Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

8.3. NAMUNA VA MONOLITLARNI
KONSERVATSIYA QILISH VA LABORATORIYA
TADQIQTOLARI UCHUN UZATISH
Tog‘ qazilmalari qazish jarayonida tog‘ jinslari qatlamlaridan olingan
namuna va monolitlarni tabiiy strukturasini, namligini saqlagan holda
laboratoriya tadqiqotlari o‘tkazish uchun uzatish katta ahamiyatga ega.
Chunki ana shu qatlamlar ustiga quriladigan imorat va inshootlarning
mustahkamligi, ko‘riladigan chora va tadbirlar eng avvalo laboratoriya
tadqiqot natijalariga bog‘liq.
Tog‘ jinslari qatlamlaridan olingan monolitlarni laboratoriyaga tabiiy
holatini saqlagan holatda uzatishning eng asosiy va ishonchli yo‘li —
bu monolitlarni zudlik bilan konservatsiyalash, ya’ni parafinlash usuli
hisoblanadi. Monolitlarni parafinlash quyidagicha amalga oshiriladi.


1 4 7
Qazilmalardan monolit olingunga qadar monolit sig‘adigan hajmdagi
maxsus idishlarda parafin 60—70°C da suyultirilib turiladi. So‘ngra
olingan monolit tomonlari tozalanib, 20½20 yoki 25½25, 30½30 sm
kattalikka keltirilib, suyultirilgan parafin singdirilgan doka bilan mustah-
kam o‘raladi va monolitni hamma tomoni qalin qilib parafinlanadi.
Parafinlangan yuza yaxshilab tekislanib, monolit olingan qatlamning
tepa tomoni deb belgilangan qismiga (monolit olinganda uning tepa va
pastki qismi strelka bilan belgilanib qo‘yiladi) oldin yozib tayyorlab
qo‘yilgan birinchi yorliq (qazilma pasporti) yopishtiriladi. Keyin monolit
parafin singdirilgan ikkinchi doka qavati bilan o‘raladi va yana parafinlab
chiqiladi. Parafin qavati tekislanib chiqilgach, monolit tomonlarining
biriga ikkinchi yorliq yopishtirilib qo‘yiladi. Yorliqqa qalam bilan quyi-
dagilar yoziladi: 1) qidiruv ishlarini olib borayotgan tashkilot nomi;
2) qazilma qazilgan obyektning nomi; 3) qazilmaning turi va tartib raqa-
mi; 4) monolitning tartib raqami; 5) monolit olingan chuqurlik, m;
6) gruntning dala sharoitida aniqlangan nomi; 7) monolitni olgan mu-
taxassisning familiyasi, lavozimi; 8) monolit olingan vaqt (kun, yil).
Olingan namunalar maxsus xaltachalarga solinadi. Xaltachalarni
ichiga ham yuqoridagi tartibda to‘latilgan yorliqlar yozib solinadi va
yaxshilab bog‘lanib qo‘yiladi. Xaltachani ustki qismiga esa qisqa qilib
qazilmaning nomi, tartib raqami, olingan chuqirligi va tadqiqotni qaysi
turiga olinganligi hamda olingan vaqti yozib qo‘yiladi.
Qazilmalar qazilishi jarayonida ochilgan har bir qatlam va qatlar
maxsus yozuv jurnaliga birin-ketin yozib boriladi. Unda gruntning nomi,
namligi, qattiq-yumshoqligi, o‘simlik ildizlari bilan kesilganlik darajasi,
g‘ovakligi, grunt qatlamida uchrovchi ikkinchi boshqa tog‘ jinslarining
bo‘laklari mavjudligi, qatlamning qalinligi, olingan monolit va namuna-
larning tartib raqamlari, qazilmani qazilish va tugatilish vaqti, qazilma
qazilishi uchun javoblar mutaxassis shaxsning familiyasi ismi, lavozimi
va b. Agar qazilmalar qoya va yarim qoya tog‘ jinslari qatlamlarida olib
borilgan bo‘lsa, ularning nurash jarayoniga qay darajada berilganligi,
yuqoridan pastga qarab o‘zgarib borish holatlari, darzlar, yoriqlar mav-
judligi, har bir m
2
dagi ularning miqdori, yo‘nalishi ko‘rsatilib boriladi.
Kuzatilgan o‘zgarishlar chizmalar, sxemalar holatida tasvirlanib ham
boriladi.
Qazilmalardan olingan va konservatsiya qilingan monolit, kern va
namunalar maxsus yashiklarga nihoyatda ehtiyotkorlik bilan joylanadi.
Yashiklarga joylangan monolitlarning atrofi qipiq, somon va boshqa
yumshoq materiallar bilan zich o‘rab qo‘yiladi. Chunki monolitlar yashik
yon devorlariga tegmasligi, lat yemasligi, yorilmasligi kerak, aks holda
ular ezilishi, tabiiy strukturasini, namligini yo‘qotishi mumkin. Bunday
monolitlarni laboratoriya tadqiqot ishlarida ishlatish qatiyan man etiladi.
Monolit, kern va namunalar laboratoriyalarga maxsus mashinalarda
keltirilib, o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tadqiqotlar uchun tuzilgan ro‘yxatlar


1 4 8
bilan qo‘shib topshiriladi. Ro‘yxat ikki nusxada tuzilgan bo‘lib, birinchi
nusxasi laboratoriyada, ikkinchi nusxasi topshirilganlik belgisi bilan
ma’sul javobgar shaxs qo‘lida qoladi.

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling