubasining yorilib ketishi va lyoss jinslari
qatlamlarining namlanishi natijasida 3 soat davomida 30 sm cho‘kkan.
Natijada imorat bo‘lak-bo‘laklarga ajralgan va qulagan.
Cho‘kish hodisasi va u bilan bog‘liq bo‘lgan imoratlarning buzili-
shi, yoriqlar paydo bo‘lishi respublikamizning yirik shaharlarida
(Toshkent, Samarqand, Chirchiq va b.), Mirzacho‘l, Qarshi, Farg‘ona
vodiysining lyoss jinslari tarqalgan hududlarida o‘z rivojini topgan.
Jumladan, «Toshkent Tadqiqot» (Tash GIITI) institutining ma’lumotiga
ko‘ra 1967—2000-yillar mobaynida faqat Toshkent shahridagi 100 ga
yaqin imoratlarning zamini hisoblangan lyoss jinslarining turli sabablarga
ko‘ra (suv, kanalizatsiya quvurlarining buzilishi, imoratlar atrofini rejasiz
sug‘orish, suv bostirish, tabiiy yer osti suvlari yo‘nalishlariga putur
yetkazilishi va h.k.) qo‘shimcha namlanishi oqibatida cho‘kish jarayoni
yuz bergan, natijada imoratlar devorlarida yoriqlar paydo bo‘lgan, poy-
devorlari cho‘kkan, ba’zan buzilish holatlari kuzatilgan.
7.4.4. CHO‘KISH HODISASINI O‘RGANISH
Hozirgi vaqtda cho‘kuvchi lyoss jinslari tarqalgan hududlarda tek-
shirish ishlari o‘tkazmasdan, cho‘kuvchanlik darajasining sabablarini
aniqlamasdan va kerakli chora, tadbirlar belgilamasdan turib, imorat
yoki inshootning birorta turini qurish qat’iyan man etilgan. Shuning
uchun bunday hududlarda eng avvalo injener-geologik tekshiruv ishlari
olib boriladi. Bu ishlar asosan quyidagilardan iborat:
1. Imorat, inshootning u yoki bu turi quriladigan hududda ilgarigi
mavjud geologik, gidrogeologik, geomorfologik, tektonik, seysmik,


1 2 1
injener-geologik va boshqa mavjud materiallarni yig‘ish bilan ana shu
hudud haqida qisqacha bo‘lsa-da ma’lumotga ega bo‘lish.
2. Dala injener-geologik ishlari o‘tkazish. Dala injener-geologik
tekshiruv ishlari vaqtida asosiy e’tibor rayonning geologik, geomorfo-
logik, tektonik, gidrogeologik, gidrologik holatini, tabiiy sharoitini
o‘rganishga, lyoss jinslarining qalinligini, namligini, hajm og‘irligini,
cho‘kuvchanligini o‘rganishga qaratiladi. Laboratoriyada lyoss jinslari-
ning tarkibini va boshqa fizik-mexanik xossalarini aniqlash uchun
monolitlar, namunalar olinadi.
Dalada lyoss jinslarining cho‘kuvchanligi quyidagicha aniqlanadi:
a) kotlovanlar qazish va ularni suv bilan to‘ldirish, lyoss jinslarining
namligini orttirish, o‘z og‘irliklari ostida cho‘ktirib, cho‘kish tezligining
vaqt birligida o‘zgarib borishini kuzatish yo‘li bilan. Bu kuzatish ishlari
cho‘kish xarakteriga qarab bir necha oy, hatto yillab cho‘zilishi mumkin.
Lyoss qatlamining qancha cho‘kkanligini avval o‘rnatib qo‘yilgan qo‘z-
g‘almas reperlardan olinadi;
b) dala sharoitida shurflar qazilib, ma’lum og‘irlik va yuzaga (50,
70½70, 100½100 sm) ega bo‘lgan sement va qum aralashmasidan yasal-
gan maxsus shtampalar o‘rnatiladi. Shtampalarning ustiga har xil og‘ir-
liklarda toshlarni birin-ketin qo‘yib borish usuli bilan ham cho‘kuv-
chan jinslarning cho‘kuvchanligi aniqlanadi. Bunda avvalgi cho‘kish
tabiiy namlikda, so‘ngra maxsus qurilmalar yordamida suv yuborilib,
suv ta’siridan keyingi cho‘kish darajasi kuzatiladi. Cho‘kish jarayoni
tugagandan keyin cho‘kuvchi qatlamning qancha (Mpr) cho‘kkanligi
quyidagi formulalar yordamida hisoblanadi:

1.1
pr
D
M

,
bu yerda:
l — cho‘kuvchan qatlamning shtampi bilan birga cho‘kishi,
mm da;
D — kvadrat shtampaning tomoni, mm da.
Olingan natija quyidagi formula bilan tekshirib ko‘riladi:
 


0
1
1
1
pr
1000
mm / m
M
,
bu yerda:
P
0
— cho‘kuvchi jinslarning cho‘ktirilguncha bo‘lgan tabiiy
g‘ovakligi.
P

— cho‘ktirilgandan keyingi g‘ovakligi.
d) cho‘kuvchi jins qatlamlaridan dala sharoitida ma’lum kattalikda
(10½15, 10½20, 15½25 sm) olingan monolitlarni laboratoriyaga olib
kelinib, ehtiyotlik bilan, tabiiy namligiga, strukturasiga putur yetkazmas-
dan maxsus silindrlarda namunalar qirqilib olinadi. Bu silindrga olingan
namunalar kompression asbob yordamida tabiiy holatiga modellashtiril-
gan holda, tabiiy bosim ostida, ya’ni ustida yotgan qatlamining hamda


1 2 2
7.3-rasm. Parkent tumani va yondosh hududlarda tarqalgan lyoss va lyossimon
jinslarning cho‘kuvchanlik xaritasi.
— cho ‘kuvchanligi 1 m dan o shiq bo ‘lgan o‘ rtacha cho‘kuvchan lyo ss jins lar;
— cho‘kuvchanligi 0,5 dan 1,0 metrgacha bo‘lgan o‘rtacha cho‘kuvchan lyoss jinslar;
3 — cho‘kuvchanligi 0,25 dan 0,5 metrgacha bo‘lgan o‘rtacha cho‘kuvchan lyoss jinslar;
— cho‘kuvchanligi 0,15 m dan oshmaydigan juda kam cho‘kuvchan lyossimon jinslar;
— cho‘kuvchanlik jarayon sodir bo‘lishi tugagan lyossli hududlar; — cho‘kmaydigan
ona jinslar tarqalgan hududlar; — shag‘al toshlar, xarsangtoshlar, qumlar.
(plus) shu qatlam g‘ovaklaridagi suvning og‘irligiga teng bo‘lgan og‘rilik-
da cho‘ktiriladi. Natijada cho‘kuvchi jinsning cho‘kuvchanlik koeffitsi-
yenti (
d), siqiluvchanlik moduli (M) va boshqa qator xossalari aniqlanadi:
1



h h
h
,
bu yerda: h — silindrga olingan namunaning tabiiy bosim ostidagi tabiiy
namligi holatidagi balandligi, mm.
h
1
— silindrdagi namunaning tabiiy bosim ostida namlan-
gandan (suv ta’sir etgandan) keyingi balandligi, mm.


1 2 3
0
0
1
1000
p
M






mm/m,
bu yerda: M — siqiluvchanlik moduli, mm/m;
e
0
— namunaning tabiiy g‘ovaklik koeffitsiyenti;
e
p
— namunaning tabiiy bosim ostida namlanib cho‘ktiril-
gandan keyingi g‘ovaklik koeffitsiyenti.
Bundan tashqari cho‘kuvchi lyoss jinslarining cho‘kuvchanlik dara-
jalari to‘g‘risida, shu jinslarning hajm og‘irligiga, namligiga, g‘ovakligiga,
hamda jins tarkibidagi kolloid dispers (gil) minerallarning turiga, suvda
eruvchan tuzlarning miqdoriga qarab ham mulohaza yuritish mumkin.
Chunki lyoss jinslar qanchalik serg‘ovak, hajm og‘irliklari kichik, namligi
kam bo‘lsa, ular shunchalik cho‘kuvchan bo‘ladi va aksincha.
Dala va laboratoriyada lyoss jinslari tarqalgan hududlarning cho‘kuv-
chanlik darajalari aniqlangach, ana shu hududlar uchun cho‘kuvchan-
lik darajalarini ko‘rsatib turuvchi xaritalar (7.3-rasm) tuziladi va qurilish
tashkilotlariga qo‘llanish uchun topshiriladi.

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling