Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

7.7.2. SEL HODISASINI O‘RGANISH
Sel xalq xo‘jaligiga juda katta zarar keltiradi. U qarshisida uchragan
gidrotexnik inshootlarni, yo‘llarni, qishloq va shaharlarni, katta-katta
ekin maydonlarini, bog‘-rog‘larni vayron qilib, daraxtlarni tag-tomiri
bilan qo‘porib oqizib ketadi, o‘nqir-cho‘nqirlar hosil qiladi, ba’zi
hududlarni loy, qum, tosh, xarsangtosh qatlamlari bilan ko‘mib tashlaydi.
S. M. Fleyshmanning ma’lumotiga ko‘ra, 1934-yilda Shimoliy
Amerikaning Kordilyera tog‘i sistemasiga kiruvchi San-Gabriel tog‘i
rayonida ikki sutka davomida qattiq yomg‘ir yog‘adi. Yog‘inning miqdori
432 mm ga yetadi. Vaholanki, O‘rta Osiyoning ko‘p joylaridagi yillik
yog‘inning o‘rtacha miqdori 400 mm dan kamdir. Faqat ba’zi rayonlar-
dagina yiliga 800 mm dan ko‘proq yog‘in yog‘adi. Jumladan, Toshkentda
bir yilda o‘rtacha 367 mm, Shimoliy Farg‘onada (Kosonsoy rayonida)
304,6 mm, Mirzacho‘lda 250—300 mm, Zarafshon rayonida 111—328
mm, Qashqadaryo hududida 107—545 mm, Qarshida 200 mm, Dushan-
bada 538 mm yaqin qalinlikda yog‘in yog‘adi. Bundan ko‘rinib turibdiki,
San-Gabriel tog‘iga yomg‘ir juda shiddatli va tez yoqqan. Natijada tog‘
yon bag‘riga yig‘ilgan tosh uyumlari va tuproq qatlamlarini butunlay
yemirib, sidirib, harakatga keltirgan. Sel oqimi Los-Anjelos shahrigacha
borib yetgan. Eng asosiy sel oqimi ikki yo‘nalishda Pigenz va Xoll da-
ralarida vujudga kelib, to‘lqinning balandligi 2 metrdan 6 metrgacha
yetgan. Pigenzdan chiqqan sel Lya. Kreschent shahrini yorib o‘tadi,
Xoll daryosidan chiqqan sel oqimi esa Montroz shahriga bostirib kiradi.


1 3 4
So‘ngra sel oqimining bo‘linib ketgan tarmoqlari Montroz shahrining
pastrog‘idagi Verdyugo darasida bir-birlari bilan yana qo‘shiladi va 20
kilometr yo‘l bosgach, Gleyndeyl shahriga kirib boradi, ko‘cha hara-
katlari to‘xtaydi, oqim Los-Anjelos atrofidagi ko‘chalarni har xil oqizindi
jinslar bilan to‘ldiradi. Natijada 500 ga yaqin ko‘prik ishdan chiqadi,
bir necha uylar butunlay vayron bo‘lib, qanchadan-qancha odamlar
boshpanasiz qoladi. 1938-yili Los-Anjelosda bundan ham kuchliroq sel
qayd etilgan. Bu sel oqimi Kordilyera yonbag‘ridan 12 million kubo-
metrga yaqin tosh, loyqa jinslarni oqizib, shahar ko‘chalariga shiddat
bilan bostirib kirgan, hamma turdagi aloqa, transport vositalari ishdan
chiqqan. 200 dan ortiq kishi halok bo‘lgan. Minglarcha uylar vayron
bo‘lgan. Bu sel oqimining vujudga kelishiga shu rayondagi o‘rmon (da-
raxtzor)larning plansiz qirqilishi hamda yong‘in natijasida yonib bit-
ganligi sabab bo‘lgan.
1921-yil 8-iyunda Olmaota shahri sel oqimidan katta ziyon ko‘rdi.
Bu hodisa shohidi E.M.Jenjuristning yozishicha, kechqurun soat 9 larda
kuchli shovqin eshitilgan. So‘ngra tog‘ tomondan loyqa, tosh uyumlari,
qor, muz parchalarini o‘z ichiga olgan kuchli suv to‘lqini — sel tog‘
yaqinida joylashgan chorbog‘larga bostirib kirgan. Bu yerda bog‘larni
yuvib, uylarni qulatgan va oqim girdobiga tushgan hamma narsani oqizib
shaharga yetib kelgan. Shaharda ko‘p uylarni vayron qilib, transport,
aloqa tarmoqlarini ishdan chiqargan, shahar maydoni 1,5 million tonna-
ga yaqin loyqa, tosh bo‘laklari bilan qoplangan, 400 dan oshiqroq kishi
qurbon bo‘lgan, bu selnng vujudga kelishiga havo haroratining to‘satdan
ko‘tarilib, tog‘dagi qorlarning erishi va kuchli yomg‘ir yoqqanligi sabab
bo‘lgan.
2002-yilning iyul — avgust oylarida dunyoning turli chekkalarida,
jumladan, Fransiya, Germaniya, Vengriya, Ruminiya, Chexiya, Slova-
kiyada, Xitoyda, Eronda, Rossiyaning janubiy hududlarida, Markaziy
Osiyoning Qirg‘iziston, Tojikiston respublikalarida, Janubiy Amerika-
ning Chili, Peru va boshqa davlatlar hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi,
havo harorati oshishi oqibatida sel hodisasi vujudga kelishi kuzatildi.
Daryo o‘zanlaridagi suv hajmi, tezligi oshishiga sababchi bo‘ldi. Natijada
ming-minglab odamlar boshpanasiz qoldi, ko‘priklar buzildi, imorat va
inshootlar suv ostida qoldi yoki butunlay vayron bo‘ldi. Ayniqsa Yevropa-
ning eng yirik daryolari bo‘lmish Dunay, Elba, Drezden daryolaridagi
suvning sathi 5—10 metrgacha ko‘tarildi. Qanchadan-qancha tarixiy
obidalarning suv ostida qolishiga olib keldi. Olimlarning fikricha iyul —
avgust oylarida sel hodisasining vujudga kelishiga sabab planetamiz bo‘yi-
cha iqlimiy sharoitning qandaydir darajada o‘zgarishi, deb ko‘rsatiladi.
Sel hodisasini, uning odamzod uchun yetkazadigan oqibatlarini ol-
dini olish masalasiga kelsak, buning uchun ana shu sel hodisasi yuz
beradigan rayonlarda injener-geologik tekshirish ishlari o‘tkaziladi. Bu
tekshirish vaqtida avvalo, o‘rganiladigan rayonning iqlimiga, geologik


1 3 5
tuzilishiga, ya’ni qanday tog‘ jinslaridan tashkil topganligiga, ularning
yoshiga, yotish holatlariga, nurash darajasiga ahamiyat beriladi. Shu-
ningdek, yillik to‘planadigan nurash materiallarining taxminiy miqdoriga,
qalinligiga, geomorfologik tuzilishiga — tog‘ yonbag‘irlarining tikligi-
ga, nishablik darajasiga, daryo o‘zanlarining shakliga, kengligiga; yer
osti suvlari rejimining yillik o‘zgarib turish sabablariga asosiy e’tibor
beriladi. Tekshirish natijasida shu rayonga tushadigan yog‘inning turi,
miqdori, fasllar, yillar mobaynida o‘zgarish qonunlari aniqlanadi. Natija-
da sel hodisasi vujudga keladigan hududlarni sel hodisasi hosil bo‘lish
intensivligiga qarab, geologik, geomorfologik tuzilishiga, iqlimiga, gid-
rogeologik, gidrologik sharoitiga ko‘riladigan choralarning turiga qarab
bir-birlaridan farq qiladigan zonalarga, rayonlarga, uchastkalarga ajra-
tiladi.
Sel hodisasi sodir bo‘ladigan havza asosan uch zonaga bo‘linadi.

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling