Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Takrorlash va tekshirish uchun savollar


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Takrorlash va tekshirish uchun savollar
1. Mineral suvlar deb qanday suvlarga aytiladi?
2. Mineral suvlar tarkibi, xossa va xususiyatlari vujudga kelishida va o‘zgarishi-
dagi asosiy omillar to‘g‘risida gapirib bering.
3. Mineral suvlar tarkibi, xossa va xususiyatlariga qarab qanday klasslarga
bo‘linadi? Shifobaxshligiga qarab-chi?
4. Respublikamiz hududida mavjud mineral suvlar to‘g‘risida gapirib bering.
5. Termal suvlar deb qanday suvlarga aytiladi?
6. Qanday suvlar sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan suvlar hisoblanadi?
7. Mineral suvlardan qanday kimyoviy mikrokomponentlar va tuzlar ajratib
olinadi?


2 3 9
19-BOB
YER OSTI SUVLARINING DINAMIKASI
Yer osti suvlarining dinamikasi deganda ma’lum tarkibga (litolo-
gik, granulometrik, kimyoviy va b.) fizik, suvli xossa va xususiyatlarga
(zichlik, g‘ovaklik, namlik va b.) ega bo‘lgan jins qatlamlarida u yoki
bu haroratdagi suvlarning harakat qilish qonuniyatlari tushuniladi.
Ma’lumki, suv molekulalari bir-biri bilan qo‘shilib, ma’lum tarkibdagi,
qalinlikdagi, sarfdagi va yo‘nalishdagi erkin yer osti gravitatsion suv
oqimiga ega bo‘lgunga qadar bir qancha holatlarda (bug‘, gigroskopik,
molekular, kapillar va b.) bo‘ladi.
19.1. YER OSTI SUVLARINING HARAKAT TURLARI
Tog‘ jinslari qatlamlarida vujudga kelgan yer osti suvlarining ma’lum
yo‘nalishdagi harakati yoki filtratsiyalanishi suv oqimining ikki nuqtasi
balandliklari orasidagi farqqa va nuqtalar orasidagi masofaga bog‘liq.
Filtratsiya bosimsiz va bosimli bo‘lishi mumkin. Bosimsiz filtratsiya grunt
suvlariga, bosimli filtratsiya artezian suvlariga xos.
Aytaylik, grunt suvi A nuqta yo‘nalishdan B nuqta yo‘nalishi bo‘ylab
harakat qilmoqda (19.1-rasm). Suvning A nuqtadagi balandligi H
1
, B
nuqtadagi balandligi H
2
, nuqtalar orasidagi masofa L bo‘lsin. Unda
nuqtalar orasidagi farq H
1
H
2
=Dh bo‘ladi. Tabiatda bu farq qancha
katta bo‘lsa, grunt suv oqimining tezligi ham shuncha katta bo‘ladi.
Fanda 
h
L

nisbat gidravlik qiyalik yoki gidravlik gradiyent deb yuritiladi.
Yer osti suvlari oqimining tog‘ jinslari qatlamlari bo‘ylab harakat
qonuniyatlariga ko‘ra laminar-chiziqli va turbulent-chiziqsiz oqimli suv
turlariga bo‘linadi.
Laminar oqimga ega bo‘lgan yer osti suvlari asosan g‘ovakli, mayda
donador (qum, qumloq, nisbatan bir xil yiriklikdagi shag‘al, gilli) tog‘
jinslari qatlamlarida vujudga keladi, oqim erkin, tekis-parallel, uzluksiz
bo‘lib, tezligi uncha katta bo‘lmaydi. Suv sathiga tushadigan bosim
atmosfera bosimiga teng bo‘ladi.
Laminar oqimli yer osti suvlarining harakat qilish qonuniyati birinchi
marotaba 1856-yili fransuz gidravligi A. Darsi tomonidan maxsus tajriba
yo‘li bilan aniqlangan (19.2-rasm). Buning uchun u kranli 1 silindr
olib, qum bilan to‘lg‘izadi va qum g‘ovaklarini suv quyib to‘yintiradi.
Suvni qum qatlamidan sizib o‘tishi jarayonida ma’lum qarshilikni yengib
o‘tishini, ya’ni qandaydir darajada bosim sarf qilinishini hisobga olib,
silindrning yuqori va pastki qismiga bukilgan pyezometrik naycha 34
o‘rnatadi. Naychalardagi suv har xil sathlarda, yuqoridagisi — yuqori,
pastdagisi — past etib belgilanadi. So‘ngra silindrda bir xil sathda ushlab


2 4 0
turilgan suv 1 kran orqali, maxsus idishga 2 oqizilib, suvni qum jinsi
g‘ovaklari orqali sizib o‘tishni ta’minlaydi. Ma’lum vaqt davomida oqib
o‘tgan suv sarfi o‘lchab boriladi.
Olingan natijalarni tahlil qilish asosida A. Darsi, silindrdan ma’lum
vaqt birligida sizib o‘tgan suv miqdori oqimining ko‘ndalang kesim
yuzasi, filtratsiya koeffitsiyenti va bosim gradiyentiga yoki oqim qiyaligi
1 ga to‘g‘ri proporsional ekanligini aniqlaydi. Shu bilan u g‘ovakli tog‘
jinslarida yer osti suv oqimi filtratsiyasi chizig‘i qonunini yaratadi. Shu-
ning uchun bu qonun fanda Darsi qonuni deb atalib, quyidagi tenglama
orqali ifodalanadi:
1
2
f
f

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling