Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


BULOQ SUVLARI DEBITINING VAQT BIRLIGIDA


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

BULOQ SUVLARI DEBITINING VAQT BIRLIGIDA
O‘ZGARISHIGA QARAB KLASSIFIKATSIYALANISHI
(M. E. Altovskiy bo‘yicha)
Guruhlar 
Buloq suvlari minimal debiti 
qiymatining maksimal debiti 
qiymatiga nisbati 
O‘zgaruvchanlik darajasi 

~1:1 
Juda o‘zgarmas 

1:1 dan 1:2 gacha 
O‘zgarmas 

1:2 dan 1:10 gacha 
O‘zgaruvchan 

1:10 dan 1:30 gacha 
Juda o‘zgaruvchan 

1:30 dan kam 
O‘ta o‘zgaruvchan 
Shuningdek, tabiatda buloqlarning texnogen, ya’ni odamlarning
injenerlik va xo‘jalik faoliyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan turlari ham mavjud.
Bunday buloqlar suv omborlari to‘g‘onining pastki qismidan suv ombo-
riga yig‘ilgan suvning sizib chiqishi, qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish
jarayonida suvning yer ostiga singishi va nisbatan past nuqtalardan sizib
chiqishi, grunt suvlari harakat yo‘nalishini imorat va inshootlar poy-
devorlari bilan to‘sib qo‘yilishi, suv quvurlari, kanalizatsiya tarmoqlari-
ning buzilishi natijasida vujudga kelgan oqova suvlarining yer yuzasiga
sizib chiqishi oqibatida paydo bo‘ladi. Bu guruhga kiruvchi buloqlar
o‘zlarining paydo bo‘lish sharoitiga qarab vaqtincha oqimga ega bo‘lgan
buloqlar turkumiga kiradi. Oziqlanish manbayining tugashi bilan o‘z
faoliyatlarini butunlay tugatishlari ham mumkin.
Takrorlash va tekshirish uchun savollar
1. Qatlamlararo bosimsiz va bosimli-artezian suvlar qanday paydo bo‘ladi?
Qatlamlararo bosimsiz suvlarning eng asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?
Bosimli suvlarning-chi?
15—M.Sh. Shermatov


2 2 6
2. Pyezoizogips sath, izogips xaritalari qanday tuziladi? Artezian suvlari oqim
yo‘nalishi to‘g‘risida tushuncha bering.
3. Daryo va artezian suvlari orasidagi bog‘liqliklar nimalardan iborat? Ular
bir-birlarini suv bilan qanday ta’minlaydi? Rasmga qarab tushuntirib bering.

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling