Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


— deformatsiyalanish chizmasi; b —


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

deformatsiyalanish chizmasi; bjins qatlamida deformatsiyalanish zonasining
rivojlanishi: 1
 — zichlanish; 2 — qatlamning ayrim qismlarida yuz berayotgan surilish;
3
plastik deformatsiyalanish — inshoot zaminini tashkil qilib turgan jins qatlamini
siqib (turtib) chiqarilishi; I—III
deformatsiyalanish bosqichlari.


1 7 6
Deformatsiyalanish xususiyati. Tog‘ jinslarining deformatsiyalanishi
ularning siqiluvchanligi bilan xarakterlanadi. Siqiluvchanlik — jinslarning
tashqi kuch (bosim) ta’siri ostda o‘z hajmlarini kamaytirishi demakdir.
N. M. Gersevanov gruntlarning deformatsiyalanish xususiyatini ma’-
lum og‘irliklar (bosim) ostda o‘rganib, bu jarayonni uch bosqichda yuz
berishini aniqlagan (10.3-rasm): Zichlanish, surilish, siqib (turtib)
chiqarish (Frolov, Korotkix, 1990). Agar bu holatni (10.3-a rasm) miso-
lida ko‘radigan bo‘lsak, og‘irlikni (bosimni) O dan P
1
darajada ortib
borishi bilan jins qatlamida zichlanish jarayoni (S
1
) yuz beradi (birinchi
bosqich), og‘irlikni P
1
dan P
2
orttirilishi bilan jins qatlamining ayrim
qismida zichlanish jarayoni bilan bir vaqtda surilish jarayoni ham yuz
bera boshlaydi (S
2
), natijada to‘g‘ri chiziq ko‘rinishidagi deformatsiya
holati buziladi (ikkinchi bosqich), deformatsiyalanish esa davom etadi
(S
3
). Og‘irlikni P
3
darajada oshirilishi surilish jarayonini butun jins qat-
lami bo‘ylab yuz berishiga olib keladi (uchinchi bosqich). Deformatsiya-
lanishning bu bosqichi oxirida inshoot zamini hisoblangan jins (grunt)
qatlamida yon tomonga qarab siqib chiqarish jarayoni yuz beradi. Na-
10.4-rasm. Gilli jinslarning siqilish modeli (Frolov, Korotkixlardan, 1990).
a
namuna (qatlam) balandligining (H
0
); P
1
, P
2
, P
3
kuchlar (bosim) ta’sirida 
DH
1
,
DH
2

DH
3
darajaga kamayishi; b
namuna g‘ovaklari hajmini (V
p
) P
1
, P
2
, P
3
kuchlar
ta’sirida kamayishi; d
namuna (yoki qatlam) balandligini (H
0
) kamayishining
(deformatsiyalanishining) bosimga bog‘liqligini (
DH=(P)) ko‘rsatuvchi kompression egri
chiziq; e
 — namuna (yoki qatlam) g‘ovaklik koeffitsiyentining (e
0
) bosimga bog‘liqligini
(e
0
=(P)) ko‘rsatuvchi egri chiziq.


1 7 7
tijada imorat va inshootlar mustahkamligiga putur yetishi yoki butun-
lay buzilib ketish holati yuz berishi mumkin.
Gil va gilli jins qatlamlariga tashqi kuch ta’sir etganda, ularda yuz
beradigan siqilish (cho‘kish, o‘tirish) jarayoni asosan ta’sir etuvchi kuch
yo‘nalishda sodir bo‘ladi (10.4-rasm). Yon tomonlari esa siqilishga
qarshilik ko‘rsatuvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun amaliyot-
da bu jarayonning vujudga kelishi, rivojlanishini o‘rganish kompression
asboblar yordamida modellashtirilgan. Hozirgi vaqtda kompression
asboblarning bir qancha turlari mavjud bo‘lib, bularga Maslov, Zna-
menskiy, Abelov, Sitovich va MGRI, GIDEP, «Gidroproyekt» K-1M
asboblarini ko‘rsatish mumkin. Ularni ichida «Gidroproyekt», K-1M
modelidagi kompression asboblar o‘z qulayligi bilan ajralib turadi. Bu
asboblar yordamida gil va gilli jinslarni tabiiy holatida, suv ta’sirida,
har xil bosim ostida siqilishini, g‘ovaklari, hajmi o‘zgarishini aniqlash,
imorat va inshootlarni rejalashda, qurishda qo‘llaniladigan eng asosiy
mexanik, injener-geologik ko‘rsatkichlar bo‘lgan «Siqiluvchinlik
koeffitsiyenti (a)», «Umumiy deformatsiyalanish moduli (E
0
)», «Siqiluv-
chanlik moduli (E
s
)», «Cho‘kuvchanlik (
d
pr
)», «Konsolidatsiya darajasi
(V
k
)» to‘g‘risida miqdoriy qiymatlarni olish mumkin. Buning uchun la-
boratoriyaga daladan olib kelingan gil va gilli (lyoss va lyossimon) jins
monolitlaridan kompression asbob halqalariga 2—3 tadan namunalar
qirqib olinadi. Har bir namuna asbob odometriga joylanadi (10.5-rasm).
So‘ngra u kompression asbob stoliga o‘rnatilib, odometr shtampasi orqali
10.5-rasm. K-1M modelidagi kompression asbob odometri. 1

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling