Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


 TOG‘ JINSLARINING GRANULOMETRIK TARKIBI


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

9.1. TOG‘ JINSLARINING GRANULOMETRIK TARKIBI
Tog‘ jinslarining granulometrik tarkibi deganda, ularni tashkil qilib
turuvchi mineral zarrachalari katta-kichikligi tushuniladi. Ana shu zarralar
katta-kichikligiga qarab ma’lum guruhdagi fraksiyalarga ajraladi (9.1-
jadval). Har bir guruhdagi fraksiyalar tog‘ jinslari hajmining u yoki bu
qismini tashkil etadi. Shuning uchun injener-geologik amaliyotda tog‘
jinslarini tashkil qilib turgan fraksiyalarni, ularning miqdorini aniqlash
uchun qator usullar mavjud. Bular: 1. Xarsangtoshlar, juda yirik, yirik
shag‘allarni dala sharoitida (ochilmalarda) to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘z bilan
kuzatish, maxsus o‘lchash asboblari (metall chizg‘ich, ma’lum o‘lchamdagi
yirik ko‘zlardan iborat bo‘lgan to‘r ko‘rinishidagi o‘lchagich, ma’lum
masshtablarda fotoapparat yordamida rasmini olish va h.k.) yordamida
aniqlash usuli; 2. Qum va qumli shag‘allarni tashkil qiluvchi fraksiyalarni
maxsus elaklar yordamida elash usuli; 3. Sof gil va gilli (lyoss va lyossi-
mon) jinslarni tashkil etuvchi fraksiyalarni (qum, chang, gil) miqdorini
aniqlash uchun qo‘llaniladigan Sabanin va pipetka usullaridir.
Xarsangtoshlarni, juda yirik shag‘allarni tashkil etuvchi fraksiyalar
miqdorini aniqlash uchun o‘rganilayotgan maydon ma’lum kichik-kichik
maydonchalarga (qismlarga) ajratilib chiqiladi. Bunday maydonchalar-
ning o‘lchami eng katta fraksiyaning (xarsangtosh yoki yirik shag‘alning)
o‘lchamidan 10 marotaba katta bo‘lishi talab etiladi. Jumladan, agar
maydondagi eng katta fraksiyaning diametri 1000 mm bo‘lsa, maydoncha
tomonlarining o‘lchami 10000½10000 mm etib ajratiladi. So‘ngra har
bir maydoncha ichidagi mavjud fraksiyalarning miqdori yuqorida kelti-
rilgan o‘lchagichlar yordamida o‘lchab, hisoblab chiqiladi. Shu bilan
birga har bir fraksiyaning qaysi genetik guruhdagi tog‘ jinslariga (mag-
matik, cho‘kindi, metamorfik) mansub ekanligiga ham e’tibor beriladi.
Masalan, maydondagi tog‘ jinslarining 50% magmatik (intruziv, effuziv),


1 5 0
30% cho‘kindi va 20% metamorfik tog‘ jinslariga to‘g‘ri kelishi mum-
kin. Bu esa o‘z navbatida u yoki bu daryo havzasida tarqalgan tog‘
jinslarining egallagan maydoni to‘g‘risida fikr yuritishga asos bo‘lishi
ham mumkin.
9.1-jadval

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling