Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

16.2. YORIQ SUVLAR
Yer osti yoriq suvlari magmatik (granit, granodiorit, porfirlar, dioritlar
va b.), metamorfik (gil slaneslari, argillitlar, marmarlar va b.), cho‘kindi
(ohaktoshlar, qumtoshlar, dolomitlar va b.) qoya tog‘ jinslari bilan,
ulardagi mavjud yoriqlar bilan bog‘liq holda paydo bo‘ladi. Ma’lumki,


2 2 8
yuqoridagi guruhga kiruvchi qoya tog‘ jinslari tabiiy tarqalish sharoitiga,
yer sathiga nisbatan yotish chuqirligiga qarab, ana shu jinslar tarqalgan
hududning o‘tgan va hozirgi zamondagi tektonik sharoitiga qarab, o‘zla-
rining tabiiy holatini turlicha darajada saqlagan bo‘ladi. Boshqacha qilib
aytganda, u yoki bu darajada nurash jarayoniga uchragan har xil o‘lcham-
dagi yoriqlar hosil qilgan bo‘ladi. Ana shu yoriqlarga atmosfera yog‘ini-
ning, yer usti suv oqimlarining sizib kirishi oqibatida vujudga kelgan
suvlarni gidrogeologiya fanida 
yer osti yoriq suvlari deb ataladi. Yer
osti yoriq suvlari tog‘ jinslaridagi mavjud yoriqlarning xillariga qarab
litologik yoriq suvlarga, qatlamlararo yoriq suvlarga va nihoyat tekto-
nik yoriq suvlariga bo‘linadi.
Litologik yoriq suvlar qoya tog‘ jinslarining nurash jarayoni ta’sir
etgan zonasida uchrab, oqish chuqurligi 100—200 m ga boradi va
qatlamlar orasidagi tog‘ jinslari nurash jarayoniga uchraganlik daraja-
siga, yotish holatiga qarab ma’lum yo‘nalishda bo‘ladi (16.2-rasm).
Qatlamlararo yoriq suvlar, o‘zidan deyarli suv o‘tkazmaydigan (gil
jinslari, argillit va b.) jinslar oralig‘ida uchrovchi ohaktoshlar, qumtosh-
larning yoriqlarida vujudga keladi.
Tektonik yoriq suvlar qoya tog‘ jinslari qatlamlarini qirqib o‘tuvchi
yoinki ulardagi mavjud tektonik yoriqlarda vujudga keladi va harakat
qiladi. Bu suvlarning uchrash chuqurligi tektonik yoriqlar chuqurligiga
bog‘liq bo‘lib, litologik va qatlamlararo yoriq suvlardan ancha chuqur-
likda, bazan bir necha yuz, bir necha minglab metrda uchrashi mumkin.
16.2-rasm. Qatlamlararo yoriq suvlarning vujudga kelish va harakat qilish sxemasi.
1 — suv o‘tkazmaydigan qatlamlar; 2 — nurash jarayoniga uchragan qoya ohaktoshlar,
yoriq suvlar vujudga kelish zonasi; 3 — qatlamlararo yoriq suv sathi; — Qatlamlararo
yoriq suvining harakat yo‘nalishi; 5 — qoya ohaktosh qatlamining nurash jarayoniga
nisbatan uchramagan qismi.


2 2 9
Qatlamlararo va tektonik yoriq suvlar o‘zlarining paydo bo‘lish,
tarqalish va yotish holatlariga qarab, bosimli va yuqori haroratga (50—
100°C) ega ham bo‘lishi mumkin. Bu suvlar mamlakatimizning va Yer
sharining hamma tog‘li hududlarida uchraydi.
Yoriq suvlar tarkibi jihatidan kam minerallashgan (litriga 0,5 gramm-
dan kam) bo‘lib, yer usti suv oqimining vujudga kelishida juda katta
ahamiyatga ega.

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling