Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Takrorlash va tekshirish uchun savollar


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Takrorlash va tekshirish uchun savollar
1. Shamol harakati natijasida sodir bo‘ladigan jarayonlar to‘g‘risida gapirib
bering.
2. Dyunlar va barxanlar qanday va qayerlarda paydo bo‘ladi?
3. Shamol eroziyasi respublikamizning qaysi hududlarida ko‘p tarqalgan? Uning
zararini kamaytirishning qanday yo‘llari mavjud?


1 4 2
BESHINCHI QISM
8-BOB
TOG‘ JINSLARI QATLAMLARIDAN TADQIQOT
ISHLARI UCHUN NAMUNA VA MONOLITLAR
*
 OLISH
8.1. NAMUNA VA MONOLITLAR OLISHDA
QO‘LLANILADIGAN QAZILMALAR
Har qanday imorat va inshootlarni qurish, qazilma konlarini qidirib
topish va ishlatish, yer osti suvlaridan to‘g‘ri foydalanish, geologik va
texnogen jarayonlarning vujudga kelishi, rivojlanishi va sodir bo‘lishi,
u yoki bu hududda tarqalgan tog‘ jinslariga, ularning genetik turiga,
yotish, tarqalish holatiga, tarkibiga, xossa va xususiyatlariga bog‘liq.
Shuning uchun amaliyotlarda tog‘ jins qatlamlari qalinliklarini, litologik
tuzilishini, yotish holatlarini, dala sharoitida o‘rganish, laboratoriya
tadqiqot ishlarini o‘tkazish uchun tog‘ jinslari qatlamlaridan namuna-
lar va monolitlar* olish maqsadida tog‘ qazish ishlari olib boriladi.
Qo‘yilgan masalaning maqsadi, vazifalarini hisobga olgan holda asosan
quyidagi qazilma turlari qo‘llaniladi: burg‘i qudug‘i, shurf, tozalama
(raschistka), zovur (kanava), shtolnya, shaxtalar qazish va b.
Burg‘i qudqlarini qazish maxsus burg‘ilash mashinalari va qo‘l bur-
g‘isi yordamida amalga oshiriladi. Burg‘i quduqlari diametri 36 mm
dan 1500 mm ga borishi mumkin. Chuqurligi bo‘yicha mayda (1 m
dan 10 m gacha), o‘rta (10 m dan 30 gacha), chuqur (30 m dan 100
m gacha), o‘ta chuqur (100 m dan oshiq) bo‘ladi. Qo‘l burg‘isi asosan
bo‘sh cho‘kindi jinslar (suglinok, supes va b.) tarqalgan maydonlarda
yer osti grunt suvlarining yotish chuqurliklarini aniqlashda, tog‘ jinsla-
ri qatlamlarini litologik tuzilishini ajratishda qo‘llaniladi. Bu usul bilan
burg‘i quduqlarini qazish hozirgi vaqtda kam qo‘llaniladi. Injener-
geologik burg‘ilash ishlarini olib borishda ÓÃÁ-25, ÓÃÁ-50, ÑÁÓÄ-
150-ÇÈÂ, ÓÐÁ-2A, ÓÐÁ-ÇÀÌ, ÇÈÔ-300M stanoklari ishlatiladi.

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling