Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
O‘ZBEKISTON HUDUDLARIDA HAVONING O‘RTACHA HARORATI
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
O‘ZBEKISTON HUDUDLARIDA HAVONING O‘RTACHA HARORATI
VA YILLIK YOG‘IN MIQDORINING O‘ZGARISHI Meteorologik stansiyalar Met.st.abs. balandligi, m Yanvar T° Iyul T° Yillik T° Maksimal T° Minimal T° Yillik yog‘in miqdori (mm hisobida) Guliston 276 2 26,8 18,2 45 234 295 Toshkent 477 0,9 26,9 13,3 44 30 367 Chorvoq 877 2,1 24,5 11,6 40 29 734 To‘ytepa 392,2 0,6 260 12,6 — — 379,3 12.3-rasm. (V.D. Tretyakov). Yog‘in o‘l- chagich majmuasining umumiy ko‘rini- shi. 1 — yog‘in suvini yig‘adigan chelak; 2 — yog’in suvini o‘lchaydigan silindr; 3 — voronkasimon g‘ilof; 4 — voronka- simon diafragma. 2 0 0 Jadvalning davomi Meteorologik stansiyalar Met.st.abs. balandligi, m Yanvar T° Iyul T° Yillik T° Maksimal T° Minimal T° Yillik yog‘in miqdori (mm hisobida) Chirchiq 668 0,6 27,0 13,5 — — 554,0 Chimgan 1438 5,1 20,2 8,2 — — 786,9 Abliq 845 1,5 26,3 12,7 43 31 408 Angren platosi 2280 6,5 16,2 4,3 31 34 889,1 Turk 976 0,7 25,3 12,3 — — 631,1 Qo‘qon 408 2,2 27,5 13,5 44 27 98 Farg‘ona 580 3,5 26,8 13 43 28 174 Andijon 450 3,0 27,3 13,5 44 29 226 Namangan 440 2,5 27,7 13,5 — — 177,2 Pop 441,2 1,0 28,0 13,9 — — 1623 Qorako‘l 196 2,0 29,1 14,8 48 25 114 Samarqand 695 0,3 26,0 13,4 45 27 328 Sanzar 1313 2,9 23,3 10,3 41 31 424 Tomdi 236 3,6 29,6 13,2 48 33 108 G‘uzor 525 2,3 29,9 16,2 49 26 285 Kitob 657 1,3 28,4 14,9 47 27 545 Mingchuqur 2117 4,3 19,8 7,8 35 30 589 Termiz 310 2,1 30,7 17 50 25 133 Denov 516,0 2,4 28,2 15,7 47 25 36 Boysun 1249 1,0 27,9 14,2 43 25 445 Qarshi 378 0,2 28,8 14,8 47 27 187 Urganch 98 4,8 27,5 11,9 46 32 82 Nukus 78 6,4 27,1 10,8 46 32 82 Churuk 124 9,8 26,2 8,4 46 38 122 Agar yog‘in miqdori minutiga 0,5—1 mm dan oshiq bo‘lsa, bunday yog‘in sel yoki jala yog‘ini deb ataladi. Yer kurrasining turli chekkala- rida yog‘inning miqdori turlicha. Yillik yog‘inning eng ko‘p miqdori Qora dengizning Kavkaz oldi hududlariga (Sochi va Batumi) to‘g‘ri kelib, 1200—2870 mm ni tashkil etadi, respublikamizning shimoli-shar- qiy qismiga (889 mm, Angren platosi: 734 mm, Chorvoq) ko‘p, g‘arbiy (82 mm, Urganch) hamda sharqi-janubiy (198 mm, Qo‘qon) qismiga kam, markaziy (424 mm, Sanzar) va janubiy qismiga (133 mm, Ter- miz) o‘rtacha miqdordagi yog‘in to‘g‘ri keladi. Mamlakatimizning tekis- lik hududlaridan tog‘ hududlari tomon yog‘inning miqdori oshib boradi (12.1-jadval). Bu holat yer usti va yer osti suvlarining umumiy regional oqimini vujudga keltiradi. Bug‘lanish. Haroratning o‘zgarishi natijasida suvning suyuq holat- dan bug‘ holatiga o‘tishi bug‘lanish jarayoni deb tushuniladi. Atmos- 2 0 1 feradagi bug‘ holatidagi asosiy suv massasi Dunyo okeani yuzasidan suvning bug‘lanishi oqibatida vujudga keladi. Yer sathiga Quyoshdan keladigan hamma issiqlik energiyasining 25% ga yaqini gidrosferadan suvni bug‘lanishi uchun sarf bo‘ladi. Bu holat planeta iqlim sharoiti vujudga kelishida eng asosiy aniqlovchi omil bo‘lib hisoblanadi. Bug‘lanish jarayoni faqat suv sathidan suvning bug‘lanishi natijasida sodir bo‘lmay, bu jarayonning rivojida o‘simliklar dunyosining ham aha- miyati katta. Jumladan, 1 g o‘simlik to‘qimasining paydo bo‘lishi uchun 300—1000 g suvning bug‘lanish yuz beradi. 1 tonna bug‘doy yetishtirish uchun 1500 t, 1 tonna sholi yetishtirish uchun 4000 t, 1 tonna paxta tolasini yetishtirish uchun 10000 t suv sarf bo‘ladi. O‘simliklar orqali suvning bug‘lanishi hamma vaqt tog‘ jinslari qatlami sathidan bug‘langan suv miqdoridan ko‘p bo‘ladi (Sedenko, 1979). O‘simliklar jasadi orqali suvning bug‘lanish jarayoni fanda transpiratsiya jarayoni deb, ularning suvga bo‘lgan chanqoqligini qondirishga sarf bo‘lgan suv miqdori (Q) ning, hosil bo‘lgan quruq o‘simlik massasi (Q 1 )ga nisbati, transpiratsiya koeffitsiyenti (T k ) deb yuritiladi va quyidagi formula bilan ifodalanadi: 1 k Q Q T , bu jarayon o‘simliklar turiga qarab turlicha yuz beradi (12.2-jadval). 12.2-jadval Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling