Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Zovur (kanava) yoki ariqsimon
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shtolnyalar
Zovur (kanava) yoki ariqsimon (transheya ko‘rinishidagi) qazilma
bo‘lib, kengligi 0,5—0,6 m, chuqurligi 3—6 m gacha borishi mumkin. Bo‘shoq tog‘ jinslarini ona (tub) tog‘ jinslariga nisbatan yotish holati- ni, qalinligini, yonbag‘ir jarayonlarini vujudga kelishi yo‘nalishini hamda qazilma boyliklari tarqalishi qonuniyatlarini aniqlishda qo‘llaniladi. Bo‘shoq tog‘ jinslari bilan uni ostida yotgan ona tog‘ jinslarining tarkibiy bog‘liqlik darajasini aniqlash maqsadida namunalar olinadi. Shtolnyalar gorizontal yo‘nalishdagi yer osti tog‘ qazilmasi. Suv om- borlari va boshqa xalq xo‘jaligi inshootlari quriladigan maydonlarda qiziladi. Balandligi 1,5—2,0 metrgacha, eni 2—2,5 metr atrofida, uzunligi bir necha o‘n, hatto 100 metrdan oshiq bo‘lishi mumkin. Shtolnyalardan olingan namuna va monolitlar laboratoriya sharoitida tog‘ jinslarining siqilishga, sinishga bo‘lgan qarshiligini aniqlashda ishlatiladi. Shuningdek, shtolnyalar qurilish maydonidagi tog‘ jinslarini seysmik va boshqa xususiyatlarini o‘rganish uchun statsionar o‘lchov asboblarini o‘rnatish, yer osti suvlarining harakat yo‘nalishini tartibga solish maqsadlarida ishlatiladi. Shaxtalar yer sathiga nisbatan vertikal yoki ma’lum qiyalikdagi tog‘ qazilmasi. Geologik va injener-geologik qidiruv ishlari olib borilayotgan maydonlarda qaziladi. Kesimi 2½3,3½4 m, chuqurligi 120—150 m ga borishi mumkin. Ular tog‘ jins qatlamlarining qalinligini, tektonik, nurash yoriqlari bilan kesilganlik darajalarini, yer osti suvlari chuqurligini va harakat yo‘nalishini aniqlashda, mavjud tog‘ jinslari fizik mexanik xususiyatlarini laboratoriyada o‘rganish uchun namuna va monolitlar olish maqsadlarida ishlatiladi. Shaxtalarni qazish jarayonida tog‘ jins- larining o‘zidan suvni o‘tkazish, suvga to‘yinishi, ma’lum bosim va vaqt mobaynidagi deformatsiyalanishi kabi xususiyatlari ham o‘rganilishi mumkin. Shaxtalardan ikkinchi boshqa tog‘ qazilmalari (shtolnya, shtrek va b.) qazishda ham foydalanish mumkin. 1 4 4 Tog‘ qazilmalarining (shurf, shaxta, shtolnya va b.) yon, ustki to- monlarining tabiiy holatini saqlash, odamlarga yetishi mumkin bo‘lgan talafotlarni bartaraf qilish, oldini olish maqsadida ma’lum qalinlikdagi yog‘och (taxta, gorbil) qurilmalari bilan mustahkamlanib boriladi. Qazi- ladigan tog‘ qazilmalarining turi, miqdori, chuqurligi, qo‘yilgan masalani dolzarbligiga, imorat va inshootlar qurilishi kerak bo‘lgan maydonning injener-geologik sharoitini murakkablik darajasiga qarab turlicha bo‘li- shi mumkin. Qurilish maydoni qancha murakkab bo‘lsa, qazilmalarni soni, ulardan olinadigan namuna va monolitlar, ularning miqdori ham shuncha ko‘p bo‘ladi. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling