Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
15.2. PASTDAN YUQORIGA OTILIB
CHIQUVCHI BULOQLAR Pastdan yuqoriga otilib chiquvchi buloqlar, asosan bosimli (artezi- an) suv qatlamlarini yer yuzasiga chiqib qolishi, ana shu artezian suv qatlamlarini tektonik yoriqlar bilan to‘sib qo‘yilishi, mavjud bosimli suvlarning yer yuzasiga ma’lum bosim ostida ustki jins qatlamlarini buzib otilib chiqishi yoki yer osti grunt suvlari oqimi ta’siri ostida bosimli suvlarning yer yuzasiga oqib chiqish natijasida paydo bo‘ladi (15.2-a, b, d rasm). Otilib chiquvchi buloqlarning suv debiti pastga qarab oquvchi buloqlar debitiga nisbatan nihoyatda katta bo‘lib, asosan paleozoy, mezazoy va 15.1-rasm. Pastga oquvchi buloqlar (M.E. Altovskiy bo‘yicha): a — litologik ekranlashgan buloqlar; b — tek- tonik ekranlashgan buloqlar; d — daryo erozion vodiylaridan oqib chiquvchi buloqlar. 2 2 4 15.2-rasm. Yuqoriga otilib chiquvchi-bosimli buloqlar (M.B.Altovskiy bo‘yicha): a — daryo vodiylaridan otilib chiquvchi erozion buloqlar; b — tektonik ekranlashgan buloqlar; d — bosimli suv ta’siri natijasida suv o‘tkazmaydigan qatlamnining buzilishi yoki grunt suvlari oqimi ta’siri ostida bosimli suvlarning harakatga kelishi natijasida paydo bo‘lgan buloqlar: 1 — suv o‘tkazmas qatlam; 2 — suvli ohaktosh; 3 — bosimli suv harakati natijasida suv o‘tkazmaydigan qatlamni yorib chiqishi. paleogen, neogen, qisman quyi to‘rtlamchi davr jinslari yoriqlari, karst bo‘shliqlari, g‘ovaklari bilan bog‘liq holda vujudga keladi. Ko‘p hollarda yuqori darajada minerallashgan, yuqori haroratga va debitga ega bo‘ladi. Masalan, Chotqol-Qurama tog‘li oblasti hududidagi tarqalgan paleozoy davri karbonat, intruziv jinslaridan chiquvchi buloqlar, jumladan, Xo‘ja- kent, Ko‘lota guruhidagi buloq suvlarining debiti sekundiga 100—250 metrni, Angren daryosi yuqori oqimining o‘ng hududidagi trias davrining qizil granit jinslari yoriqlaridan (dengiz sathidan 3000—3500 m baland- likda) otilib chiquvchi Arashon guruhidagi buloq suvining o‘rtacha yillik harorati 37,9°C ni tashkil etadi. G. V. Bogomolovning ma’lumotiga ko‘ra dunyodagi eng yirik buloqlar AQSH, Janubiy Afrika Respublikasi, Liviya, Birlashgan Arab Respublika- si, Isroil, Gretsiya, Italiya, Chexiya, Slovakiya, Vengriya, Turkiya, Hindiston, Avstraliya davlatlari hududlariga joylashgan. AQSH ning Oyova, Djordjiya, Florida shtatlaridan chiquvchi ba’zi buloqlarning debiti soatiga 8000 m 3 ni, Janubiy Afrika Respublikasi hududidagi buloqlarning debiti soatiga 2000 m 3 ni tashkil qiladi. Ba’zi buloqlar yer 2 2 5 yuzasiga otilib chiqish joyiga juda katta miqdordagi mineral tuzlarni olib chiqib yotqizishi ham mumkin. Bunday buloqlar jumlasiga Chexiyadagi «Vrjidlo» bulog‘ini ko‘rsatish mumkin. Bu buloqning debiti sekundiga 30 m 3 ni tashkil qilib, suv harorati 72°C, yer yuzasiga nisbatan otilib chiqayotgan suvning balandligi 12 metrni, har yili suv chiqayotgan joyda 17 tonna miqdordagi tuz yotqizig‘ini hosil qiladi. Vengriyaning Budapesht shahri hududida 123 ta issiq buloqlar mavjud bo‘lib, ular- dan sutkasiga 40000 m 3 shifobaxsh suv olinadi. Buloq suvlari debiti fasllar, yillar mobaynida o‘zgarib turishini hisobga olib, maxsus klassifikatsiya ishlab chiqilgan (15.1- jadval). Bu klassifi- katsiyaga asosan buloq suvlari 5 guruhga — juda o‘zgarmas, o‘zgarmas, o‘zgaruvchan, juda o‘zgaruvchan va o‘ta o‘zgaruvchan guruhlarga ajra- tiladi. 15.1-jadval Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling