Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


 MUZLAGAN QATLAM OSTI SUVLARI


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

17.3. MUZLAGAN QATLAM OSTI SUVLARI
Doimiy yoki ko‘p yillik muzlagan jinslar qatlamlaridagi va ularning
ostki qismida paydo bo‘lgan hamma yer osti suvlari shu turkumga kiradi.
Bu suvlar muzlagan jinslar usti, muzlagan jinslar oralig‘ida paydo bo‘lgan
suvlarga qaraganda o‘z joyiga nisbatan doimiyligi, suv sarfining ko‘pligi
bilan ajralib turadi. Vujudga kelishidagi asosiy omillar bo‘lib, abadiy,
ko‘p yillik muzlar erishi oqibatida paydo bo‘lgan suv, atmosfera yog‘ini
va yer usti suv oqimlari hisoblanadi. Qatlamlar osti suvlari minerallashgan
17.1-rasm. Gidrolakkalit. 1muzlagan qatlam usti suvi; 2 — muzga aylangan yer
osti suvi; 3 — muzlagan jins qatlamidagi suvli yoriqlar.


2 3 2
17.2-rasm. Muzlagan jinslarning yil mobaynida erishi va qayta muzlashi oqibatida
vujudga keluvchi buloqlar (N.I.Tolstixin bo‘yicha):
a — yozdagi va bqishdagi holati; 1 — aktiv faoliyatli qatlam; 2 — otqindi tog‘
jinslar; 3 — muzlagan otqindi tog‘ jinslar; 4 — fasllar mobaynida muzlash chegaralari.
va minerallashmagan holatda uchraydi. Asosan bosimli bo‘lib, tog‘
jinslari g‘ovaklariga, karst bo‘shliqlariga, tektonik yoriqlarga joylashgan.
Muzlagan qatlam osti suvlar N. I. Tolstixin bo‘yicha alluvial, g‘ovak-
qatlamli, yoriq qatlamli, yoriq, g‘ovak-karstli guruhlarga bo‘linadi.
Alluvial qatlam osti suvlari, alluvial guruhdagi tog‘ jinslarining
tarqalishi, yotish holatlari, qalinligi, litologik va petrografik tarkibiga
bog‘liq holda vujudga keladi. Oziqlanishi atmosfera yog‘inlari, erigan
muz va yax suvlari hamda qoya tog‘ jinslari yoriqlaridagi suvlar alluvial
jins qatlamiga oqib kirishi natijasida hosil bo‘ladi. Bu jins qatlamlaridagi
suvlarning harorati nolga yaqin bo‘lib, yoriq suvlar oqib kirish zonalarida
esa ancha yuqori darajada bo‘lishi bilan, organik moddalar kamligi bilan
xarakterlanadi.
G‘ovak-qatlamli suvlar katta yoshdagi cho‘kindi jinslarining g‘ovaklari
va qatlamlarida paydo bo‘lib, bosimliligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun
bu qatlam osti suvlari tarqalgan hududlarda artezian suv havzalari mavjud.
Yoriq qatlamli suvlar, asosan, o‘zidan suv o‘tkazmaydigan gil jinsla-
ri qatlamlari oralig‘ida yotuvchi seryoriqli qoya tosh jinslari, jumladan,
qumtoshlar, konglomeratlar, ohaktoshlar yoriqlari bo‘ylab harakat qiladi.
Ba’zan bir necha suvli gorizontlardan, qatlardan tashkil topgan bo‘lib,
o‘n, hatto yuz metrli suv bosimga ega.
Yoriq, yoriq-karst bo‘shliqlaridagi muzlagan qatlam osti suvlari tektonik
burmalanish, uzilish, yorilish jarayonlari yuz bergan hududlarda, karst
bo‘shliqlari mavjud bo‘lgan tog‘ jinslari tarqalgan maydonlarda paydo
bo‘ladi. Bunday suvli maydonlar Rossiyaning Aldan, Lena daryolari
havzalarida, Zabaykalyening ko‘p qismlarda o‘z rivojini topgan.
Abadiy va ko‘p yillik muzliklar bilan qoplangan hududlarda yer osti
suvlarining yer yuzasiga buloqlar ko‘rinishidagi oqib chiqish holatlari
ham mavjud. Buloqlar o‘zlarining oqib chiqish manbalariga qarab
yuqoridan pastga oquvchi va pastdan yuqoriga otilib chiquvchi guruhlarga
bo‘linadi.


2 3 3
Yuqoridan pastga qarab oquvchi buloqlar asosan muzlagan qatlam
usti suvlari harakati bilan bog‘liq bo‘lib, mahalliy eroziya bazasidan
yuqorida joylashgan bo‘ladi va ulardan oqib chiquvchi suvning sarfi yil
mobaynida nihoyatda o‘zgaruvchan xususiyatga ega. Shuning uchun bu
guruhdagi buloqlar f a s l i y va d o i m i y oquvchi buloqlarga ajraladi.
Pastdan yuqoriga otilib chiquvchi buloqlar muzlagan qatlam osti
suvlarining yer yuzasiga ma’lum bosim ostida otilib chiqishi natijasida
hosil bo‘ladi.
Bunday buloqlarga oqib kelayotgan yer osti suvlari yil mobaynida
goh muzlash va yana suv oqimiga aylanishi mumkin (17.2-rasm). Shu-
ning uchun ular vaqt-vaqti bilan qurib qoluvchi, fasllararo o‘zgaruv-
chan, o‘z oqib chiqish joyini o‘zgartirib turuvchi, doimiy sarfli, yil
mobaynida oqib turuvchi va doimiy sarfga ega bo‘lmagan buloqlar
turlariga bo‘linadi (Sedenko, 1979).

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling