Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuvmasdan fraksiyalarga ajratish usuli.
- Yuvish orqali fraksiyalarga ajratish usuli.
Qum, qumli tog‘ jinslarini tashkil qiluvchi fraksiyalar miqdorini
aniqlash*, tadqiqot uchun olingan namuna tabiiy holatda yuvilmasdan yoki yuvilish orqali amalga oshiriladi. Bu ularning tarkibidagi chang va gil zarralarini ko‘p, ozligiga bog‘liq. Agar jins tarkibida chang va gil zarralari ko‘p bo‘lsa, yuvish usuli qo‘llaniladi. Yuvmasdan fraksiyalarga ajratish usuli. Tahlil uchun kerakli o‘rta- cha namuna katakchalarga bo‘lish usuli orqali ajratib olinadi. Buning uchun jins qattiq qog‘oz yoki faner ustiga yupqa qavat bilan yoyiladi, yoyilmani uzunasiga va ko‘ndalang yo‘nalishlarda pichoq bilan ariq- chalar chizilib, kvadratlarga ajratiladi va har qaysi kvadratdan oz-ozdan tahlil uchun namuna olinadi. Olingan namuna tarozida tortiladi va elaklar jamlamasidagi 10 mm li elakka solinib elanadi. Elash jarayonida namuna elakning boshqa qismlari bo‘yicha fraksiyalarga ajraladi. Bunda taglikka o‘tgan zarralarning diametri 0,1 mm dan kichik, 10 mm li elakda qolgan zarralar esa 10 mm dan katta zarralar deb olinadi. Har bir elakda qolgan zarralar og‘irligi avvaldan og‘irligi aniq stakanchalarga solinib tarozida tortiladi va dastlabki tahlil uchun olingan havo haroratida quritiladi, jins og‘irligiga nisbatan yuqoridagi formula yordamida protsentda hisoblab chiqiladi. Yuvish orqali fraksiyalarga ajratish usuli. Tahlil uchun olingan na- muna maxsus chinni kosachalarga solinib, suv va 0,5 sm 3 5% li ammiak eritmasida namlanadi. Namlangandan keyin 10—15 minut o‘tgach, qorishma rezina qinli tayyoqcha yordamida ezilib aralashtiriladi va 30— 40 mm qalinlikda suv solinib hosil bo‘lgan suspenziya loyqalantiriladi * O‘zbekiston Respublikasi standarti 817—97 va boshqa mavjud uslubiy qo‘llanma- lardan foydalanildi. 1 5 2 hamda 10—15 s tindiriladi. Suvni cho‘kmagan zarrachalar bilan birga, teshik o‘lchamlari 0,1 mm bo‘lgan elakka ag‘dariladi. Loyqalashtirish va ag‘darish cho‘kma ustidagi suvning to‘liq tiniqlashishigacha amalga oshiriladi. Elakda qolgan zarrachalar rezinali siqma nokcha yordamida chinni kosachaga yuvib tushiriladi. Qumli jinsning yuvilgan namunasi havo quruqligi darajasida quritilib kosacha bilan birga tortiladi. Jinsning 0,1 mm dan kichik bo‘lgan o‘lchamli zarrachalari og‘irligi tahlil uchun olingan namunaning massasi bilan yuvilgandan keyin quritilgan qumli jins namunasi og‘irligi orasidagi farq bo‘yicha aniqlanadi. Yuvilib havo harorati darajasida quritilgan massasi elaklar jamlamasidan o‘tkaziladi. Har bir elakda qolgan fraksiyalar maxsus stakanlarga solib tortiladi va tahlil natijalari jurnaliga yozib boriladi (9.2-jadval). Hisob dastlab olingan havo haroratida quritilgan o‘rtacha namuna og‘irligiga nisbatan protsent- da aniqlanadi. 9.2-jadval Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling