Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


 Buloqlar qanday paydo bo‘ladi? Ular paydo bo‘lishiga qarab qanday guruh- larga bo‘linadi? 5


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

4. Buloqlar qanday paydo bo‘ladi? Ular paydo bo‘lishiga qarab qanday guruh-
larga bo‘linadi?
5. Pastga oquvchi va pastdan yuqoriga otilib chiquvchi buloqlar to‘g‘risida
tushuncha bering.
6. Dunyodagi eng yirik buloqlar qaysi davlatlar hududlarida joylashgan?
Ularning debitlari, harorati to‘g‘risida gapirib bering.
7. Buloqlar qanday belgilariga qarab klassifikatsiyalanadi? Texnogen buloqlar
qanday paydo bo‘ladi? Ularning oqimi vaqtinchaligiga ta’sir etuvchi sabablar
nimalardan iborat?
16-BOB
KARST VA YORIQ SUVLAR
16.1. KARST YER OSTI SUVLARI
Karst suvlari, asosan, turli yoshdagi ohaktoshlar, dolomit, gips, osh
tuzi, ba’zan gil jinslari qatlamlarida tektonik ko‘tarilishlar, daryo o‘zani-
ning mutlaq va nisbiy balandliklari o‘zgarishi, atmosfera yog‘inining
ta’siri ostida vujudga keladigan karst bo‘shliqlari (g‘orlar, kovaklar, yer
osti kanallari va b.) faoliyati bilan bog‘liq holda paydo bo‘ladi (16.1-
16.1-rasm. Yer osti karst suvlarining vujudga kelish va harakat qilish sxemasi
(M.E. Altovskiy bo‘yicha).


2 2 7
rasm). Ana shu karst bo‘shliqlari bo‘ylab harakat qiladigan yer osti
suvlarini karst suvlari deb ataladi. Karst suvlarining mavjudligi va o‘zi-
ning uzunligi bilan dunyodagi eng mashhur g‘orlar guruhiga AQSH
dagi Mamont (uzunligi 160 km), Selitrali Indiana shtati (uzunligi 107 m,
balandligi 75 m) va Shveysariyadagi Xellox g‘orlarini ko‘rsatish mum-
kin. Shuningdek karst bo‘shliqlari Avstraliyada, Rossida, Fransiyada,
Italiyada, Ukrainada, Shimoliy Afrikada, Gretsiyada va b. mamlakat-
larda mavjud. Respublikamizda karst bo‘shliqlari va karst suvlari Xisor
tizmasining Kuxitang tog‘ tarmog‘ida («Qorluq», Turkmaniston chega-
rasida), Boysun tizma tog‘larida (Teshiktosh), Qoratepa tog‘ining g‘ar-
biy qismida (Sovuqbuloq), Samarqand viloyati Urgut tumanining g‘arbiy
qismida (Qirqtog‘), Surxondaryo viloyati Sho‘rob qishlog‘ining janubi-
da (Suvsiztog‘), Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida (Xo‘jikent,
Ko‘lota va b.) mavjud. Karst suvlarining yer yuzasiga nisbatan chuqurligi
asosan 150—500 m, ba’zan 800—1000 m ga yetishi ham mumkin. Karst
bo‘shliqlari bo‘ylab oquvchi karst suvlarining oqish chuqurligi, daryo
o‘zani sathining mutlaq yoki nisbiy balandligi tomon o‘zgaraboradi.
Shuning uchun daryolarning ikki qanoti maydonida turlicha balandlik-
dagi, turlicha kenglikdagi va turlicha sarfga ega bo‘lgan karst buloqlari
kuzatiladi. Bu holat ana shu hududda yuz bergan o‘tgan va hozirgi
zamon tektonik harakatlarining tezligi bilan bog‘liq holda sodir bo‘ladi.
Yer osti suvlari sarfining doimiyligi ko‘p holatlarda yer osti karst
suvlarining sarfiga bog‘liq. Buloqlar ko‘rinishdagi yer osti suvlarining
sarfi sekundiga 35—40 m
3
beradi. Shunday buloqlar qatoriga Italiyadagi
Stella va Friuli buloqlarini kiritish mumkin. Karst buloqlaridan chiquvchi
yer osti suvlarining bunday yuqori sarfi ulardan energetik maqsadlari
uchun ishlatish imkoniyatini beradi. Fransiyaning janubidagi «Voklyuz»
va Jazoir qator buloqlar ana shular jumlasiga kiradi. Shu bilan birga
tabiatda daryo suvlarining bir qismi ba’zida butun bir daryo oqimi karst
bo‘shliqlari, karst voronkalari orqali yer ostiga singib, yer osti suv oqimini
hosil qilishi ham mumkin. Masalan, Boshqirdiston hududida oquvchi
Yamanelga daryosi ohaktoshlardagi mavjud karst kanallari orqali 40 km
masofa bo‘ylab yer ostida oqadi. Shuningdek, Uraldagi (Rossiya) Kizel,
Kosva daryolari o‘z suv oqimlarini ohaktoshlar tarqalgan hududlarda
sekundiga 0,5 dan 3,4 m
3
gacha bo‘lgan qismini yer ostiga singdirib
yuboradi. Bunday holatlarni mamlakatimizdagi mavjud Pskom, Chotqol
daryolari vodiylarida ham uchratish mumkin.

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling