Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


EROZIYA JARAYONINI VUJUDGA KELTIRUVCHI


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

7.6.2. EROZIYA JARAYONINI VUJUDGA KELTIRUVCHI
SABABLAR VA UNGA QARSHI KURASH CHORALARI
Eroziya jarayoni asosan bahor faslida kuchayib, qishloq xo‘jaligi
uchun katta zarar keltiradi, u yerning ustki unumdor qatlamlarini
butunlay yuvib ketadi, ekin maydonlarini ishlab bo‘lmaydigan darajada
buzadi, o‘nqir-cho‘nqirlar, jarlar paydo qiladi, tuproqning kimyoviy,
fizik, mexanik xossalarini o‘zgartirib yuboradi. Eroziya jarayonining ana
shunday bajaradigan buzg‘unchilik ishlariga asosan quyidagilar sababdir:
1. Yer sathining qiya yoki nishab bo‘lishi (qiyalik 8—10° dan kam
bo‘lmasligi).
2. Yuviladigan jins qatlamlarining haddan tashqari g‘ovak, sochi-
luvchan bo‘lishi, tuproq zarrachalarining bir-birlari bilan mustahkam
jipslashmaganligi.
3. Yog‘in miqdorining ko‘p bo‘lishi va tez yog‘ishi.
4. Asosiy daryo o‘zanining yuvilayotgan maydon sathiga nisbatan
pastda va dengiz yuzasiga nisbatan balandda bo‘lishi.
Daryo o‘zani yuviluvchi maydonga nisbatan qancha pastda bo‘lsa
va dengiz yuzasidan balandda bo‘lsa, maydonda hosil bo‘lgan yomg‘ir
suvlari oqimining ana shu daryo o‘zaniga qarab intilishi, yuvish kuchi
shuncha katta bo‘ladi.
Eroziya jarayonini vujudga keltiruvchi yuqoridagi sabablar kuchini
kamaytirish shu bilan birga u keltiradigan oqibatlarning oldini olish
uchun ko‘riladigan asosiy choralar quyidagilardan iborat:
1.Yuvilish jarayoniga uchrovchi tuproq qatlami zarrachalarining mus-
tahkam jipslashib turishini ta’minlash. Buning uchun ana shu rayonlarda
daraxtzorlar, butazorlarni ko‘paytirish, mavjud daraxt, butazorlarni
qirqishni qat’iyan cheklab qo‘yish.
2. Haydash ishlarini yo‘lga solish.


1 3 2
3. Tog‘ yonbag‘irlarini qirqib, terrasalar hosil qilish, bu bilan nishablik
(qiyalik) darajasini kamaytirish.
4. Jarlarning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik. Jarlarning paydo bo‘lishini
ko‘rsatadigan asosiy belgilar biz yuqorida ko‘rsatib o‘tganimizdek,
birinchi yilda chuqurligi 0,5—1 metr, eni 1—2 metr keladigan tabiiy
ariqchalarning hosil bo‘lishi bo‘lib, agar vaqtida tegishli choralar
ko‘rilmasa, bu ariqchalar zaminida keyingi 3—4 yil ichida qayta-qayta
o‘yilishi, qulash, yuvilish jarayonlar natijasida chuqurligi 15—20 metrga,
eni hatto 10—30 metrga yetadigan jarlar hosil bo‘ladi. Shuning uchun
ikkinchi yiliyoq ana shu hosil bo‘lgan ariqchalardan suv oqqanda, uni
o‘yilib, yuvilib ketmaydigan qilish, temir-beton plitalar yotqizish, kerak
joylarda ma’lum to‘siqlar o‘rnatish va suvning oqish tezligini iloji bori-
cha kamaytirish, ariqchalarning yon devorlari atrofiga ko‘p yillik o‘simlik
ko‘chatlari o‘tkazish darkor.

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling