Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Birinchi zonaga ko‘pincha baland tog‘ rayonlaridan tortib, to tog‘
oldi rayonlarini o‘z ichiga olgan hududlar kiradi. Sel hodisasini vujud-
ga keltiruvchi suv o‘zining dastlabki qatralarini huddi shu zonadan
yig‘adi. Suv bilan birga harakatga keluvchi, sel massasining asosiy qismini
tashkil qiluvchi tog‘ jinslari ham huddi shu zonadan boshlab harakatga
keladi. Sel oqimiga kiruvchi tog‘ jinslari hali uncha maydalanmagan,
qirrali, katta-katta bo‘laklardan, xarsang toshlardan tashkil topgan
bo‘ladi. Mayda va loyqa zarrachalari uncha ko‘p bo‘lmaydi.
Ikkinchi zona — tranzit zona deb atalib, bu zonaga yagona sel oqimi
vujudga kelgan asosiy daryo o‘zani atrofidagi hududlar kiradi. Yagona
sel oqimi birinchi zonadan boshlanadigan kichik-kichik irmoq sel
oqimlarining bir-birlariga qo‘shilishida paydo bo‘ladi. Shuning uchun
sel oqimi bu zonada katta kuchga ega bo‘lib, birinchi zonadan oqizilib
kelinayotgan tog‘ jinsi bo‘laklarini asosan qoldirmasdan olib o‘tib ketadi.
Katta-katta tosh bo‘laklari xuddi shu zonada bir-birlari bilan urilishi
natijasida maydalanadi, qirralari silliqlanadi. Sel massasi loyqa, qum-
tosh, qum jinslar bilan boyiydi, uning hajmi, og‘irligi ortadi. Shuning
uchun fanda birinchi zonadagi sel massasini suv va toshlardan tashkil
topgan sel oqimi deyilsa, ikkinchi zonadagi sel massasini suv
+tosh+
loyqalardan tashkil topgan sel oqimi deb ataladi.
Uchinchi zonaga u yoki bu daryoning etak qism hududlari kirib,
ikkinchi zonaga nisbatan tekisligi bilan farq qiladi. Bu zonaning
boshlanish qismidan boshlab, sel oqimi o‘z kuchini kamaytira boradi
va tinch oqa boshlaydi. Shuning uchun bu zonaning boshlanish qism-
lariga birinchi va ikkinchi zonalardan oqizib kelingan sel massasiga
kiruvchi yirik tog‘ jinslari yotqizilib, o‘rta va oxirgi qismlarida shag‘al,
tosh, qum, qumtosh va loyqa zarrachalari yotqiziladi.
Zonalarning chegarasi sel hodisasi vujudga keladigan rayonlarning
iqlimiga, geologik, geomorfologik tuzilishiga qarab, dengiz yuzasiga
nisbatan turli rayonlarda turlicha balandliklardan o‘tishi mumkin.


1 3 6

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling