Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Shurflar kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak, doira shaklidagi vertikal yo‘na-
lishdagi (o‘raga o‘xshash) qazilma bo‘lib chuqurligi 20—30 m gacha,
kesimi 0,8—1,0½1,25½2 m atrofida bo‘ladi, shurflar asosan qo‘l bilan,
belkurak, tesha, bolta yordamida qaziladi. Hozirgi vaqtda shurf
*
Monolit — bu tog‘ qizilmalarini qazish jarayonida laboratoriya tadqiqotlari uchun
tog‘ jinslari qatlamlaridan olinadigan, o‘lchami 20½20½20 yoki 25½25½25 sm bo‘lgan,
tabiiy struktura va namlikdagi, yer sathining qarigan qismi (ustki qismi) maxsus belgilar
(«U», strelka) bilan ko‘rsatilgan, qazilmalardan olingandan keyin harorati 60—70°C dagi
parafin va gudronning suyultirilgan aralashmasiga bo‘ktirilgan doka qavati yordamida
tezlik bilan o‘ralib konservatsiya qilingan tog‘ jins bo‘lagidir.


1 4 3
qaziydigan maxsus stanoklar ishlab chiqilgan. Bunday qurilmalarga
KØK-30, BÝM-1000 shurf qazish mashinalarini ko‘rsatish mumkin.
KØK-30 yordamida chuqurligi 30 m, diametri 800, 1230 mm, BÝM-
100 yordamida esa chuqurligi 50 m, diametri 400, 600, 800, 1000 mm
bo‘lgan shurflarni qazish mumkin. Bu mashinalar lyoss va lyossimon
jinslar kesmasini o‘rganishda, tarkibini, xossa va xususiyatlarini aniqlash
uchun namuna va monolitlar olishda juda qulay.
Tozalama (raschistka) tog‘ yon bag‘irlarida, daryo vodiylarida qalinligi
10—100 m, hatto bundan ham oshiq bo‘lgan tog‘ jinslari qatlamlarini
tabiiy holatda ochilib qolgan joylarda tozalash ishlari o‘tkazish, namuna
va monolitlar olish uchun tayyorlangan qazilma. Bunda namuna va
monolitlar olinishi uchun tayyorlangan kesmadagi tog‘ jinslarining ustki
(nurash jarayoniga uchragan, tabiiy namligi o‘zgargan) qismi qirqib olib
tashlangan bo‘ladi. Tozalamani tozalangan qismining chuqurligi tog‘
jinslarining yotish holatiga, joyning relyef tuzilishiga qarab 2—3 m hatto
4—6 m bo‘lishi ham mumkin.

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling