Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
MONOLIT VA NAMUNALARNI LABORATORIYA
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takrorlash va tekshirish uchun savollar 1.
8.4 MONOLIT VA NAMUNALARNI LABORATORIYA
SHAROITIDA SAQLASH Laboratoriyaga keltirilgan monolitlar maxsus jihozlangan xonalarda saqlanishi, tabiiy holatining buzilmasligiga qattiq e’tibor berilmog‘i kerak. Bunday xonalar imoratlarning birinchi qavatida yoki yerto‘lalarda bo‘lga- ni ma’qul, chunki monolitlarning, tabiiy holatlari saqlanishi uchun havo- ning nisbiy namligi 50—60%, harorat esa 2—20°C dan oshmasligi shart. Aks holda tog‘ jinsi tabiiy namligini yo‘qotishi, oqibatda olingan natijalar haqiqiy bo‘lmasligi mumkin. Qoya va yarim qoya tog‘ jinslari uchun laboratoriya tadqiqot ishlari o‘tkazilguncha bo‘lgan vaqt 3 oy, lyoss va lyossimon, qumoq, qumloq, muzlagan jinslar uchun esa 1,5 oydan ko‘p bo‘lmasligi belgilangan 1 . Takrorlash va tekshirish uchun savollar 1. Namuna va monolitlar olishda qo‘llaniladigan tog‘ qazilmalari qaysilar? Ular to‘g‘risida gapirib bering. 2. Tog‘ jinslarining tabiiy struktura va namligini saqlash qanday amalga oshi- riladi? 3. Monolit nima va u qanday konservatsiya qilinadi? 4. Tadqiqot ishlarini o‘tkazish maqsadida olinadigan namuna va monolitlarning miqdori to‘g‘risida gapirib bering. 9-BOB TOG‘ JINSLARINING TARKIBI, XOSSA VA XUSUSIYATLARI, ULARNI O‘RGANISH USULLARI Tog‘ jinslarining tarkibi, xossa va xususiyatlari ularning qanday yo‘l bilan hosil bo‘lganligiga, ular tarqalgan hududlarning eng avvalo tektonik, geomorfologik, iqlimiy, gidrogeologik sharoitiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga odamlarning injenerlik, xo‘jalik faoliyatlari (yerlarni o‘zlashtirish, suv omborlari, kanallar, imoratlar, yo‘llar qurish va b.) oqibatida yer sathining tabiiy tuzilishi, yer osti suvlarining tabiiy 1 Ïîä ðåäàêöèåé Å.Ì. Ñåðãååâà. Ìåòîäè÷åñêîå ïîñîáèå ïî èíæåíåðíî-ãåîëî- ãè÷åñêîìó èçó÷åíèþ ãîðíûõ ïîðîä. Òîì 1. — Ìîñêâà, «Íåäðà», 1984. 1 4 9 holatini (sathi, oqish yo‘nalishi, oylik va yillik rejimi va h.k.) o‘zgari- shi o‘z navbatida tog‘ jinslarining tabiiy strukturasi, namligi o‘zgarishi- ga ta’sir etadi. Jumladan, tog‘ jinslarini tashkil qilib turgan mineral zarralarning o‘lchamiga (katta-kichikligiga), shakliga, ularning bir- birlariga nisbatan joylashish holatiga hamda mexanik kuch ta’siriga bo‘lgan qarshiligining kamayishiga olib kelishi mumkin. Tog‘ jinslarining tabiiy holatidagi hamda texnogen omillarning ta’siri jarayonida o‘zgar- ganlik darajalarini yoki o‘zgarishini laboratoriya sharoitida u yoki bu usullar qo‘llash yordamida o‘rganish, olingan natijalarni ilmiy va amaliy nuqtayi nazaridan tahlil etish, kerakli chora va tadbirlar belgilash katta ahamiyatga ega. Buning uchun tog‘ jinslarning tarkibi, xossa va xusu- siyatlarini laboratoriya va dala sharoitida aniqlash usullari to‘g‘risida ma’lum darajadagi bilimga ega bo‘lmoq darkor. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling