Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

OLTINCHI QISM
12-BOB
YER OSTI SUVLARI
Yer osti suvlari planetamizdagi mavjud ichimlik suvining asosiy qis-
mini tashkil etadi. V.V.Vernadskiyning taxminicha, yer qobig‘idagi (yer
sathidan 16 km chuqurlikdagi) yer osti suvlarining miqdori 460 mln
km
3
ni tashkil etadi. Golland olimi Vonxonsning ta’kidlashicha, yer qobi-
g‘idagi yer osti suvlarini Yer shari yuzasiga chiqarilsa, 90 m qalinlikdagi
suv qatlami hosil bo‘ladi. Fransuz mutaxassisi Rene Koyanining ko‘rsati-
shicha, yer bag‘riga qazib tushilgan burg‘i quduqlarining chuqurligicha
bo‘lgan tog‘ jinslarining g‘ovaklarida 8 mln km
3
hajmdagi suv mavjud.
Yer osti suvlari tabiatda mavjudligi bilan insonlarning chuchuk
ichimlik suviga bo‘lgan talabini qondiradigan, xalq xo‘jaligining hamma
sohalarida, jumladan, qishloq xo‘jaligida, meditsinada va boshqa soha-
larda ishlatiladigan birdan-bir suv manbayi bo‘lib hisoblanadi.
Respublikamiz hududlaridagi mavjud minerallashganlik darajasi 5 g/l
gacha bo‘lgan hamma yer osti suvlarining prognoz zaxirasi N. A. Ahme-
dov, A. A. Mavlonovlarning ma’lumotiga ko‘ra (2003-yil) 66 mln
m
3
/sut bo‘lib, uning 34,5% Farg‘ona vodiysiga, 25,7% Toshkent viloyati
hududiga, 18% Samarqand viloyati hududiga, 9% Surxandaryo viloyati
hududiga, 5,5% Qashqadaryo viloyati hududiga to‘g‘ri keladi. Umumiy
yer osti suvlarining 22,9% chuchuk, kam minerallashgan (mineral-
lashishi 1 % dan kam) suv hisoblanadi. 2002-yilning 1-yanvariga
bo‘lgan ma’lumotga asosan respublikamizdagi hamma maqsadlar uchun
yer ostidan olinayotgan suvning umumiy miqdori 17367,2 ming m
3
/
sut bo‘lib, undan 6913,8 ming m
3
/sut xo‘jalik-ichish maqsadlari uchun,
1849,5 m
3
/sut sanoat va texnikaviy; 4486,5 m
3
/sut sug‘orish maqsad-
lari uchun ishlatiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuni aytish kerakki, yer osti suvlari-
ning paydo bo‘lish, sarflanish qonuniyatlarini bilish, ularning turlari,
tarkibi, fizik, kimyoviy xususiyatlari, vujudga kelish, o‘zgarish sabablari
to‘g‘risida bilimga ega bo‘lish nihoyatda zarur. Talabalarning bunday
bilimga ega bo‘lishi respublikamiz hududidagi hozirgi vaqtda mavjud
bo‘lgan yer osti suv zaxiralarini ekologik jihatdan ehtiyot qilish, saqlash,
tejamkorlik bilan ishlatish imkoniyatini beradi.


1 9 7

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling