Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Takrorlash va tekshirish uchun savollar


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Takrorlash va tekshirish uchun savollar
1. Eroziya jarayoni nima va qanday vujudga keladi? Uning zararli oqibatlari.
2. Eroziya jarayoni qanday ko‘rinishlarda sodir bo‘ladi?
3. Eroziya jarayonini vujudga keltiruvchi sabalarni sanab bering.
4. Eroziya jarayoniga qarshi ko‘riladigan qurish choralari nimalardan iborat?
7.7. SEL HODISASI
7.7.1. SEL HODISASI TO‘G‘RISIDA UMUMIY TUSHUNCHA
Tog‘lik hududlarda yomg‘ir yog‘ishi, mavjud qor yotqiziqlarining
erishi natijasida hosil bo‘lgan suv oqimi tog‘ jinslari bo‘laklarini harakatga
keltiradi va pastga tomon oqizib tusha boshlaydi. Bunday suv oqimlari
jilg‘alardan, soychalardan chiqib, bir-birlari bilan qo‘shilishi natijasida
katta kuchga ega bo‘lgan yagona oqimni vujudga keltiradiki, bu oqim
adabiyotlarda sel nomi bilan mashhurdir. Sel massasining taxminan 50—
60 protsenti har xil tosh parchalaridan, mineral zarrachalardan, tuz
eritmalaridan, har xil o‘simlik tanalaridan tashkil topgan bo‘ladi va
tog‘dan shiddat bilan tog‘ oldi rayoniga qarab harakat qiladi. Demak,
sel oqimi vujudga kelishi, shu rayonga tushadigan yog‘inning miqdoriga,
uning yog‘ish tezligiga, tog‘ yonbag‘irlarida yig‘ilgan nurash jinslarining
ko‘p-ozligiga bog‘liq. Shu bilan birga sel hodisasini vujudga kelishida
va rivojlanishida tog‘ yonbag‘irlarining daryo vodiysiga nisbatan haddan
tashqari tik, nishabligi (tikligi 0,1° dan kam bo‘lmasligi) hamda tog‘
yonbag‘irlarining o‘simlik dunyosiga kambag‘al bo‘lishi asosiy sababdir.
Chunki tog‘ yonbag‘irlari qanchalik tik, o‘simlik dunyosiga kambag‘al
bo‘lsa, tushgan yog‘in shuncha kam ushlanib qoladi, paydo bo‘lgan suv


1 3 3
oqimining tezligi va yemirish kuchi shuncha katta bo‘ladi (Mavlonov,
Islomov, Shermatov, 1970).
Sel asosan bahor faslida, yozning dastlabki kunlarida sodir bo‘ladi.
Buning sababi, birinchidan, bahor faslida yog‘inning asosiy qismi issiq
yomg‘ir holatida tushishi, ikkinchidan, qishi bilan yig‘ilgan qor massa-
sining tezlik bilan erishi, uchinchidan, tog‘ yonbag‘irlaridagi, turli
qalinlikdagi (0,25 dan 60—70 m) deluvial, eluvial-deluvial lyossimon
tog‘ jinslarining ivishi, cho‘kishi natijasida daryo vodiysi tomon surilib
tushishidir.
Sel hodisasi Yer sharining hamma tog‘liq rayonlariga xos hodisa
bo‘lib, ayniqsa, Amerika qit’asida, Italiya, Avstriya, Shveysariyada, Qrim,
Karpat, Baykal, Ural tog‘i hududida, Kavkazda ko‘p bo‘lib turadi.
Markaziy Osiyoda, jumladan, Qirg‘izistonning Issiqko‘l rayonida, O‘zbe-
kistonning Farg‘ona vodiysida, Chirchiq daryosining irmoqlari hisoblan-
gan Parkentsoy, Oqsoqotasoy vodiysida, Ohangaron daryosi vodiysida
tez-tez yuz berib turadi.
F. K. Kocherganing ma’lumotiga ko‘ra, faqat Fag‘ona vodiysining
o‘zida 270 ta sel hodisasi vujudga keladigan daryo havzalari mavjud.

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling