Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Umumiy injener-geologik klassifikatsiyada


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Umumiy injener-geologik klassifikatsiyada tabiatdagi mavjud hamma
tog‘ jinslari ma’lum guruhlarga, klasslarga va bundan kichik bo‘lgan
taksonomik qismlarga ajratilgan. Bu klassifikatsiyada tog‘ jinslarining
genetik turlaridan tortib, boshqa hamma xossa va xususiyatlari umumiy
holatda hisobga olinadi.
2

Imorat va inshootlarni poydevori hisoblanadigan hamda qurilish materiallari sifa-
tida ishlatiladigan hamma tog‘ jinslari 
gruntlar deb yuritiladi.

Bu sohadagi klassifikatsiyalar hajmi nihoyatda keng bo‘lganligi sababli keltirilmadi.
Ular to‘g‘risidagi ma’lumot akademik E. M. Sergeev (1978), professor V. D. Lomtadze
(1984) tomonidan tuzilgan darsliklarda mukammal holatda berilgan.


1 9 3
Regional injener-geologik klassifikatsiyalar ayrim hududlar uchun
va ana shu hududlarda tarqalgan tog‘ jinslarining genetik turlari, qaysi
formatsiyaga kirishi, yoshi, xossa va xususiyatlari, tarkibi hisobga olingan
holda tuziladi (11.1-jadval).
11.1-jadval
MARKAZIY OSIYONING O‘RTA VA JANUBIY QISMI LYOSS JINSLARINING
REGIONAL KLASSIFIKATSIYASI (G‘. O. Mavlonov bo‘yicha)
Lyoss jinslarining xususiyatlari bo‘yicha 
Lyoss va lyossimon jinslarning genetik 
turlari bo‘yicha 
1. Proluvial lyosslar 
1. Lyosslar 
2. Eol lyosslar 
1. Proluvial lyossimon jinslar 
2. Deluvial lyossimon jinslar 
3. Alluvial lyossimon jinslar 
2. Lyossimon jinslar 
4. Eluvial lyossimon jinslar 
Xususiy injener-geologik klassifikatsiyalar tog‘ jinslarining ayrim
injener-geologik xususiyatlarini (cho‘kuvchanligi, nuraganlik darajasi,
mustahkamligi, suv o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti va h.k.), tarkibini
(granulometrik, kimyoviy va h.k.), yotish holatlarini, nurash jarayoniga
qanchalik uchraganlik darajalarini va boshqa xususiyatlarini hisobga
olgan holda tuziladi (11.2-jadval).
11.2-jadval

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling