Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
GIDROIZOGIPS XARITASI VA UNI TUZISH
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
13.3. GIDROIZOGIPS XARITASI VA UNI TUZISH
Grunt suvlarining sathi u yoki bu maydonlar bo‘ylab doimo bir xil bo‘lmasligini hamda yillar, fasllar mobaynida o‘zgarib turishini hisobga olib, ma’lum davrlar uchun gidroizogips xaritalar tuziladi. Bu xaritalar asosini grunt suvlari sathining bir xil mutlaq yoki nisbiy balandlik nuqtalari bo‘yicha birlashtirib turuvchi chiziqlar tashkil etadi. Gidro- izogips xaritasi topografik xaritalarga o‘xshab ketadi. Topografik xarita- lardagi gorizontal chiziqlar dengiz sathiga nisbatan bir xil balandlik nuqtalarini birlashtirib tursa, bu xaritadagi gidroizogips chiziqlari grunt suvlarning bir xil sath balandliklarini birlashtirib turadi (13.3-rasm). Grunt suvlarining sath balandliklarini aniqlash topografik xaritalar yordamida amalga oshiriladi. Buning uchun grunt suv sath chuqurligining o‘zgarishini o‘rganish maqsadida qazilgan quduqlar topoxaritaga tushi- riladi, ularning dengiz yuzasiga nisbatan balandligi aniqlanib, kuzatish jurnaliga yozib boriladi. Shuningdek, kuzatish jurnaliga har bir quduqdagi maxsus asboblar (13.4-rasm) yordamida o‘lchangan grunt suvining sath chuqurligi ham yozib boriladi. Quduq joylashgan joyning mutlaq 13.3-rasm. Gidroizogips xaritasi (Y. Ergashevdan). 1 — burg‘i qudug‘i; 2 — shurf; 3 — gidroizogips chizig‘i va uning mutlaq balandligi, m. Raqamlar, chapdan: suratda — quduq va shurf nomeri, maxrajda — yer osti suvigacha bo‘lgan chuqurlik, m; o‘ngdan suratda quduq yoki shurf joylashgan joyning mutlaq balandligi, m; maxrajda — yer osti suvi sat- hining mutlaq balandligi; 4 — yer osti suv oqimining yo‘nalishi. 2 1 6 balandligidan suv sathigacha bo‘lgan chuqurlik qiymati ayirib tashlansa, quduqdagi grunt suvi sathining mutlaq balandligi chiqadi. Masalan, 16.3- rasmdagi quduqning mutlaq balandligi 506,5 m, ana shu balandlikdan turib o‘lchangan grunt suvining sath chuqurligi 5,5 m. Bunda grunt suvi sathining mutlaq balandligi 506,5 -5,5=501 m bo‘ladi. Ana shu yo‘sin- da hamma quduqlardagi grunt suvi sathlari hisoblab chiqiladi. Bir xil balandlikdagi nuqtalar bir-birlari bilan birlashtirilib, gidroizogips chizig‘i o‘tkaziladi. Agarda quduqlar oralig‘idan qo‘shimcha gidroizogips chiziqlari o‘tkazish lozim bo‘lib qolgudek bo‘lsa, ana shu bir-biridan ma’lum masofadagi ikki quduqdagi grunt suvlari sathlarining mutlaq balandliklari farqi topilib, farq ikkala quduq oralig‘idagi masofaga bo‘linadi. Masalan, 5 va 6-quduqlardagi (13.3-rasm) grunt suvlari sathlarining mutlaq balandligi farqi 501 -497=4 m, masofa 4 sm, bunda har bir sm ga 1 m balandlik farqi mos keladi. Shu bilan yer osti suv- larining 500, 499, 498 m ga teng bo‘lgan oraliq nuqtalarini topishga muyassar bo‘linadi. Shu yo‘sinda boshqa quduqlar oralig‘idagi nuqtalar ham aniqlanib, olingan hamma natijalar asosida mukammal gidroizogips xaritasi yaratiladi. Amaliyotda grunt suvlarining oqim qiyaligini hamda suv harakat yo‘nalishini bilish katta ahamiyatga ega. Chunki qiyalik qancha katta 13.4-rasm. Yer osti suvlari sathini o‘lchaydigan asboblar; a — po‘kakli o‘lchagich; b — ovoz beruvchi o‘lchagich (xlopushka); d — elektrik o‘lchagich. 2 1 7 bo‘lsa, suv oqim tezligi ham shuncha katta bo‘ladi. Suv oqimi qiyali- gini ikki gidroizogips chizig‘i balandliklarini hisobga olgan holda quyidagi formula yordamida aniqlanadi: 1 2 q H H l J , bu yerda: J q — grunt suv oqimining qiyaligi; H 1 — birinchi gidroizogips chizig‘i o‘tgan mutlaq balandlik; H 2 — ikkinchi gidroizogips chizig‘i o‘tgan mutlaq balandlik; l — birinchi va ikkinchi gidroizogips chiziqlari orasidagi to- pografik xarita masshtabini hisobga olib aniqlangan masofa. Gidroizogips oralig‘idagi masofa bir-biriga qancha yaqin bo‘lsa, grunt suvlari oqimining qiyaligi ham shuncha katta bo‘ladi va aksincha. Grunt suvlari oqimining qiyaligi suv oqimining gidravlik gradiyenti yoki bosim gradiyenti deb ham yuritiladi. Grunt suvlari oqimining harakat yo‘nalishini aniqlash uchun katta mutlaq balandlikka ega bo‘lgan gidroizogips chizig‘idan, kichik mutlaq balandlikka ega bo‘lgan gidroizogips chizig‘iga qarab perpendikular o‘tkaziladi. O‘tkazilgan perpendikular chizig‘i grunt suvining harakat yo‘nalishini ko‘rsatadi. Tabiatda grunt suvi harakat qiluvchi suvli qatlam- ning ostidagi suv o‘tkazmaydigan qatlamni yer osti relyef tuzilishiga, uni qiyaligiga qarab gidroizogips chiziqlari bir-birlariga nisbatan goh yaqin, goh uzoq joylashishi, buni natijasida grunt suvining harakat yo‘na- lishi oqim qiyaligi ham o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun perpendikular chiziq gidroizogipsni bir necha joyidan o‘tkazilgani ma’qul. Grunt suvlari oqimining harakat yo‘nalishini aniqlashning uchbur- chak usuli ham mavjud. Bu- ning uchun o‘z joylashishi bo‘yicha uchburchak shaklini hosil qiluvchi uchta burg‘i qudug‘i bo‘yicha grunt suv- lari sathlarini mutlaq baland- ligi to‘g‘risidagi ma’lumot bo‘lishi darkor. Masalan, bi- rinchi A nuqtaga joylashgan quduqdagi suv sathi mutlaq balandligi 26 m, B nuqtada joylashganining mutlaq ba- landligi 30 m, hamda V nuq- tadagisiniki — 24 m (13.5- rasm). Eng avvalo, AB va BG nuqtaga joylashgan burg‘i qu- duqlari oralig‘ini (uchbur- 13.5-rasm. Grunt suvi oqimining harakat yo‘nalishini uchburchak usuli yordamida aniqlash. 2 1 8 chak tomonlarini) teng bo‘laklarga bo‘linib chiqiladi. So‘ngra uchbur- chak tomonlaridagi har bir nuqtaga to‘g‘ri keluvchi suv sath balandlik- lari aniqlanib, bir xil balanlikdagi nuqtalar birlashtiriladi. Ana shu nuqtalarni (29, 28, 27, 26, 25) birlashtirish natijasida hosil qilingan chiziq gidroizogips chizig‘i bo‘ladi. So‘ngra gidroizogips chizig‘ining baland nuqtasidan past nuqtasiga qarab perpendikular chizig‘i o‘tkazi- ladi. Hosil qilingan BD chizig‘i grunt suvining shu maydondagi oqim harakat yo‘nalishini ko‘rsatadi. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling