Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


 MUZLAGAN QATLAM USTI SUVLARI


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

17.1. MUZLAGAN QATLAM USTI SUVLARI
Bu turkumga kiruvchi yer osti suvlari doimiy muzlagan tog‘ jins
qatlamlarining ustki yer sathiga yaqin qismida vujudga keladi va yil
fasllari bo‘ylab goh erib, goh yana muz holatiga aylanib turadi. Shuning
uchun bu suvli qatlamni fanda aktiv faoliyatli qatlam deb ham yuritiladi.
Bu qatlamda yillik harorat turli rayonlarda turlicha o‘zgarish xarakteriga
ega. Masalan, Taymir orolining shimoliy qismida o‘rtacha yillik harorat
10—15 m chuqurlikda 13—15°C bo‘lsa, Oymyakonda — 10—12°C,
Yoqutistonda esa 10—12 m da 4°C, Chitada — 2°C o‘zgaradi (M. O. Se-
denko, 1979). Aktiv faoliyatli qatlamning qalinligi Rossiyaning shimoli
sharqida 30 m ga yetadi. Bu chuqurlikdan pastda doimiy muzliklar qat-
lami boshlanadi.
Muzlagan tog‘ jinslari qatlam usti suvining oziqlanishida yer usti
suv oqimi bilan bir qatorda pastki qatlamlardan oqib chiquvchi qatlam-
lararo va yoriq suvlarining ham ahamiyati katta (17.1-rasm). Qatlam
usti suvlar kuz fasli oxirlaridan boshlab ustki tomonidan pastga qarab
sekin-asta muzlay boshlaydi. Natijada mahalliy, fasliy xarakterga ega
bo‘lgan bosimli suvga aylanishi ham mumkin. Bunday suvlarning vujudga
kelishida qatlamlarning yer sathi tuzilishiga, jinslar tarkibiga va xossa,
xususiyatlariga, ularning muzlaganlik darajalariga bog‘liq holda sodir
bo‘ladi.
17.2. MUZLAGAN QATLAMLARARO SUVLAR
N. I. Tolstixin bo‘yicha, muzlagan qatlamlararo suvlarga muzlagan
tog‘ jins qatlamlari oralig‘ida harakat qiluvchi suvlar hamda tog‘ jinslari
g‘ovaklaridagi, jins zarralarini qovushtirib turuvchi muzlar, muz uyumlari
kiradi. Suyuq holatda harakat qiluvchi suvlar ko‘p holatda yuqori
darajada minerallashgan bo‘lib, aniq, yagona oziqlanish oblastiga ega
bo‘lmaydi. Bu suvlarning paydo bo‘lishida muzlagan jins usti suvlari,
muzdan tushgan yoki pastga harakat qiluvchi erigan yax suvlari, past
qatlamlar yoriqlari orqali ko‘tarilib chiqib turuvchi suvlar o‘z ijobiy
ta’sirini ko‘rsatadi. Yotish va harakat qilish holatiga qarab ular g‘ovak
qatlamli, yoriq, tomirli suvlar guruhiga kiradi. G‘ovak-qatlamli suvlar,
asosan, alluvial yotqiziqlar faoliyati bilan, yoriq va tomir suvlar tektonik
yoriqlar, uzilmalar faoliyati bilan bog‘liq holda vujudga keladi.


2 3 1
Qatlamlararo yer osti suvlari Rossiyaning Markaziy Yoqutiston ray-
onlarida, Novosibirsk, Lyaxov orollarida, Lena daryosi oqimining pastki
qismlarida keng tarqalgan bo‘lib, suvli qatlamlarining qalinligi bir necha
metrdan bir qancha o‘n, yuz metrlarga borishi mumkin.
Qatlamlararo yer osti suvlarining muzlashi, muzga aylanishi ba’zan
yer sathi va yer osti qatlamlari ko‘tarilishiga, bukilishiga, baland-
pastliklar vujudga kelishiga sababchi bo‘ladi (17.1-rasm). Qatlamlararo
suvlarni yuqorigi yoriqlar orqali ko‘tarilish va yig‘ilib yaxlashi oqibatida
vujudga kelgan shakllarning ba’zilari N. I. Tolstixin tomonidan gidro-
lakkalitlar nomi bilan atalgan. Gidrolakkalitlar yuqoridagi yer sathida
yuz beradigan baland-plastliklar paydo bo‘lishida asosiy omillardan bo‘lib
hisoblanadi. Yer sathidagi bunday o‘zgarishlarning mavjudligi o‘z nav-
batida shu maydonda qatlamlararo suvning mavjudligidan dalolat beradi.

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling