Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
13.2. GRUNT SUVLARI
Grunt suvlari deganda yer sathiga nisbatan birinchi joylashgan suv o‘tkazmaydigan qatlam ustki qismidagi yer osti suvi tushuniladi (13.1- rasm). Grunt suvlari quyidagi xususiyatlari bilan boshqa yer osti suvlari- dan farq qiladi: 1. Grunt suvlari suv o‘tkazmaydigan qatlam ustidagi suvli tog‘ jinslari tarqalish hududi bilan, ularning qalinligi, suv o‘tkazuvchanligi bilan chambarchas bog‘liq. 2. Grunt suvlarini vujudga keltiruvchi asosiy omillar bo‘lib, atmosfera yog‘ini, daryo, ko‘l havzalaridagi suvlar, gidrotexnik inshootlar (kanal, suv omborlari, sug‘orish shoxobchalari) dagi suvlar hamda atmosferadagi mavjud suv bug‘larining kondensatsiyalanishi hisoblanadi. 3. Grunt suvlarining sath chuqurligi va sarfi yil fasllarining o‘zgarishi, daryo suvlarining sarfi, sug‘orish shoxobchalarida suv oqishi vaqtlari bilan bog‘liq holatda goh ko‘tarilib, goh pasayib turadi. 4. Grunt suvlarining kimyoviy tarkibi, fizik xususiyatlari yig‘iladi- gan yoki oqib o‘tadigan tog‘ jinslari tarkibi bilan, suv yig‘ilish maydoni- ning geoekologik sharoitiga qarab o‘zgarishi mumkin. Ko‘p hollarda grunt suvlarining tarkibi, xossa va xususiyatlari yer yuzasidagi suv havzalaridagi suvlarga yaqin bo‘ladi. 2 1 4 Fanda grunt suvlari mavjud bo‘lgan qatlamni suvli qatlam deb, grunt suvlarining sathidan suv o‘tkazmaydigan qatlamgacha bo‘lgan masofa suvli qatlamning qalinligi deb, yer yuzasidan grunt suvlarining sathigacha bo‘lgan masofa ularning sath chuqurligi deb yuritiladi. Grunt suvlarining ustki yuzasi uning sathi deyiladi. Agar grunt suvlarining sathi yer yuzasiga nisbatan gorizontal holatda bo‘lsa, grunt suvlarining havzasi, yer yuzasiga nisbatan ma’lum qiyalikda yotsa, yer osti suvlari oqim vujudga keladi. Grunt suvlari o‘zining vujudga kelish, harakat qilish jarayonida daryo, ko‘l, suv omborlari, kanal suvlarini oziqlantirishi yoki biz yuqo- rida ko‘rsatib o‘tganimizdek, ulardan suv olishi, oziqlanishi mumkin (13.2-rasm). Ulardan oziqlanish jarayoni asosan bahor fasliga, oziqlan- tirish esa yoz fasliga to‘g‘ri keladi. Shunday qilib, grunt suvlari bilan yer usti (daryo) suvlari orasida doimiy ravishda gidravlik bog‘liqlik hukm suradi. Gidrogeologiyada yer osti suvlarini, jumladan, grunt suvlarining «rejimi» degan ibora ishlatiladi. Grunt suvlarining rejimi deganda tabiiy (geologik, geomorfologik, ob-havo sharoiti) va texnogen (odamlarning xo‘jalik faoliyatlari) omillar ta’siri ostida yer osti suvlari harakatini, suv sarfini, sathini, tarkibini va xossa, xususiyatlarining ma’lum vaqt mobaynida o‘zgarib turish tushiniladi. Grunt suvlarining rejimini o‘rga- nish katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Chunki grunt suvlarining ko‘p yillik, yillik va fasliy rejimini o‘rganmasdan, bilmasdan turib, ular- ning o‘zgarish sabablarini, qonuniyatlarini bilish, xalq xo‘jaligi obyekt- larini yer osti suvlari bilan ta’minlash masalalarini hal etish aslo mum- kin emas. 13.2-rasm. Yer osti grunt suvlarini yer usti suvlari bilan bog‘liqligi (M.V.Sedenkodan). a — tuproq suvlari bilan yer usti suvlari orasida bog‘liqlik yo‘q; b — grunt suvi daryo suvidan oziqlanmoqda; d — daryo suvi grunt suvidan oziqlanmoqda; e — o‘ng qirg‘oqdagi grunt suvlari daryo suvini oziqlantirmoqda, chap qirg‘oqdagi grunt suvlari daryo suvidan oziqlanmoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling