Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
JINSLARNING GRANULOMETRIK TARKIBINI ELASH USULI
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sabanin usuli.
- Pipetka usuli.
JINSLARNING GRANULOMETRIK TARKIBINI ELASH USULI
YORDAMIDA OLINGAN NATIJALARINI YOZIB BORISH JURNALI Elaklar ko‘zlarining o‘lchami, mm Elak jamlamalarida qolgan zarrachalar o‘lchami, mm Har bir elak jamlamasida qolgan zarralar miqdori 10 10 dan katta* g % 5 5—10 2 2—5 1 1—2 0,5 0,5—1 0,25 0,25—0,5 0,1 0,1—0,25 Elak tagi 0,1 dan kichik * Bunday yirik donali tog‘ jinslarini tahlil qilish yirik ko‘zli elaklar orqali amalga oshiriladi. Tahlil uchun olingan namuna o‘rtacha miqdorini aniqlashda o‘rga- nilayotgan jins tarkibida bo‘lgan o‘lchami 2 mm dan katta zarralarni ko‘p-ozligiga e’tibor beriladi. Agar jins tarkibi 2 mm dan katta bo‘lgan o‘lchamli zarralardan tashkil topgan bo‘lsa, 100 g; 10 % gacha 2 mm o‘lchamdan katta bo‘lgan zarralardan tashkil topgan bo‘lsa, 500g; 10 dan 30% gacha 2 mm o‘lchamda katta bo‘lgan zarrachalardan tashkil topgan bo‘lsa, 1000 g; 30 % dan ortiq 2 mm o‘lchamdan katta bo‘lgan zarrachalardan tashkil topgan qumli jinslardan kamida 2000 g miqdor- da namuna olinadi. 1 5 3 Sof gil va gilli (lyoss va lyossimon) jinslarni tashkil etuvchi fraksiya- larni (qum, chang, gil) aniqlash usullari ancha murakkab. Buning uchun amaliyotda asosan Sabanin, areometrik va pipetka usullari qo‘llaniladi. Sabanin usuli. Bu usul asosan mayin, juda mayda (0,1—0,05 mm) qum zarralarini va yirik chang (0,05—0,01 mm) zarralarini aniqlashda qo‘llaniladi (9.2-rasm). Agar yirik chang zarralaridan tashkil topgan jinslarda 0,01 mm dan kichik zarralar miqdori 10 % dan ortiq bo‘lsa, yaxshisi pipetka usulini qo‘llagan ma’qul. Chunki Sabanin usuli qo‘lla- nilishi jarayonida 0,01 mm li zarralarni yirik zarralar bilan cho‘kmaga tushishi oqibatida o‘rganilayotgan jins tarkibida 0,01 mm dan katta zarralar miqdorini oshib ketishiga olib kelishi mumkin. Mayda va yirik chang zarralarini aniqlash usullari usulik qo‘llanma- larda (E. E. Chapovskiy, 1958, P. I. Fadeev, 1968), darsliklarda (A. F. Frolov, I. V. Korotlik, 1999 va b.), me’yoriy hujjatlarda (O‘zRST 817—97) keltirilgan. Pipetka usuli. Bu usul gil jinslarini tashkil qilib turuvchi 0,1; 0,1— 0,05; 0,05—0,01; 0,01—0,005; 0,005—0,001 mm dan yirik va 0,001 mm dan mayda zarralarning miqdorini aniqlashda qo‘llaniladi. Usul turli diametrdagi jins zarralarini ma’lum haroratga ega bo‘lgan tinch suvda (jins va suv aralashmasi) o‘z og‘irliklariga qarab ma’lum vaqt mobaynida cho‘kishiga asoslangan (9.3-jadval). U yoki bu diametrdagi zarralarning cho‘kish tezligi Stoks formulasini qo‘llash yordamida aniqlanadi: 9.2-rasm. Jinslarning granulometrik tarkibini Sabanin usuli yordamida aniqlash jarayonida qo‘llaniladigan anjomlar. 1 Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling