Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Takrorlash va tekshirish uchun savollar


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Takrorlash va tekshirish uchun savollar
1. Tuproq suvlari qanday paydo bo‘ladi? Qat usti suvlari-chi? Ularning yotish
holatlarini chizib ko‘rsating.
2. Grunt suvlari deb qanday suvlarga aytiladi? Ularni boshqa yer osti suvlaridan
farq qiluvchi eng asosiy xususiyatlarini gapirib bering.
3. «Suvli qatlam», «suvli qatlamning qalinligi», «grunt suvlarining sath chuqur-
ligi», «grunt suvlarining havzasi», «grunt suvlarining oqimi» so‘zlarining
ma’nosini tushuntirib bering.
4. Gidroizogips chizig‘i nima? Bu chiziq qanday aniqlanadi? Mukammal gidro-
izogips xaritalarini yaratish yo‘llari to‘g‘risidagi sizning tushunchangiz.
5. Grunt suvlarining «oqim qiyaligi» va «suv oqimi harakat yo‘nalishi» qanday
aniqlanadi?
14-BOB
QATLAMLARARO BOSIMSIZ
VA BOSIMLI-ARTEZIAN YER OSTI SUVLARI
14.1. QATLAMLARARO BOSIMSIZ SUVLAR
Qatlamlararo bosimsiz va bosimli-artezian suvlar deganda yer
yuzasiga nisbatan ancha chuqur, yuqori va past tomonga qarab o‘zidan
suv o‘tkazmaydigan, ikki va undan ortiq qatlamlar orasiga joylashgan
g‘ovakli, yoriqli tog‘ jinslaridagi yer osti suvlari tushuniladi.
Qatlamlararo bosimsiz yer osti suvlari. Qatlamlararo bosimsiz yer osti
suvlariga xos eng asosiy xususiyatlar quyidagilardan iborat:
1. Qatlamlararo bosimsiz suvlar ko‘p hollarda grunt suvlaridan pastda
yotadi.
2. Suv oqimi harakat qilayotgan hududning yer yuzasi baland-past-
liklardan iborat bo‘lib, daryo va uni irmoqlari bilan bo‘linib, qirqib
tashlangan bo‘ladi.
3. Yer osti suv oqimi daryo o‘zaniga nisbatan ancha balandda joylash-
ganligi bilan xarakterlanadi.


2 1 9
4. Qatlamlararo yer osti suvlari daryo vodiylari, tog‘ yonbag‘irlari,
jarliklarga buloqlar holatida chiqib, yer usti suvlari oqimini oziqlantiradi
va ko‘paytiradi.
5. Qatlamlararo suvlarning vujudga kelish oblasti ancha uzoqda —
o‘rta va baland tog‘li mintaqalarga to‘g‘ri keladi.
6. Qatlamlararo yer osti suvlari harakat qiluvchi tog‘ jins qatlamlari-
ning bir tomoni o‘rta va baland tog‘li mintaqalarda bo‘lsa, ikkinchi
tomoni daryo vodiylarida, tog‘ yonbag‘irlarida ochilmalar holatida
bo‘ladi.
7. Bu yer osti suv oqimi harakat qiluvchi tog‘ jins qatlami suv bilan
butunlay to‘lmagan bo‘ladi.
Qatlamlararo bosimsiz suvlarning oziqlanish maydoni tog‘li o‘lka-
larda bo‘lganligi uchun va tog‘ jins qatlamlari oralig‘ida harakat qilganligi
sababli kam minerallashgan, toza va tiniq bo‘lib, eng asosiy ichimlik
suvi manbayi hisoblanadi.

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling