Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Vodorod sulfidli suvlar Farg‘ona, Surxondaryo artezian havzalarida
o‘z rivojini topgan bo‘lib, paleogen davri cho‘kindi tog‘ jinslari komp-
lekslari bilan hamda bitumli yotqiziqlar va neft uyumlari bilan bog‘liq
holda tarqalgan. Shifobaxshligi, minerallashganlik darajasi va kimyoviy
komponentlarining turlari bilan Sochi, Masesta, Talgi (Kavkaz) oltin-
gugurt suvlaridan qolishmaydi. B. A. Beder, A. S. Xasanov va b. ma’lu-
motlariga ko‘ra (1971) O‘zbekistondagi oltingugurtli konlar H
2
S ning
miqdoriga qarab quyidagi gruruhlarga bo‘linadi:
1. O‘ta miqdordagi H
2
S konsentratsiyasiga (
SH
2
S
=1000—2000 mg/l)
ega bo‘lgan konlar — Sho‘rsuv, Shimoliy Sox, Andijon.
2. Yetarli miqdordagi H
2
S konsentratsiyasiga (
SH
2
S
>120mg/l) ega
bo‘lgan konlar — Chimiyon, Polvontosh, Xojiobod, Janubiy Olamushik
va b.
3. O‘rta va kam miqdordagi H
2
S konsentratsiyasiga (
SH
2
S
<120 mg/l)
ega bo‘lgan konlar — Changara, Sho‘rsuv va b.
Iodli mineral suvlar ham asosan Farg‘ona vodiysining shimoliy sharqiy
hududlarida (Chortoq, Namangan) neogen davrining massaget yarusi
yotqiriqlari gorizontallarida aniqlangan. Suv yuqori darajada minerallash-
gan (600mg/l), yuqori haroratli (49,5°C), kam radioaktivli, gazli bo‘lib,
debeti sekundiga 1—5 litrni tashkil etadi. Tarkibi bo‘yicha xlorli-natriy-
kalsiy suvlar guruhiga kiradi.


2 3 6
Radonli mineral suvlar Chotqol-Qurama tog‘lari hududida (Arslon-
buloq), Farg‘ona vodiysining janubiy, janbi-sharqiy qismida (Shoxi-
mardon), Surxondaryo, Amudaryo artezian havzalarida keng tarqalgan
bo‘lib, kam minerallashgan (0,3—0,7), radonning maksmial miqdori
litriga 50 (Arslonbuloq), (Shohimardon) emanni tashkil etadi. Ohangaron
daryosining yuqori oqimi rayonlarida, jumladan Jigariston kaolin koni
maydonida litriga 2,6 dan 17,2 eman atrofida o‘zgaradi. Bu yerda shuni
ta’kidlab o‘tish kerakki, tog‘ jinslari ichida radonga boyligi bilan intruziv
jinslar (granit, granodiorit va b.) yoriqlaridan oqib chiquvchi yer osti
suvlari ajralib turadi.
Kam minerallashgan ishqoriy termomineral suvlar asosan Toshkent,
Farg‘ona, Zarafshon artezian yer osti suvi havzalarida tarqalgan. Bunday
suvlar Toshkentoldi rayonida yuqori bo‘r davrining senamon gorizontiga
joylashgan bo‘lib, yer ostidan yuqori bosim ostida (18—20 atm) otilib
chiqishi, yuqori harorati (
+42+67
0
C), sekundiga 0,7—1,2 litr debetga
egaligi, nisbatan kam minerallashganligi (0,5 dan 0,9 g/l) bilan
xarakterlanadi. Tarkibi bo‘yicha gidrokarbonat natriyli suvlar guruhiga
mansub, shuningdek, suv tarkibida ko‘p turdagi mikroelementlar (Si,
Al, Fe, Ti, Mo, Mg, V va b.) mavjud.
Uranning miqdori 4,8•10
-6
dan 8•12•10
-6
gacha, radiyniki 9,9•
•10
-12
dan 1,4
-12
g/l gacha, radonniki 3,07 dan 7,8 eman oralig‘ida
o‘zgaradi. Tarkibidagi erigan azot miqdori 72,8—89,6 %, kislorod 12—
18,6 %, karbonat angidrid gazi 0,5—8,9 % ga boradi. Suv yumshoq,
ishqoriy bo‘lib, umumiy qattiqligi 1,5—2,5 mg/l, pH: 7,2—8,2. Hozirgi
vaqtda bu suv «Toshkent mineral suvi» nomi bilan mashhur bo‘lib «Bo-
tanika», «Fedorovich», «Keles», «Chinobod» va boshqa sanatoriylarda
shifobaxsh suv sifatida qo‘llaniladi.
Kam minerallashgan ishqoriy termomineral suvlar Farg‘ona artezian
havzasidagi neogen yotqiziqlarining baktriy yarusida, yuqori mel
qatlamlarida, Zarafshon artezian havzasida esa yuqori bo‘r konglome-
rat, gravelitlari qatlamlarida ochilgan.
V. A. Aleksandrov mineral suvlarni 6 klassga bo‘ladi:
1. Gidrokarbonatli suvlar bo‘lib, HCO
3
ionni 25 mg/ekv dan ortiq
bo‘ladi. Boshqa ionlar miqdori bundan kam. Bu suvlar o‘z tarkibidagi
kationlarning miqdoriga ko‘ra: natriy gidrokarbonatli, kalsiy gidro-
karbonatli va magniy gidrokarbonatli suvlarga bo‘linadi.
2. Xlorli suvlar. Xlor ionlarining miqdori 25 mg/ekv dan ortiq bo‘ladi.
3. Sulfitli suvlar. Sulfit ionlari 25 mg/ekv dan ortiq.
4. Aralash suvlar. Yuqoridagi uch klass ionlari kombinatsiyasidan
tashkil topgan suvlar: a) xlorli gidrokarbonatli (sulfat ioni oz); b) sulfatli-
gidrokarbonatli (xlor ioni kam); d) xlorli-sulfatli.
5. Tarkibida Fe, As, Ag, Br va boshqa mikroelementlar bo‘lgan suvlar.
6. Gazli suvlar: a) karbonat angidridli; b) vodorod sulfitli; d) radio-
aktivli suvlar.


2 3 7
1956-yili V. A. Aleksandrov o‘z klassifikatsiyasini mujassamlashtir-
gan holda mineral suvlarni nitratli, kalsiyli, magnitli suvlar klassiga
ajratib, ularni 3 guruhga: 1) aktiv ionli suvlar (mishyakli, bromli va b.);
2) gazli; 3) termal suvlar guruhiga birlashtirdi.
Mineral suvlar kimyoviy tarkibi va shifobaxsh xususiyatlariga qarab
quyidagi 8 guruhga bo‘linadi:
1. Ishqoriy suvlar. Tarkibida natriy yoki kalsiy va karbonat-kislota
ko‘p bo‘ladi.
2. Natriy xloridli suvlar.
3. Temirli — Fe(HCO
3
)
2
tarkibli suvlar.
4. Taxir suvlar. Tarkibida ko‘p miqdorda magniy sulfid bo‘ladi.
5. Sulfidli (oltingugurtli) suvlar. Tarkibida vodorod sulfid va metall
sulfidlari ko‘p bo‘ladi.
6. Ohakli suvlar. Tarkibida karbonat angidrid ko‘p bo‘ladi.
7. Mishyakli suvlar.
8. Tarkibida juda oz miqdorda kimyoviy elementlar bo‘lgan, davo-
lash xususiyati uncha bo‘lmagan suvlar.
Bu suvlarning ichida karbonat angidridli (Kavkazdagi «Narzan»,
Markaziy Osiyodagi «Arashan» guruhidagi suvlar), oltingugurtli («Sho‘r-
suv», Andijon, «Chimiyon» mineral suvlari), radioaktiv («Arslonbuloq»,
«Shohimardon» va b.), yodli («Chortoq», «Namangan») suvlar o‘ta
shifobaxshligi bilan ajralib turadi.

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling