Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

G‘ovakligi. Ma’lum hajmdagi tog‘ jinslarida mavjud bo‘lgan har xil
kattalikdagi, har xil yo‘nalishdagi naysimon, aylana shakldagi bo‘shliqlar
tog‘ jinslarining g‘ovakligi deb tushuniladi. Miqdoriy jihatdan jins bo‘sh-
liqlar hajmini shu jins umumiy hajmiga bo‘lgan nisbatiga teng bo‘lib,
quyidagi formula orqali aniqlanadi:
m
sk
M
100
n






,


1 6 6
bu yerda: n — jinsning g‘ovakligi, %;
g
sk
— quruq jinsning zichligi, g/sm
3
;
g
M
— jins mineral qismining zichligi, g/sm
3
.
Qoya tog‘ jinslarining (granit, granodiarit, ohaktosh, marmar, gneys
va b.) g‘ovakligi asosan 5 % dan oshmaydi, yarim qoya tog‘ jinslari
g‘ovaklari (nurash jarayoniga uchragan qoya tog‘ jinslari, tuflar, mel,
opok va b.) 15—20 % dan 30—35% atrofida o‘zgaradi. Lyoss va lyos-
simon jinslarning g‘ovakligi 45—58% oralig‘ida bo‘ladi (10.1, 10.2-jad-
vallar).
Gilli va qumli jinslarning g‘ovaklari tabiiy holatda turli darajada suv
bilan band yoki to‘yingan bo‘ladi. Bu qiymat 0,1 dan 1,00 oralig‘ida
o‘zgarishi mumkin. Tog‘ jinslarining suv bilan to‘yinganlik darajasi (K)
quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
sk
W
n
K



,
bu yerda:
g
sk
— tog‘ jinslari quruq qismining zichligi, g/sm
3
;
W — jinsning tabiiy namligi, %;
n — jinsning g‘ovakligi, %.
Agar K ning qiymati 0,8 ga teng bo‘lsa, demak, uni tashkil etuvchi
g‘ovaklarining 10 dan 8 qismi suv bilan band bo‘lib, faqat 0,2 qismi
bo‘sh bo‘ladi.
Tog‘ jinslarining plastiklik xususiyati. Plastiklik faqat gil va gilli
jinslariga xos bo‘lib, ularga tashqi kuch ta’sir etganda o‘z shaklini yoriq
hosil qilmay o‘zgartirishi va tashqi kuch olingandan keyin, hosil qilgan
shaklini o‘zgartirmay saqlab qolishi tushuniladi. Amaliyotda jinslar
plastikligining yuqori, pastki chegaralari va plastiklik soni aniqlanadi
va qo‘llaniladi. Plastiklik chegaralari va plastiklik sonining o‘zgarishi
asosan jinsga ta’sir etuvchi suv miqdori bilan bog‘liq. Agar gilli jinslar
(sof gil, lyoss va lyossimon jinslar) namligini ma’lum sharoitda sekin-
asta oshirilsa u plastiklik holatidan oquvchan holatiga o‘tishi yoki ka-
maytirilsa, plastiklik holatidan quruq (qattiq) holatga o‘tishi mumkin.
Ana shu plastiklik holatidan 

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling